“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


«qadriyat» tushunchasining falsafiy



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

«qadriyat» tushunchasining falsafiy 
mazmuni nimada
? Qadriyat mohiyati va tabiatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiydir va ob’ekt-sub’ektli xususiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, jamiyat bo‘lmagan joyda qadriyatlar mavjudligi haqida gapirishning o‘zi behudadir. 
Zero, narsalar, voqealar, ularning inson Bilan, sotsium hayoti bilan aloqasisiz, o‘z holicha 
qadriyatlar bilan bog‘lanmaydi. Xullas, qadriyatlar doim insoniy qadriyatlar hisoblanadi va 
ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Bu insoniylashgan tabiatga, ya’ni butun sivilizatsiyagagina emas, 
balki, hatto ko‘p sonli tabiat ob’ektlariga ham taalluqli. Masalan, kisloroddan iborat bo‘lgan 
atmosfera Erda inson paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, lekin kishilik jamiyati 
vujudga kelganidan keyingina atmosferaning odamlar hayoti uchun ulkan ahamiyati haqida so‘z 
yuritish imkoniyati tug‘ilgan. 
2. Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Insonning har qanday 
faoliyati muayyan maqsadni belgilashdan boshlanadi va mazkur faoliyat ayni shu maqsadga 
erishishga bag‘ishlanadi. Maqsad – individga o‘zining muayyan ehtiyojlarini qondirish imkonini 
berishi mumkin bo‘lgan faoliyatning pirovard natijasi haqidagi insonning tasavvuri. SHunday 
qilib, individ o‘z faoliyatining mo‘ljallangan natijasiga avval-boshdanoq qadriyat sifatida 
qaraydi. SHu sababli, inson natijaga erishishga qaratilgan faoliyat jarayonining o‘ziga ham o‘zi 
uchun muhim, qadrli bo‘lgan jarayon sifatida yondashadi. 
Albatta, insonning har qanday faoliyati va uning har qanday natijalari emas, balki ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy ehtiyojlarga va odamlarning manfaatlariga mos keladigan 
faoliyat va natijalargina qadriyatlarga aylanadi. Qadriyatlar qatoriga narsalargina emas, balki 
g‘oyalar, munosabatlar, faoliyat usullari ham kiradi. Biz moddiy ne’matlarni ham, insoniy xatti-
harakatlar ezguligini ham, davlat qonunlarining odilonaligini ham, olamning go‘zalligini ham, 
aqlning ulug‘vorligini ham qadrlaymiz. 
3. «Qadriyat» tushunchasini «muhimlik» tushunchasidan farqlash lozim. qadriyat 
«muhimlik» tushunchasi bilan nisbatlashadi, lekin u bilan ayniy emas. Muhimlik qadriyatga 
bo‘lgan munosabatning faollik, qizg‘inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko‘proq, nimadir 
kamroq ta’sirlantiradi, nimadir bizni o‘ziga nisbatan butunlay befarq qoldiradi. SHuningdek, 
muhimlik qadriyat xususiyatigagina emas, balki «aksilqadriyat», ya’ni ziyon xususiyatiga ega 


bo‘lishi ham mumkin. YOmonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasallik lar 
jamiyat va shaxs uchun ulkan ahamiyatga ega, lekin bu hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat 
tusini olmagan. 
Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib, unga 
quyidagi ta’rifni berish mumkin: «Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv 
ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan 
belgilanadi». 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish