“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

– 
insonning tabiiy va g‘ayritabiiy kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar 
doirasida birlashtirish 
mumkin. 
Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan 
tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasi
dan kelib chiqadi. Bunda
 
inson jonsiz, keyinchalik esa – 
jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli
 
sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya, 1859 yilda, 
inson kelib chiqishining
 
tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‘lgan, CH.Darvinning «Hayvon va 
o‘simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evo-
lyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi 
sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta’sirida o‘z shakl-shamoyilini
 
sezilarli darajada 
o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib 
xizmat qilmoqda. Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli 
sifatida qarab, uni g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi
.
Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi 
O‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng uzoq davom etgan 
bosqichidir. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian dinining vujudga 
kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan Markaziy 
Osiyoda islom dinining kirib kelishi va uning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xristian dini 
eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer 
dengizi atrofiga yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va 
Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta 
asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta asr falsafasining 


ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga 
o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi. 
Xususan, xristian cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning 
tushuntirishicha, xudo podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning 
insonni yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh qilish edi. 
Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi 
deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib 
ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga 
hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib olishi 
ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay olmaydi degan 
aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining asosini tashkil etadi. Inson 
to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir. Uning 
fikricha, inson degan tirik mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas, 
chunki u xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian falsafasi qadimgi Yunon 
antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib 
chiqdi. Qadimgi Yunon 
antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa, 
o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, ishonchga asoslangan inson erki 
hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson ichki 
olamini har tomonlama o‘rgangan mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha, 
inson yaxshilikni biladi, biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak 
bo‘lmagan narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning 
hammasiga bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni insonning eng oliy kuch-
qudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi eng shubhali va noaniq narsa 
bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi
38
. O‘rta 
asr falsafiy fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Antik 
falsafa ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha 
munosabatlarni ham belgilab berar edi. Xuddi shu joydan – insonning ichki olamida bo‘ladigan 
o‘zgarishlarni bilishga qadam qo‘yilardi. Birdamlikda inson ichki olamini o‘rganishga bo‘lgan 
qiziqish, xatto stoiklar zamonasiga qaraganda ham ortib ketgan edi. Insonning ma’naviy dunyosi, 
uning ruhiy olamining shakllanish jarayoni muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian 
faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiyning ham diqqat 
markazida bo‘ldi. Foma Akvinskiy jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy muammolari 
haqida bosh qotiradi. Ushbu muammolarni Yunon faylasuflariga o‘xshab jamiyat va davlat 
doirasida o‘rganadi. Uning fikriga muvofiq, davlat barchaning farovonligi haqida qayg‘urish 
38
Qahhorova Sh. Global ma’naviyat – globallashuvning g’oyaviy asosi. Тошкент: “Тафаккур” 2009, 338 b 


uchun yashamog‘i darkor. Lekin u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli tabaqaga mansub kishilarning 
teng bo‘lishiga mutlaqo qarshi edi. Hamma xudoga bo‘ysunishi, barcha xristianlar orzu qilgan 
ezgulikning asosini tashkil etmog‘i lozim, degan fikrlar olg‘a surildi. 
Sharq falsafasida inson muammosi. Inson borlig‘i haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi 
Sharq mamlakatlari, ayniqsa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilib, 
miflar, ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Odamlar o‘zlari yashab turgan 
atrof-muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni turli Xudolar ramzida ifodalashgan. Odamlar va 
Xudolarning turmush tarzlari bir xil, hatto ular bir xil xislatlar, fazilatlar va bir xil nuqsonlarga 
ega bo‘lganlar. Lekin Xudolar qudratli, kuchli, salobatli, hamma narsaga qodir, deb ta’riflangan. 
Asta-sekin o‘sha qudratlilik, yaratuvchanlik, buyuklik, barcha ishlarni uddasidan chiqa olish 
salohiyati odam, tirik mavjudot tomon og‘a boshlagan. Odam hamma narsaga qodir bo‘lgan. 
Dastlabki inson obrazini qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan Purusha misolida ko‘rishimiz 
mumkin. Eramizdan avvalgi XII-VII asrlarda yaratilgan Hind Vedalarida 4 asosiy kitob Rigveda, 
Atxarvaveda, Samoveda, Yajurveda, ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, to‘plamlarida 
insonning qiyofasi haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Lekin bu erda inson 
va uni yashaydigan joyi bo‘lgan jamiyat haqidagi qarashlar mifologik xarakterga ega. Vedalarda 
yozilishicha, bir butun yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson 
ikki yirik mohiyat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa, hamisha o‘zaro 
aloqadorlikda, biri ikkinchisi bilan bog‘liq. Qadimgi Hind vedalarida aytilishicha, olam bir 
butun, tirik mavjudotlarning hammasi o‘sha butunning ajralmas zarralaridir. Odam esa o‘sha 
tirik zotlarning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishidir. Hozirgi odamzot tanasining shakli, jonining bir 
shakli tanadan boshqa shakl tanaga sonsanoqsiz marta kuchib o‘tishlari natijasida sodir bo‘lgan. 
Hind falsafasida axloqiy hatti-harakatlar o‘zgarishlar zanjiri, hayotning «aylanishi”ga kiritilgan: 
..qayta tirilish – hayot – o‘lim – qayta tirilish – hayot – o‘lim... (sansara). Shunday qilib, 
renkarnatsiya g‘oyasi – bu spetsifik hindcha fenomendir. Buddani to‘rt oliy xaqiqati shu tinimsiz 
tug‘ilishdan qutilishdan iboratdir. 1. Dunyo azob-uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish – azob, 
qarilik – azob, kasallik va o‘lim – azob.O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish – azob, 
sevimli kishidan judo bo‘lish – azob, xohlagan narsani qondirish uchun kurashish – azob. Aslida 
xohish-istaklar va ehtiroslardan ozod bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Bu – azob 
haqidagi haqiqatdir. 2. YAshashga nisbatan kuchli irodaga asoslangan xohish, agar hatto uning 
izlaydigan narsasi ba’zan o‘lim bilan tugasada, o‘zi xohlagan narsani izlaydi. Bu – azoblarning 
sababi haqidagi haqiqatdir. 3. Agar insonning barcha ehtiroslari negizida yotgan xohish bartaraf 
etilishi mumkin bo‘lsa, unda ehtiros o‘ladi va odamning azoblari nihoyasiga etadi. Bu – 
azoblarning to‘xtatilishi haqidagi haqiqatdir. 4. Xohish-istaklar va azoblar bo‘lmaydigan holatga 
(nirvanaga) erishish uchun, to‘g‘ri tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, to‘g‘ri turmush tarzi


