“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Insonga 
introvertiv 
va 
ekstrovertiv 
yondashuvlar, 
biologizatorlik 
va 
sotsiologizatorlik konsepsiyalari. 
Insonni o‘rganishga nisbatan «
introvertiv» va «ekstrovertiv
» yondashuvlar, ayniqsa, 
ajralib turadi.
 
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi 
muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi
. Bunda 
insonning jismoniy va ma’naviy
 
mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy 
fanlarning
 
empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, 
lekin, ba’zan mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday
 
yondashuvlar, ayniqsa, 
nemis antropologlari M.SHeler (1874–1928) va A.Gelen (1904–1976), avstriyalik faylasuf 
K.Lorens (1903–1989) ijodiga xosdir.
 
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki 
«sirtdan» amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy 
mohiyati o‘rin oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu 


kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. 
Bu erda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, 
teologiya bilan
 
ittifoq tuzadiki, bu hol diniy falsafa vakillari N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov,
 
S.L.Frank, N.O.Losskiy kabi vakillariga ko‘proq xosdir. Shunday qilib, insonni falsafiy 
tushunish uchun yagona asos mavjud emas.
 
Biologizatorlik konsepsiyalari. Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, insonni 
uning tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi
. XVIII asr oxirida 
jamiyat hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni 
taklif qilgan T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy urinish, deb 
hisoblash mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok 
bo‘lishga mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni 
geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa, faqat arifmetik 
progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va 
boshqa ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini 
ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish 
vositalari sifatida qaraydi. 
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy tanlanish 
haqidagi ta’limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi, balki uning mohiyatini, 
pirovard natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar tabiatini tushuntirishga harakat qilgan 
sotsial-darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishni odamlarga ham, hayvonlarga 
ham teng darajada xos bo‘lgan irsiyatga urg‘u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda. 
Sotsiobiologlar fikriga ko‘ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy omillar bilan 
belgilanadi va hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon – engishga qodir 
emas. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish