“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Ehtiyojlar va qadriyatlar



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Ehtiyojlar va qadriyatlar. 
Insonga nima muhim? Muhimliklar dunyosi qadriyatlar 
dunyosi bilan ayniymi? Inson faoliyatining birinchi manbai va harakatlantiruvchi kuchi 
ehtiyojlardir. Inson ehtiyojlari uning hayotini,xususan jismoniy, aqliy, ma’naviy, ishlab 
chiqarishga doir, oilaviy hayotni saqlash yoki o‘zgartirish zaruriyatining ifodasi sifatida vujudga 


keladi. Ijobiy yoki salbiy aloqalar va munosabatlarning butun rang-barangligi tegishli 
ehtiyojlarni u yoki bu tarzda vujudga keltiradi. Inson bu ehtiyojlarni anglashi yoki anglamasligi 
yoinki noto‘g‘ri anglashi mumkin. Ammo, har qanday sharoitda ehtiyojlar insonni faoliyatga 
da’vat etadi. Bu faoliyat samarali yoki samarasiz, puxta o‘ylangan yoki spontan va tartibsiz 
bo‘lishi mumkin. Ehtiyojlar tashqi muhit predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, ma’naviy 
uyg‘unlikka erishishga muhtojlik sifatida anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan 
munosabatlarda namoyon bo‘lib, ob’ektlarni, o‘zlari yo‘naltirilgan mavjud borliqni ham, o‘z 
manbai sanalgan sub’ektning muhim xususiyatlarini ham tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran 
asosi sanalgan ehtiyojlar inson faoliyatini ularni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiruvchi mo‘ljallar, 
mayllar va manfaatlarda o‘z rivojini topadi. Aynan ehtiyojlar inson ongining nisbiy mezoni, 
uning mayllari, manfaatlari, didlari va ideallarining poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari 
o‘zgaruvchan, harakatchan, o‘zaro bog‘langan va bir-birining o‘rnini bosishga qodir. Ularning 
ayrimlari vujudga keladi, ba’zilari yo‘q bo‘ladi, ayrimlari aktuallashadi, ba’zilari ikkinchi 
darajali ahamiyat kasb etadi. Inson ehtiyojlari sifat jihatidan cheksiz va kengayishga qodir, zero, 
ularning shakllanishi individlarning bir-biri va jamiyat bilan ijtimoiy aloqalarining ko‘p sonliligi 
va intensivligini aks ettiradi. Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy munosabatlar majmuining 
murakkablashuvi va differensiatsiyalanishi, moddiy va ma’naviy hayotning o‘z me’yorlari va 
qadriyatlari bilan rivojlanishi, inson ma’naviy hayotining jo‘shqinligi – bularning barchasi uning 
ehtiyojlari o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar ehtiyojlar bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar nisbatan 
barqarordir; ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‘lib, ularning ierarxiyasi muntazam ravishda o‘zgaradi, 
qadriyatlar esa nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi jarayonida 
o‘zlashtiriladi. Bu hayotning har qanday sohasida yuz bergan yangiliklarga nisbatan ancha keng 
tarqalgan muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari xristian dinining qimmatini tan 
olgunlariga qadar xristianlar asrlar mobaynida quvg‘in qilinganlar. Belorusiyalik mashhur 
rassom Mark SHagalning o‘ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak baholangan bo‘lsa-da, 
o‘z vatanida hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi rassomning 
o‘limidan keyingina tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk musavvirning asarlari 
Parijdagi zamonaviy san’at ko‘rgazmalarida biror marta ham namoyish etilmagan, chunki 
nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va shu kabilar. Ayni hol shu 
bilan izohlanadiki, ehtiyojlar anglanishi yoki anglanmasligi yoinki noto‘g‘ri anglanishi mumkin. 
SHu sababli amalda muhim hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi, amalda qimmatga ega 
bo‘lmagan narsa esa, yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi mumkin. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish