99
III- IV-darajali kuyish tufayli yuzaga keladigan og`ir kasallik holati uch davrda kechadi:
1.Kuyish tufayli og`riq natijasida bemorda yuzaga keladigan shok holati.
2.Kuygan to`qimadan zaharli moddalar va mikroblarni qonga o`tishi tufayli,toksikoseptik holat
yuzaga keladi.
3.Bemorni sog`ayishi yoki hayotdan ko`z yumishi.
III- IV-darajali kuyish tufayli yuzaga keladigan shok holati.
Shok holati ikki davrda kechadi:
-
Shokning eriktil davri
.
Bunda bemor bezovtalanadi, oyoq-qo`llarini tipirchilatadi. Ko`p
gapiradi, alaklaydi. Tomir urishi tezlashadi, arterial qon bosimi biroz kutarilgan bo`ladi;
- Shokning torpid davri. Bemorda harakatlar so`nadi, u qimirlamay yotadi, savolga javob bera
olmaydi, terisi oqaradi, tomir urishi kuchsiz, arterial qon bosimi pasayadi.
Bemorning toksikoseptik holati. Bu davr kuyish sodir bo`lganidan 1-2 kun o`tgach boshlanadi.
Intoksikatsiya (zaharlanish) natijasida tana harorati ko`tariladi, nafas olish qiyinlashadi,
o`pkada pnevmoniya, yurakda miokardit kasalliklari yuzaga keladi.
Tomir urishi tezlashadi,
arterial qon bosimi pasayadi. Bemor karaxt holatida qimirlamay yotadi. Terisi oqaradi, qo`l-
oyoqlari sovuq bo`ladi.
Uchinchi davr - kuyish juda og`ir bo`lsa, shok va toksikoseptik
holatidan chiqmay bemor
hayotdan ko`z yumadi. Yoki o`z vaqtida ko`rsatilgan sifatli tibbiy yordam natijasida bemor
tuzaladi. Ammo, kuygan soha terisida jarohatning o`rni qoladi.
Tibbiy yordam. 1. I darajada kuygan joy qo`l tekkizmasdan sovuq suv bilan yuvib, spirt (aroq,
odekolon) surtiladi, kun davomida bir necha marta oksiklozol, pantinol, levian kabi
aerozollardan bittasi sepib yoki surtib turiladi.
2. II darajada kuygan
joy sovuq suv bilan yuvilgach, spirt (aroq, odekolon) surtilib, bo`shgina
aseptik bog`lam qo`yiladi (pufakchalarni yorish, yog`, vazelin surtish mumkin emas).
- og`riq qoldiruvchi dorilar:analgin (baralgin), demidrol, novokain qo`shib muskul orasiga
yuboriladi;
- bemorni issiq ko`rpaga o`raladi, issiq choy, kofe ichiriladi;
- yurak-tomir ishini yaxshilovchi dorilar: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)-1 ml
teri ostiga;
- birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgach bemor (I-II-daraja) poliklinikaning jarroh yoki
travmotolog shifokoriga yuboriladi.
3. III-IV darajali kuyishda tez yordam chaqirilib bemor zudlik bilan travmatologiya
shifoxonasiga yuboriladi. Tez yordam kelgunicha, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin)-1-2 ml,demidrol-1ml, novokain-2-3
ml muskul
orasiga;
- yurak-tomir ishini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)-1 ml teri ostiga;
- bemorning kuygan kiyimlari qaychi bilan kisib olinadi (yechintirish qiyin). So`ngra ustiga
toza choyshab yopiladi (prostina).
Sovuq urish. Past harorat ta`sirida teri va uning ostidagi to`qimalarda va bemorning umumiy
organizmida yuzaga keladigan og`ir kasallik holati bilan xarakterlanadi.
Sababi.
Harorat 0є C dan past bo`lganida sovuq uradi. Ammo, namlik yuqori, shamol, kiyim-
bosh yupqa bo`lsa, harorat 0є C dan yuqori bo`lganida ham sovuq urishi mumkin.
Odamni mast holatida, poyafzal torligida, kiyimlar ho`l bo`lganida, uzoq vaqt sovuq havoda
qimirlamay turganda, havo harorati +5 bo`lsa ham sovuq urishi mumkin.Charchash,
och qolish
va holdan toyish odamni sovuq urishga moyil qilib qo`yadi.
Belgilari.
Sovuq urishning boshlanish davrida teri rangi o`zgaradi, sezuvchanlik pasayadi.
Sovuq urishning to`rt darajasi tafovut qilinadi:
I daraja - sovuq urgan joy qichishadi, og`riydi. Sezuvchanlik asta-sekin yuqoladi. Oqarib turgan
terida qizil, ko`k, binafsha rangli dog`lar paydo bo`ladi.
II daraja –sovuq urgan joyda ichida loyqa suyuqlik bo`lgan pufakchalar paydo bo`ladi.
III daraja - terining sovuq urgan sohasidagi to`qima nekrozlanadi (qorayadi) va 7-10 kun
davomida tushib ketadi. Uning o`rnida chandiq hosil bo`ladi. Tushib ketgan tirnoq qayta o`sib
chiqmaydi.Tuzalish jarayoni 2 oygacha davom etadi.
100
IVdaraja - sovuq urgan koyda teri ostidagi yumshoq to`qima, muskul, pay, suyaklar ham
nekrozga uchraydi (qorayadi).
Tibbiy yordam:
I daraja - sovuq urishda shu sohaga spirt, yoki aroq surtiladi.
II darajasida sovuq urgan soha iliq suv (yuz, quloq, burun, issiq paxta) bilan isitilgach,
pufakchalarga spirt (aroq) surtilib, aseptik bog`lam qo`yiladi.
Og`riq qoldiruvchi, yurak-tomir ishini yaxshilovchi dorilar yuboriladi, issiq choy, kofe,
ichiriladi. So`ngra, bemor poliklinikaning travmatolog shifokoriga yuboriladi.
III-IV darajali sovuq urushda bemor zudlik bilan travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.
- Shifoxonaga yuborish oldidan og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin), demidrol,
novokain qo`shib
muskul orasiga;
- Yurak-tomir ishini yaxshilovchi kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) teri ostiga in`yeksiya
qilinadi;
- Shifoxonada bemor umumiy qoida bo`yicha davolanadi;
- Kollaps, shokka qarshi tadbirlar o`tkaziladi;
- Shuningdek, qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.
Elektr tokidan shikastlanish. Sababi. Xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik, elektr toki bilan
ishlaydigan asboblarning nosozligi va boshqalar.
Belgilari
.
Tok urgan joy terisi kuyadi, bemor hushini yo`qotadi, nafas, yurak to`xtashi mumkin.
Tibbiy yordam.
1.Odamni tokdan ajratish. Buning uchun yordam ko`rsatuvchi o`ziga nisbatan
ehtiyot choralarini ko`rish kerak (quruq tayoq, rezina qo`lqop, rezin etik yoki kalish kiyish va
hokazo).
2.Tez yordam chaqiriladi.U kelgunicha, quyidagicha tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- kofein, kamfora, kordiamin (bittasi) teri ostiga;
- nafas to`xtagan bo`lsa, sun`iy nafas beriladi (og`izdan-og`izga yoki og`izdan-burunga);
- yurak to`xtagan bo`lsa, yurak massaj qilinadi (1 marta nafas berganda yurak 4-5 marta massaj
qilinadi).
- bemor hushiga kelganidan keyin terining kuygan jarohati aroq yoki spirt bilan artilib, toza
bog`lam qo`yiladi.
- birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, bemor travmatologiya
shifoxonasiga yuboriladi.
Suvga cho`kish. Sababi. O`zini suvga tashlab joniga qasd qilish, boshqa kishi tomonidan suvga
itarib yuborish, mastlik holatlari, cho`milish qoidalariga rioya qilmaslik, cho`milish
havzalarini
nazoratsiz qoldirish va hokazo.
Cho`kkan kishini suvdan olib chiqilganda, unda quyidagi belgilar bo`lishi mumkin:
- teri oqaradi, ko`karadi, qaltirash, sovqotish, holsizlanish, og`iz va burundan suyuqlik kelishi,
hushini yuqotishi, nafas va yurak to`xtashi mumkin, ko`z qorachigining kengayishi, qon
bosimining pasayishi kabilar.
Tibbiy yordam
.
1
.
Bemorni suv ostidan olib chiqilgach nafas yo`llariga kirgan suyuqlikni
chiqarish uchun oyog`idan ko`tarib silkitiladi. Agar yordam beruvchi bir kishi bo`lsa tizzasiga
bemorni qornini qo`yib, boshini past qilinadi.Og`iz va burundagi suv, ko`pik ro`molcha bilan
tozalanadi, yoki rezina baloncha bilan so`rib olinadi.
2.Teri ostiga kofein, kamfora, kordiamin (bittasi)-1 ml in`yeksiya qilinadi.
3.Nafas to`xtagan bo`lsa, sun`iy nafas beriladi. Yurak to`xtagan bo`lsa, u massaj qilinadi.
4.Tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi yoki to`gri kelgan transportda
bemor travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.