kuchg‘ayratga erishish zarur. Bu – azoblarning sababidan xalos bo‘lish haqidagi haqiqatdir Inson 
va jamiyat haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni qadimgi Xitoy afsonalarida ham yaqqol 
ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, dastlabki inson Odam Ato Pango qiyofasida namoyon bo‘ladi. 
Eramizdan avvalgi XII asrda mavjud bo‘lgan CHjou davlatida dastlabki inson Odam Ato Pango 
yashagan ekan. Uning tanasidan tabiatning turli hodisalari kelib chiqqan ekan. Cheksiz 
bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan olam uning qudratli zarbasidan er va osmonga bo‘linib ketgan. 
O‘zining sehrli kuch qudrati bilan olamda tartib-intizom o‘rnatgan Odam Ato Pangodan odamzot 
bir umrga qarzdor emish. Inson to‘g‘risidagi mifologik-diniy qarashlar o‘rnini asta-sekin falsafiy 
qarashlar egallay boshladi. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Qadimgi Xitoyda 
eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu davrga kelib, qadimiy Chjou davlatida 
ijtimoiy munosabatlar keskinlashib ketdi. Ziddiyatlarning keskinlashib borishi o‘sha zamonning 
ijtimoiy tafakkurida ham o‘z ifodasini topdi. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtini 
osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy muhitdan izlay boshladilar. Inson yashayotgan 
tabiiy-ijtimoiy muhit o‘zgarishi bilan, uning o‘zi ham o‘zgarib borishi haqidagi fikr mulohazalar 
eramizdan avvalgi VI asrda vujudga kelgan daosizm ta’limotida olg‘a surilgan. Odam degan tirik 
mavjudotning paydo bo‘lishi sabablari, tabiati, olamdagi o‘rnini aniqlashda, odamning inson 
darajasiga ko‘tarilishida tarbiyaning ahamiyati haqida, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy, 
huquqiy normalarni tushuntirib berishda Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy ta’limotining 
ahamiyati katta bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra odamlar bir-birlariga o‘xshab ketadilar lekin 
ular tarbiyasiga ko‘ra farq qiladilar. Ayniqsa ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘zgara borishi inson 
xulqatvorining o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan. Chunonchi, mutafakkirning e’tirof etishicha
odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lib, lekin xulq atvoriga ko‘ra ular bir-biridan yiroqdirlar. 
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha – jen (insonparvarlik)dir. 
Lun Yuy (hikmatlar) kitobida shnday deyiladi: “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u 
yovuzlik qilmaydi”, “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani o‘zgaga ham munosib ko‘rma, shunda 
davlatda ham, oilada ham o‘zingga nisbatan yovlik his qilmaysan”
39
. Inson va jamiyat haqidagi 
fikrlarni er. avv. VII-VI asrlarda o‘rta va yaqin SHarq mamlakatlari, xususan Markaziy Osiyoda 
keng tarqalgan mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta’limotlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Ana shunday ta’limotlardan biri zardo‘shtiylik edi. Zardo‘shtiylik ta’limotining markaziy 
muammosi odam bilan olam o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jarayoni tahliliga qaratilganligi edi. 
Bu ta’limotga ko‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i bilan bevosita aloqadordir. Ushbu ta’limotga 
ko‘ra, butun olam borlig‘i to‘rt unsurdan iborat. Olam borlig‘ining eng murakkab shakllaridan 
biri bo‘lgan odamning tabiati ham, shubhasiz o‘sha to‘rt unsur bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Zardo‘shtiylik diniy-falsafiy qarashlarida ta’kidlanishicha, inson iymon e’tiqodining uchta yirik 
39
Konfutsiy. Pand o’gitlar.// “Sog’lom avlod uchun” jurnali 1997 y 5-6 sonlar, 5-6 betlar 


tayanchi bo‘ladi: fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik hamda faoliyatning insonparvarligi, Avestoda 
yozilishicha, iymon – e’tiqodning mustahkamligini ifodalovchi alomatlar turli – tuman bo‘ladi. 
Xususan bergan so‘zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdosotiqda tuzilgan 
shartnomalarga qat’iy amal qilish, aldamchilik va hiyonatdan holi bo‘lish iymon-e’tiqodlilik 
alomatidir. «Avesto»da axloqiy ideal voqelik bilan shunchalik chambarchas bog‘liqki, gap 
haqiqat yoki yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, go‘zallik va xunuklik haqida 
boradimi, barchasi hayotiy amallar orqali er yuzida boylik va ezgulik bunyod etishga qaratilgan. 
«Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning mohiyati er yuzini 
saqlash va e’zozlashga da’vat etilgan poklanish tushunchasi orqali ifodalanadi»
40
. Zardushtiylik 
ta’limotida jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy va falsafiy 
tizim yaratilgan bo‘lib, ushbu diniy ta’limotda suv, tuproq, olov, va havoni ilohiylashtirgan holda 
ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal birligida uning ekologik sofligini saqlashni 
o‘zida ifodalagan. Inson to‘g‘risidagi diniy-falsafiy qarashlarni Markaziy Osiyoda III asrda keng 
yoyilgan Moniylik ta’limotida ham ko‘rish mumkin. Moniy (216-277) qarashlari Zardo‘sht 
qarashlaridan farq qilar edi. Moniy o‘zining axloqiy ta’limotini yoyish uchun “Xuastuanift” 
kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib qiluvchi ushbu kitobdagi 
ma’lumotlar Avestoda uchraydigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni yangicha davomiy 
ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot mazdakiylik edi. Mazdak 
ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum bir maqsadga qaratilgan 
bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak 
qarashlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini 
egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi, ular orasidagi sodir 
bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. U jamiyatda 
xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi islohotchi edi. Musulmon 
faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar. 
Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odamlar qanday unsurlardan tashkil topgan. 
Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning 
ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. 
Bu savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7 
A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini, 
Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi, 
Momo Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom 
dinining ikki yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif tashkil etadi. Musulmon 
40
Махмудова Г.Т. Философская сущность Авесты. –Ташкент: Санъат, 2010. – С.157. 


falsafasida hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 
ta sahih hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. 
Buxoriyni shogirdi Iso at Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil 
etishda o‘ta fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda 
o‘z ustozi Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u ichki ezoterik 
uslubdan foydalandi. Birinchidan, u payg‘ambarlar hadislarini vujudga kelishi manbalarini 
o‘rgandi va uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari 
nuqtai nazaridan tahlil qildi. At-Termiziy Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan 
urfodatlari, rasm-rusumlari, marosimlarini musulmon madaniyati va axloqi qoidalariga 
moslashtirishda beqiyos ulush qo‘shdi. Musulmon falsafasini yangi ratsional tamoyillar, 
normalari bilan boyitdi. Ayniqsa, inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada 
rivojlantirishda aqliy bilish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Qaerda bilim, 
ilmga e’tibor kamaysa, o‘sha erda odamlar axloqan tubanlasha boshlaydilar. Bilimsizlik – 
xurofotga moyillikni kuchaytirsa, ilm izlamaslik g‘iybatchilikka undaydi va jamiyat ma’naviy 
inqirozga yuz tutadi. Odamlar orasidan mehr-oqibat ko‘tariladi. Bilimsizlikning dastlabki 
ko‘rinishi, kishining o‘z iffatini yo‘qotishidir, deb tushuntiradi. SHunday qilib, haqiqiy falsafada 
muayyan masalalar, ayniqsa, inson bilan bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash 
hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil 
echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida 
olimlar orasida to‘la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga 
muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning 
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani o‘rganish va tushunishda 
tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki 
bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol 
o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim 
deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan 
tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib 
chiqadi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish