–
insonning tabiiy va g‘ayritabiiy kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar
doirasida birlashtirish
mumkin.
Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan
tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasi
dan kelib chiqadi. Bunda
inson jonsiz, keyinchalik esa –
jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli
sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya, 1859 yilda,
inson kelib chiqishining
tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‘lgan, CH.Darvinning «Hayvon va
o‘simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evo-
lyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi
sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta’sirida o‘z shakl-shamoyilini
sezilarli darajada
o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib
xizmat qilmoqda. Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli
sifatida qarab, uni g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi
.
Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi
O‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng uzoq davom etgan
bosqichidir. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian dinining vujudga
kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan Markaziy
Osiyoda islom dinining kirib kelishi va uning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xristian dini
eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer
dengizi atrofiga yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va
Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta
asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta asr falsafasining
ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga
o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi.
Xususan, xristian cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning
tushuntirishicha, xudo podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning
insonni yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh qilish edi.
Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi
deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib
ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga
hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib olishi
ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay olmaydi degan
aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining asosini tashkil etadi. Inson
to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir. Uning
fikricha, inson degan tirik mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas,
chunki u xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian falsafasi qadimgi Yunon
antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib
chiqdi. Qadimgi Yunon
antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa,
o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, ishonchga asoslangan inson erki
hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson ichki
olamini har tomonlama o‘rgangan mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha,
inson yaxshilikni biladi, biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak
bo‘lmagan narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning
hammasiga bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni insonning eng oliy kuch-
qudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi eng shubhali va noaniq narsa
bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi
38
. O‘rta
asr falsafiy fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Antik
falsafa ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha
munosabatlarni ham belgilab berar edi. Xuddi shu joydan – insonning ichki olamida bo‘ladigan
o‘zgarishlarni bilishga qadam qo‘yilardi. Birdamlikda inson ichki olamini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqish, xatto stoiklar zamonasiga qaraganda ham ortib ketgan edi. Insonning ma’naviy dunyosi,
uning ruhiy olamining shakllanish jarayoni muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian
faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiyning ham diqqat
markazida bo‘ldi. Foma Akvinskiy jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy muammolari
haqida bosh qotiradi. Ushbu muammolarni Yunon faylasuflariga o‘xshab jamiyat va davlat
doirasida o‘rganadi. Uning fikriga muvofiq, davlat barchaning farovonligi haqida qayg‘urish
38
Qahhorova Sh. Global ma’naviyat – globallashuvning g’oyaviy asosi. Тошкент: “Тафаккур” 2009, 338 b
uchun yashamog‘i darkor. Lekin u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli tabaqaga mansub kishilarning
teng bo‘lishiga mutlaqo qarshi edi. Hamma xudoga bo‘ysunishi, barcha xristianlar orzu qilgan
ezgulikning asosini tashkil etmog‘i lozim, degan fikrlar olg‘a surildi.
Sharq falsafasida inson muammosi. Inson borlig‘i haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi
Sharq mamlakatlari, ayniqsa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilib,
miflar, ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Odamlar o‘zlari yashab turgan
atrof-muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni turli Xudolar ramzida ifodalashgan. Odamlar va
Xudolarning turmush tarzlari bir xil, hatto ular bir xil xislatlar, fazilatlar va bir xil nuqsonlarga
ega bo‘lganlar. Lekin Xudolar qudratli, kuchli, salobatli, hamma narsaga qodir, deb ta’riflangan.
Asta-sekin o‘sha qudratlilik, yaratuvchanlik, buyuklik, barcha ishlarni uddasidan chiqa olish
salohiyati odam, tirik mavjudot tomon og‘a boshlagan. Odam hamma narsaga qodir bo‘lgan.
Dastlabki inson obrazini qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan Purusha misolida ko‘rishimiz
mumkin. Eramizdan avvalgi XII-VII asrlarda yaratilgan Hind Vedalarida 4 asosiy kitob Rigveda,
Atxarvaveda, Samoveda, Yajurveda, ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, to‘plamlarida
insonning qiyofasi haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Lekin bu erda inson
va uni yashaydigan joyi bo‘lgan jamiyat haqidagi qarashlar mifologik xarakterga ega. Vedalarda
yozilishicha, bir butun yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson
ikki yirik mohiyat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa, hamisha o‘zaro
aloqadorlikda, biri ikkinchisi bilan bog‘liq. Qadimgi Hind vedalarida aytilishicha, olam bir
butun, tirik mavjudotlarning hammasi o‘sha butunning ajralmas zarralaridir. Odam esa o‘sha
tirik zotlarning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishidir. Hozirgi odamzot tanasining shakli, jonining bir
shakli tanadan boshqa shakl tanaga sonsanoqsiz marta kuchib o‘tishlari natijasida sodir bo‘lgan.
Hind falsafasida axloqiy hatti-harakatlar o‘zgarishlar zanjiri, hayotning «aylanishi”ga kiritilgan:
..qayta tirilish – hayot – o‘lim – qayta tirilish – hayot – o‘lim... (sansara). Shunday qilib,
renkarnatsiya g‘oyasi – bu spetsifik hindcha fenomendir. Buddani to‘rt oliy xaqiqati shu tinimsiz
tug‘ilishdan qutilishdan iboratdir. 1. Dunyo azob-uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish – azob,
qarilik – azob, kasallik va o‘lim – azob.O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish – azob,
sevimli kishidan judo bo‘lish – azob, xohlagan narsani qondirish uchun kurashish – azob. Aslida
xohish-istaklar va ehtiroslardan ozod bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Bu – azob
haqidagi haqiqatdir. 2. YAshashga nisbatan kuchli irodaga asoslangan xohish, agar hatto uning
izlaydigan narsasi ba’zan o‘lim bilan tugasada, o‘zi xohlagan narsani izlaydi. Bu – azoblarning
sababi haqidagi haqiqatdir. 3. Agar insonning barcha ehtiroslari negizida yotgan xohish bartaraf
etilishi mumkin bo‘lsa, unda ehtiros o‘ladi va odamning azoblari nihoyasiga etadi. Bu –
azoblarning to‘xtatilishi haqidagi haqiqatdir. 4. Xohish-istaklar va azoblar bo‘lmaydigan holatga
(nirvanaga) erishish uchun, to‘g‘ri tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, to‘g‘ri turmush tarzi,
kuchg‘ayratga erishish zarur. Bu – azoblarning sababidan xalos bo‘lish haqidagi haqiqatdir Inson
va jamiyat haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni qadimgi Xitoy afsonalarida ham yaqqol
ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, dastlabki inson Odam Ato Pango qiyofasida namoyon bo‘ladi.
Eramizdan avvalgi XII asrda mavjud bo‘lgan CHjou davlatida dastlabki inson Odam Ato Pango
yashagan ekan. Uning tanasidan tabiatning turli hodisalari kelib chiqqan ekan. Cheksiz
bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan olam uning qudratli zarbasidan er va osmonga bo‘linib ketgan.
O‘zining sehrli kuch qudrati bilan olamda tartib-intizom o‘rnatgan Odam Ato Pangodan odamzot
bir umrga qarzdor emish. Inson to‘g‘risidagi mifologik-diniy qarashlar o‘rnini asta-sekin falsafiy
qarashlar egallay boshladi. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Qadimgi Xitoyda
eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu davrga kelib, qadimiy Chjou davlatida
ijtimoiy munosabatlar keskinlashib ketdi. Ziddiyatlarning keskinlashib borishi o‘sha zamonning
ijtimoiy tafakkurida ham o‘z ifodasini topdi. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtini
osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy muhitdan izlay boshladilar. Inson yashayotgan
tabiiy-ijtimoiy muhit o‘zgarishi bilan, uning o‘zi ham o‘zgarib borishi haqidagi fikr mulohazalar
eramizdan avvalgi VI asrda vujudga kelgan daosizm ta’limotida olg‘a surilgan. Odam degan tirik
mavjudotning paydo bo‘lishi sabablari, tabiati, olamdagi o‘rnini aniqlashda, odamning inson
darajasiga ko‘tarilishida tarbiyaning ahamiyati haqida, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy,
huquqiy normalarni tushuntirib berishda Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy ta’limotining
ahamiyati katta bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra odamlar bir-birlariga o‘xshab ketadilar lekin
ular tarbiyasiga ko‘ra farq qiladilar. Ayniqsa ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘zgara borishi inson
xulqatvorining o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan. Chunonchi, mutafakkirning e’tirof etishicha,
odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lib, lekin xulq atvoriga ko‘ra ular bir-biridan yiroqdirlar.
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha – jen (insonparvarlik)dir.
Lun Yuy (hikmatlar) kitobida shnday deyiladi: “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u
yovuzlik qilmaydi”, “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani o‘zgaga ham munosib ko‘rma, shunda
davlatda ham, oilada ham o‘zingga nisbatan yovlik his qilmaysan”
39
. Inson va jamiyat haqidagi
fikrlarni er. avv. VII-VI asrlarda o‘rta va yaqin SHarq mamlakatlari, xususan Markaziy Osiyoda
keng tarqalgan mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta’limotlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Ana shunday ta’limotlardan biri zardo‘shtiylik edi. Zardo‘shtiylik ta’limotining markaziy
muammosi odam bilan olam o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jarayoni tahliliga qaratilganligi edi.
Bu ta’limotga ko‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i bilan bevosita aloqadordir. Ushbu ta’limotga
ko‘ra, butun olam borlig‘i to‘rt unsurdan iborat. Olam borlig‘ining eng murakkab shakllaridan
biri bo‘lgan odamning tabiati ham, shubhasiz o‘sha to‘rt unsur bilan bog‘liq bo‘ladi.
Zardo‘shtiylik diniy-falsafiy qarashlarida ta’kidlanishicha, inson iymon e’tiqodining uchta yirik
39
Konfutsiy. Pand o’gitlar.// “Sog’lom avlod uchun” jurnali 1997 y 5-6 sonlar, 5-6 betlar
tayanchi bo‘ladi: fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik hamda faoliyatning insonparvarligi, Avestoda
yozilishicha, iymon – e’tiqodning mustahkamligini ifodalovchi alomatlar turli – tuman bo‘ladi.
Xususan bergan so‘zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdosotiqda tuzilgan
shartnomalarga qat’iy amal qilish, aldamchilik va hiyonatdan holi bo‘lish iymon-e’tiqodlilik
alomatidir. «Avesto»da axloqiy ideal voqelik bilan shunchalik chambarchas bog‘liqki, gap
haqiqat yoki yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, go‘zallik va xunuklik haqida
boradimi, barchasi hayotiy amallar orqali er yuzida boylik va ezgulik bunyod etishga qaratilgan.
«Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning mohiyati er yuzini
saqlash va e’zozlashga da’vat etilgan poklanish tushunchasi orqali ifodalanadi»
40
. Zardushtiylik
ta’limotida jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy va falsafiy
tizim yaratilgan bo‘lib, ushbu diniy ta’limotda suv, tuproq, olov, va havoni ilohiylashtirgan holda
ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal birligida uning ekologik sofligini saqlashni
o‘zida ifodalagan. Inson to‘g‘risidagi diniy-falsafiy qarashlarni Markaziy Osiyoda III asrda keng
yoyilgan Moniylik ta’limotida ham ko‘rish mumkin. Moniy (216-277) qarashlari Zardo‘sht
qarashlaridan farq qilar edi. Moniy o‘zining axloqiy ta’limotini yoyish uchun “Xuastuanift”
kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib qiluvchi ushbu kitobdagi
ma’lumotlar Avestoda uchraydigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni yangicha davomiy
ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot mazdakiylik edi. Mazdak
ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum bir maqsadga qaratilgan
bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak
qarashlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini
egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi, ular orasidagi sodir
bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. U jamiyatda
xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi islohotchi edi. Musulmon
faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar.
Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odamlar qanday unsurlardan tashkil topgan.
Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning
ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar.
Bu savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7
A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini,
Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi,
Momo Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom
dinining ikki yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif tashkil etadi. Musulmon
40
Махмудова Г.Т. Философская сущность Авесты. –Ташкент: Санъат, 2010. – С.157.
falsafasida hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275
ta sahih hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi.
Buxoriyni shogirdi Iso at Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil
etishda o‘ta fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda
o‘z ustozi Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u ichki ezoterik
uslubdan foydalandi. Birinchidan, u payg‘ambarlar hadislarini vujudga kelishi manbalarini
o‘rgandi va uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari
nuqtai nazaridan tahlil qildi. At-Termiziy Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan
urfodatlari, rasm-rusumlari, marosimlarini musulmon madaniyati va axloqi qoidalariga
moslashtirishda beqiyos ulush qo‘shdi. Musulmon falsafasini yangi ratsional tamoyillar,
normalari bilan boyitdi. Ayniqsa, inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada
rivojlantirishda aqliy bilish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Qaerda bilim,
ilmga e’tibor kamaysa, o‘sha erda odamlar axloqan tubanlasha boshlaydilar. Bilimsizlik –
xurofotga moyillikni kuchaytirsa, ilm izlamaslik g‘iybatchilikka undaydi va jamiyat ma’naviy
inqirozga yuz tutadi. Odamlar orasidan mehr-oqibat ko‘tariladi. Bilimsizlikning dastlabki
ko‘rinishi, kishining o‘z iffatini yo‘qotishidir, deb tushuntiradi. SHunday qilib, haqiqiy falsafada
muayyan masalalar, ayniqsa, inson bilan bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash
hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil
echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida
olimlar orasida to‘la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga
muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani o‘rganish va tushunishda
tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki
bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol
o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim
deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan
tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |