O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

 


49 
Mavzuning bayoni 
 
Reja: 
1.
Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati о‘zgarishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar. 
2.
Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan favqulodda 
vaziyatlar.
 
3.
Gidrosfera holatining о‘zgarishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar.
 
4.
O’zbekistonda aholini ekologik FVlrdan muhofaza qilish. 
 
1. 
Quruqlik 
(tuproq, 
yer 
osti)ning 
holati 
о‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar: 
- halokatli kо‘chkilar - foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer ostiga ishlov berilishi va 
insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bо‘luvchi yer yuzasining о‘pirilishi, siljishi;
- tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir 
metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishida odamlarning 
sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qо‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli 
ximikatlar mavjudligi. 
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan vaziyatlar: 

havo 
muhitining 
quyidagi 
ingridiyentlar 
bilan 
ekstremal 
yuqori 
ifloslanishi: 
- oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, dioksin, qurum, chang va odamlar 
sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;
- katta kо‘lamda kislotali zonalar hosil bо‘lishi va kо‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;
- radiatsiyaning yuqori darajasi. 
3. 
Gidrosfera 
holatining 
о‘zgarishi 
bilan 
bog‘liq 
vaziyatlar: 
- yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi oqovalari: neft 
mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bо‘lgan 
tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bо‘lgan chiqindilar va boshqa zararli 
moddalar 
bilan 
ekstremal 
yuqori 
darajada 
ifloslanishi;
- binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin 
bо‘lgan 
yoki 
olib 
kelgan 
sizot 
suvlar 
darajasining 
oshishi;
- suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik 
suvning keskin yetishmasligi. 
FAVQULODDA 
VAZIYATLARDA 
AHOLINING 
HARAKATLARI. 
Zilzilagacha kо‘riladigan chora-tadbirlar: 
Zilzila, uning oqibatlari, yetkazilishi mumkin bо‘lgan zararni kamaytirish yо‘llari tо‘g‘risida 
ma’lumotga ega bо‘lish. Xavfli sharoitda mohirona va qat’iyatli harakat qilishga ma’nan va 
ruhan о‘zini tayyorlash. 
Zilzilaga qanday tayyorlanish kerak? Avvaldan uyda, ishda, kinoda, teatrda, transportda va 
kо‘chada bо‘lgan vaqtingizda zilzila yuz bergudek bо‘lsa, harakat qilish rejasini tuzib qо‘ying. 
Xavfli va xavfsiz joylarni aniqlang. Oila a’zolaringizga zilzila vaqtida qanday harakat qilishlari 
lozimligini tushuntiring va ularni birinchi tibbiy yordam kо‘rsatishga о‘rgating.
Hujjatlar, pullar, chо‘ntak fonari va batareykalarni qulay joyda saqlang. Uyda bir necha kunga 
yetarli 
ichimlik 
suvi 
va 
oziq-ovqat 
zaxirasi 
bо‘lishi 
kerak. 
Krovatlarni deraza va tashqi devordan nariroqda joylashtiring. Shkaf, tokcha va javonlarni 
devorlarga mahkamlang, yuqorida joylashgan tokchalar va antresollardagi og‘ir buyumlarni 
pastga oling. Xavfli moddalar (kimyoviy, yengil alangalanuvchi suyuqliklar)ni ishonchli, 
yaxshi berkitiladigan joylarda saqlang. 
Zaruriyat tug‘ilganida о‘chirish uchun elektr, gaz va suv ta’minotini о‘chirish jо‘mraklari 
qayerda joylashganini barcha bilishi zarur. 
Zilzila vaqtida qanday harakatlanish kerak? 
Bino tebranishini xis qilgan, qandillarning tebranayotganini, buyumlar ag‘darilayotganligini 


50 
kо‘rgan, shisha idishlarning sinish ovozini eshitgan zahotingiz, pastki qavatlarda yashasangiz, 
vahimaga berilmay (tebranishni sezgan vaqtingizdan to bino uchun xavfli tebranishlar 
boshlangunicha ixtiyoringizda 15-20 soniya mavjud), zudlik bilan hujjatlaringizni, pul va eng 
zarur buyumlaringizni olib, binodan tashqariga chiqing. Kо‘chaga chiqqandan sо‘ng, bino 
yaqinida turmang, ochiq maydonga о‘ting. 
Xotirjamlikni qо‘ldan bermang va boshqalarni ham tinchlantirishga harakat qiling! 
Yuqori kavatlarda yashasangizu, bino ichida qolishingizga tо‘g‘ri kelgan bо‘lsa, u holda xavfsiz 
joyni: ichki devor oldi, burchak, ichki devor oralig‘i yoki tayanch ustun ostini tanlang. Iloji 
bо‘lsa, stol ostiga berkining - u sizni pastga tushayotgan buyumlar va bо‘laklardan muhofaza 
qiladi. Deraza va og‘ir mebellardan uzoqroqda turing. Yoningizda bolalaringiz bо‘lsa, ularni 
о‘z tanangiz bilan berkiting. 
Sham, gugurt, yondirgichlardan foydalanmang - gaz chiqib ketgan bо‘lsa yong‘in sababchisiga 
aylanib qolasiz. Osma ayvonlar, karnizlar, tо‘sinlardan uzoqroq turing, uzilgan elektr 
simlaridan ehtiyot bо‘ling. Avtomobilda bо‘lsangiz. ochiq joyda tо‘xtatib, silkinish 
tugamaguncha, eshiklarni ochib qо‘ygan holda, avtomobil ichida qoling. Odamlarni 
qutqarayottan vaqtda yordam kо‘rsatishga shay turing. 
Zilziladan sо‘ng qanday harakat qilish kerak?
Muhtojlarga birinchi yordam kо‘rsating. Vayrona uyumlari ostidan qutqarib olish mumkin 
bо‘lganlarni ozod qiling. 
Ehtiyot bо‘ling! Zarurat bо‘lmasa, telefonni band qilmang. Radiopriyomnikni ishlatib qо‘ying. 
Mahalliy hokimiyat, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (bо‘limi) kо‘rsatmalariga bо‘ysining. 
Elektr simlarida ishdan chiqqan joylar bor-yо‘qligini tekshiring. Nosozlikni bartaraf eting yoki 
xonadondagi elektr ta’minotini о‘chiring. Kuchli zilzila vaqtida shaharda elektr ta’minoti 
avtomatik ravishda о‘chishini yodda tuting. 
Gaz va suv tizimidagi nosozliklarni tekshiring. Ishdan chiqqan joylarini tuzating yoki 
tarmoqdan о‘chiring. Ochiq olovdan foydalanmang. Zinadan tusha turib, ehtiyot choralarini 
kо‘ring, uning mustahkamligiga ishonch hosil qiling. 
Kuchli vayronalikka uchragan binolarga yaqinlashmang, ular ichiga kirmang. Kuchli qayta 
silkinishlarga tayyor turing. Zilziladan keyingi 2-3 soat ayniqsa xavflidir. Ehtiyoj bо‘lmasa 
binolar ichiga kirmang. Qayta silkinishlar haqida mish-mishlarni tо‘qimang va tarqatmang. 
Faqat rasmiy ma’lumotlardangina foydalaning. Vayrona uyumlari ostida qolgan bо‘lsangiz, 
xotirjamlik ila vaziyatga baho bering, imkon doirasida о‘zingizga yordam kо‘rsating. 
Tashqaridagi odamlar bilan aloqa о‘rnatishga (ovoz bilan, taqillatib) harakat qiling. Olov 
yoqish mumkin emasligi, hojatxona bakidagi suvni ichish mumkinligi, suv quvurlari va isitish 
batareyalaridan signal berish vositasi sifatida foydalanish mumkinligini yoddan chiqarmang. 
Kuchingizni asrang. Inson ovqatsiz yarim oydan ortiq chidashi mumkin. 
Kо‘chkining kо‘p uchraydigan sabablaridan biri yonbag‘irning yuvilishi, yog‘in ta’sirida 
namlanishi, zilzila yoki inson faoliyati (portlatish ishlari va boshq.) bо‘lishi mumkin.
Kо‘chki hajmi о‘nlab va yuzlab ming kub metrga, ayrim hollarda undan ham oshishi mumkin. 
Kо‘chki tezligi yiliga bir necha metrdan, soniyasiga bir necha metr bо‘lishi mumkin. 
Kо‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga tо‘g‘ri keladi. Tuproq surilishi turar joy va ishlab 
chiqarish binolariga, muhandislik va yо‘l inshootlariga, magistral quvurlari va elektr 
tarmoqlariga shikast yetkazishi va vayron qilishi bilan birga, odamlarga jarohat yetkazishi va 
qurbon bо‘lishlariga olib kelishi mumkin. 
Kо‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak?
Kо‘chki ehtimoli yuzaga kelganligi tо‘g‘risidagi signalni olgach, elektr asboblari, gaz va suv 
tarmog‘ini о‘chiring, avvaldan ishlab chikilgan rejaga asosan zudlik bilan о‘tkaziladigan 
evakuatsiyaga tayyorlaning. Kо‘chki joyi va tezligidan kelib chiqib harakat qiling. Kо‘chki 
surilishi sekin (bir oyda metr) harakatlanayotgan bо‘lsa, imkoniyatdan kelib chiqib, xavfli 
hududda qolishi mumkin bо‘lgan binolarni tark eting, mebel, buyumlarni olib keting va h.k. 
Kо‘chki tezligi bir kecha-kunduzda 0,5-1,0 m bо‘lsa, avvaldan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq 
evakuatsiya tadbirlarini amalga oshiring. Evakuatsiya vaqtida о‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatli 


51 
buyumlar, sharoitdan kelib chiqib va ma’muriyat kо‘rsatmasiga binoan issiq kiyimlar va oziq-
ovqat mahsulotlari oling. Xavfsiz joyga zudlik bilan kо‘chib о‘ting va zarurat bо‘lsa, 
qutqaruvchilarga kо‘maklashing. 
Kо‘chki rо‘y berganidan sо‘ng omon qolgan bino va inshootlar tekshirib chiqiladi, elektr, gaz 
va suv tarmoqlaridagi shikastlar aniqlanadi. Jarohatlanmagan bо‘lsangiz, qutqaruvchilar bilan 
birgalikda jabrlanganlarga kо‘maklashing va imkoniyat doirasida birinchi yordamni kо‘rsating. 
Suv toshqini kо‘prik, yо‘l, bino va inshootlarni vayron qilishi, katta moddiy zarar keltirishi 
mumkin. Suv tezligi soniyasiga 4 metrdan ortgan va suv qatlamining balandligi 2 metrdan 
oshgan hollarda odamlar hamda jonivorlar nobud bо‘lishi mumkin. Vayronaliklarning asosiy 
qismini kelib chiqishi bino va inshootlarga suv massasining gidravlik zarba berishi bilan katta 
tezlikda muz parchalari, suzuvchi vositalarning turli bо‘laklari va boshqalar kirib kelishi sabab 
bо‘ladi. Suv toshqini tо‘satdan yuzaga kelib, bir necha soatdan 2-3 haftagacha davom etishi 
mumkin. 
Suv toshqiniga qarshi qanday tayyorgarlik kо‘rish kerak?
Agar hududingiz suv toshqini xavfiga tez-tez uchrab tursa, u holda ehtimoliy suv toshish 
chegarasini, shuningdek yashash joyingizga yaqin bо‘lgan tepaliklarni, ularga boruvchi eng 
yaqin yо‘llarni о‘rganib chiqing va esda saqlab qoling. Oila a’zolaringizni uyushgan va yakka 
evakuatsiya talablari bilan, tо‘satdan keskin suv hajmi oshib boradigan hollarda tо‘g‘ri harakat 
qilish qoidalari bilan tanishtiring. Qayiq, sol va ularni tayyorlash uchun ishlatiladigan qurilish 
materiallarining turgan joyini yodda tuting. Oldindan evakuatsiya vaqtida olib chiqib 
ketiladigan hujjatlar, mol-mulk va dori-darmonlar rо‘yxatini tuzib qо‘ying. Maxsus jomadon 
yoki ryukzakka qimmatbaho buyumlaringiz, zarur issiq kiyim, oziq-ovqat zaxirasi, suv va dori-
darmonlarni solib qо‘ying. 
Suv toshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Suv toshqini xavfi yuzaga kelganligi va evakuatsiya о‘tkazish tо‘g‘risidagi xabarni olgach, 
belgilangan tartibda xavfli hududdan xavfsiz xududga yoki tepaliklarga chiqing. О‘zingiz bilan 
hujjatlar, qimmatbaho buyumlaringiz va uch kecha-kunduzga yetadigan oziq-ovqat 
mahsulotlarini oling. Manzilga yetib kelgach kо‘chiriluvchilarni qabul qilish punktida 
rо‘yxatdan о‘ting. 
Uydan chiqishdan oldin elektr, gaz tarmog‘i va isitish pechlaridagi olovni о‘chiring, binodan 
tashqaridagi suv olib ketishi mumkin bо‘lgan barcha buyumlarni mahkamlang yoki ularni 
yordamchi binolarga joylashtiring. Vaqtingiz yetarli bо‘lsa, qimmatbaho uy jihozlarini yuqori 
qavatlarga yoki chordoqqa olib chiqing. Deraza va eshiklarni yoping, zarurat bо‘lsa va vaqt 
imkon bersa, birinchi qavatdagi deraza va eshiklarni tashqi tomondan taxtalar bilan qoqib 
qо‘ying. Evakuatsiya uyushgan holda о‘tkazilmayotgan bо‘lsa, yordam yetib kelgunga va suv 
sathi pasaygunga qadar yuqori qavatlar va binolar tomidan, daraxtlar va tepaliklardan joy 
egallang. Shu bilan birga muntazam halokat signalini berib boring (kunduz kuni uzoqdan 
yaxshi kо‘rinadigan ochiq rangli matoni osib qо‘yish yoki silkitish bilan, tunda - yorug‘lik 
signali va ovoz bilan). Qutqaruvchilar yaqinlashganda, suzuvchi vositaga о‘ting. Bunda 
qutqaruvchilarning kо‘rsatmalariga qat’iy amal qiling, suzuvchi vosita ustidagi yukning 
kо‘payib ketmasligiga e’tibor bering. Harakat vaqtida о‘rningizdan qimirlamang, qayiq chetiga 
о‘tirmang, ekipaj a’zolarining talablarini bajaring. Suv ostida qolgan zonadan mustaqil ravishda 
chiqishga, faqatgina jiddiy sabablar (jabrlanganlarga tibbiy yordam kо‘rsatish, suv sathining 
kо‘tarilib borishi, yuqori qavatlar va chordoqlarni suv bosish xavfi) paydo bо‘lganda tavsiya 
etiladi. Ammo ishonchli suzuvchi vosita bо‘lsa, harakat yо‘nalishini bilsangizgina shunday yо‘l 
tutishingiz mumkin. Mustaqil harakat vaqtida halokat signalini berishni tо‘xtatmang. 
Suvda qolganlar va chо‘kayotganlarga yordam bering. Odam chо‘kayotgan bо‘lsa, unga 
suzuvchi vosita tashlang, harakatlarini qо‘llab-quvvatlab turing, boshqalarni yordamga 
chaqiring. Jabrlanuvchiga yaqinlashar ekansiz, daryo oqimini hisobga oling. Agar chо‘kayotgan 
odam о‘z harakatlarini nazorat qilolmayotgan bо‘lsa, unga orqa tomondan suzib borib sochidan 
ushlang va qirg‘oqqa qarab suzing. 
Suv toshqinidan sо‘ng qanday harakat qilish kerak?


52 
Binoga kirishdan avval, uning holatini tekshirib kо‘ring. Xonalarni shamollating (gaz tо‘planib 
qolgan bо‘lishi mumkin). Xonalarni tо‘la shamollatib bо‘lmaguningizcha va gaz ta’minoti 
tizimini tekshirib kо‘rmaguncha elektr yoritgichlarni yoqmang, ochiq olovdan foydalanmang, 
gugurt ishlatmang. Elektr simlari, gaz quvurlari, suv va maishiy chiqindi tarmog‘ining sozligini 
tekshiring. Mutaxassislar bilan birgalikda ushbu tizimlarning sozligiga ishonch hosil qilmasdan 
ulardan foydalanmang. Xonalarni quritish uchun barcha eshik va derazalarni ochib tashlang, pol 
va devorlarni chiqindilardan tozalang, yertо‘lalardagi suvni tortib chikaring. Nam tekkan oziq-
ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmang. Quduqlarni tozalab, ulardagi suvni chiqarib tashlang. 
Sel oqimlarini uzoq davom etgan kuchli jala, qor yoki muzliklarning jadal erishi, zilzila va 
vulqon otilishlari keltirib chiqaradi. U tо‘satdan yuzaga keladi, katta tezlik (10 m/soniya va 
undan ortiq) bilan harakatlanadi, odatda о‘n daqiqadan bir necha soatgacha bо‘lgan oraliq bilan 
bir necha tо‘lqinlar shaklida о‘tadi. Sel tо‘lqini oldingi qismining balandligi 15 m va undan 
ortiq bо‘lishi mumkin. Harakatlanayotgan sel oqimining gulduragan ovozi uzoq masofadan 
eshitilib turadi. Odamlar (sayyohlar, tog‘ razvedkachilari, chegarachilar, mahalliy aholi), turar 
joy binolari va yо‘l inshootlari tabiiy ofatning qurboniga aylanishlari mumkin. 
Selga qanday tayyorlanish kerak?
Odatda sel oqimlari kelishi mumkin bо‘lgan joylar ma’lum bо‘ladi. Toqqa chiqishdan avval 
harakatingiz yо‘nalishida mavjud bо‘lgan shunday joylarni о‘rganib chiqing, ularni, ayniqsa 
kuchli yog‘inlardan sо‘ng chetlab о‘ting. Sel oqimiga tо‘qnash kelib qolinganda qutulib 
qolishning iloji juda kamligini doimo yodda tuting. 
Evakuatsiya oldindan о‘tkaziladigan bо‘lsa, turar joyni tashlab chiqib ketishdan avval elektr, 
gaz, suv manbalarini berkiting. Eshik, deraza va shamollatish tizimlarini yaxshilab yoping. 
Avvaldan о‘tkaziladigan selning oldini oluvchi chora-tadbirlar: seldan xavfli hududlarda selga 
qarshi damba va tо‘g‘onlar, suv yо‘lini о‘zgartirib yuboruvchi kanallar quriladi, tog‘ kо‘llari 
sathi pasaytiriladi, yonbag‘irlardagi tuproq qatlami daraxt о‘tkazish yо‘li bilan 
mustahkamlanadi, kuzatuv ishlari olib boriladi, xabar berish tizimi yaratiladi va evakuatsiya 
rejalashtiriladi. 
Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Kelayotgan sel oqimining shovqinini eshittach, zudlik bilan kamida 50-100 m balandlikka 
chiqib olish kerak. Bunda shiddat bilan kelayotgan oqimdan katta masofaga og‘ir, hayot uchun 
xavfli bо‘lgan toshlar otilib chiqishi mumkinligini yodda tutish lozim. 
Sel oqimi о‘tib ketgandan sо‘ng jabrlanganlarga, sel oqimi о‘tgan joylardagi vayrona uyumlari 
va loyqalarni tozalayotgan qutqaruvchilarga kо‘maklashing. Shikastlangan bо‘lsangiz, 
о‘zingizga birinchi yordam kо‘rsatishga harakat qiling. Tanangizning shikast topgan joylarini, 
iloji boricha yuqoriroq kо‘targan holda tuting, shikast joylariga muz (namlangan mato) qо‘ying, 
qattiq bog‘lang. Tibbiyot xodimlariga murojaat qiling. 
Qor kо‘chkisiga uzoq muddat qor yog‘ishi, qorning shiddatli erishi, zilzila, portlash va tog‘ 
yonbag‘irlarining tebranishini keltirib chiqaruvchi inson faoliyatining boshqa turlari, havo 
muhitining tebranishi sabab bо‘lishi mumkin. Qor kо‘chkisi binolar, muhandislik inshootlarini 
vayron qilishi, zichlangan qor bilan yо‘l va tog‘ sо‘qmoqlarini yopib qо‘yishi mumkin. 
Kо‘chkiga tо‘qnash kelgan tog‘ qishloqlari aholisi, sayyohlar, alpinistlar, geologlar, 
chegarachilar va aholining boshqa toifasi jarohat olishi yoki qalin qor qatlami ostida qolishi 
mumkin. 
Qor kо‘chkisi tushishi mumkin bо‘lgan hududda harakat qilishning asosiy qoidalariga rioya 
qilinishi lozim: 
- qor yog‘ayotgan va ob-havo buzilgan vaqtda toqqa chiqmang; 
- tog‘da bо‘lgan vaqtingizda ob-havo о‘zgarishlarini kuzatib boring; 
- toqqa chiqa turib, qor kо‘chkisi tushishi ehtimol bо‘lgan joylarni bilib oling; 
- qor kо‘chkisi tushishi mumkin bо‘lgan joylarni chetlab о‘ting. 
Qor kо‘chkisi, odatda, yonbag‘irlar nishabligi 300 dan oshgan, agar yonbag‘ir yaydoq bо‘lsa, 
nishablik 200 dan oshgan joylarda tushadi. Nishablik 450 dan oshgan joylarda qor kо‘chkisi har 
qor yoqqan vaqtda yuzaga kelishi mumkin. 


53 
Oldini olish tadbirlari.
Qor kо‘chkisi tahdidi yuzaga kelgan sharoitda qor tо‘planishi ustidan nazorat о‘rnatiladi, 
muhofaza inshootlari quriladi, sun’iy ravishda qor kо‘chkisi yuzaga keltiriladi, qutqaruv 
vositalari tayyorlanadi va qutqaruv ishlari rejalashtiriladi. 
Ob-havo qanday bо‘lmasin, nishabligi 300 dan ortiq tog‘ yonbag‘irlarini kesib о‘tish kerak 
emas, qor yoqqanidan sо‘ng esa nishabligi 200 dan ortiq yonbag‘irlardan 2-3 kundan keyingina 
о‘tish mumkin. 
Qor kо‘chkisi tushishi uchun bahor va yozda ertalabki soat 10 dan quyosh botgunga qadar 
bо‘lgan davr eng xavfli hisoblanadi. 
Qor kо‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak?
Agar qor kо‘chkisi katta balandlikdan tushayotgan bо‘lsa, zudlik bilan kо‘chki yо‘lidan chetga, 
xavfsiz joyga chiqib olish yoki qoya ostida berkinish kerak (yosh daraxtlar orqasiga yashirinish 
mumkin emas). Qor kо‘chkisidan qochib qutulishning iloji bо‘lmagan holda, ortiqcha 
buyumlarni tashlab, kо‘chki yо‘nalishi bо‘yicha gorizontal holatni egallang, oyoqlaringizni 
qorningiz tomon bukib oling. 
Qor kо‘chkisiga tо‘qnash kelganda qanday harakatlanish kerak?
Burun va og‘zingizni qо‘lqopingiz, sharf yoki yoqangiz yordamida berkiting, kо‘chki bilan 
tusharkansiz, qо‘llaringiz bilan suzuvchi harakatlar qilib, qor massasining chetiga surilishga 
harakat qiling. Qor massasi harakatdan tо‘xtagandan sо‘ng, yuzingiz va kо‘krak qafasingiz 
atrofida ochiq joy hosil qiling. Qor qatlamini kavlab chiqishga harakat qiling (yuqori tomon 
qayerdaligini sо‘lagingizni oqizib bilib olsangiz bо‘ladi). Qor ichida qolsangiz, baqirmang - qor 
tovushni tо‘la yutadi, qichqirish va keraksiz harakat kuchingizni yо‘qotib qо‘yishga olib keladi. 
О‘zingizni yо‘qotmang, uxlab qolmang, sizni qidirishayotganligini aslo yoddan chiqarmang 
(odamlarni qor ostidan beshinchi va hatto, о‘n uchinchi kuni qutqarib olishgan hollar ham 
ma’lum). 
Qor kо‘chkisidan sо‘ng qanday harakat qilish kerak?
Agar siz qor kо‘chkisi tushgan maydondan tashqarida bо‘lsangiz, favqulodda vaziyat haqida 
yaqin oradagi aholi manzilgohi ma’muriyatiga qanday qilib bо‘lsa ham xabar bering va 
jabrlanganlarni qidirish va qutqarishga kirishing. 
Qor ostidan mustaqil yoki qutqaruvchilar yordamida chiqib olgach, tanangizni tekshirib 
kо‘ring. Zaruriyat bо‘lsa, о‘zingizga tibbiy yordam kо‘rsating. Yaqin oradagi aholi 
manzilgohiga yetib olgach, yuz bergan voqea haqida mahalliy ma’muriyatga xabar bering. 
О‘zingizni sog‘lom deb hisoblasangiz-da, tibbiyot maskani yoki tibbiyot xodimlariga murojaat 
qiling. Bundan keyin tibbiyot xodimi yoki qutqaruv otryadi rahbari kо‘rsatmasiga binoan 
harakat qiling. 
Qarindosh-urug‘ingiz va yaqinlaringizga ahvolingiz va turgan joyingiz haqida xabar bering. 
Dovul, bо‘ron va quyunlar yuzaga kelayotganligidan shamol tezligining ortishi, atmosfera 
bosimining keskin tushib ketishi, jala va suvning shamol yordamida haydab kelinishi, kо‘p 
miqdorda qor yog‘ishi darak beradi. 
Agar siz dovul, bо‘ron va quyunlar bо‘lib turadigan hududda yashasangiz, u holda: 
boshlanayotgan tabiiy ofat tо‘g‘risidagi xabar berish signali; 
aholini muhofaza qilish va bino (inshoot)larning shamol ta’siriga 
barqarorligini oshirish usullari; 
dovul, bо‘ron, quyun vaqtida aholining harakat qoidalari; 
dovul, bо‘ron, quyun oqibatlarini bartaraf etish va vositalari, shuningdek jabrlanganlarga 
yordam kо‘rsatish usullari; 
yaqin oradagi yertо‘la, panajoy yoki eng mustahkam va barqaror binolarda oila a’zolari, 
qarindoshlar va qо‘shnilarni yashirish joylari; 
yuqori xavfga ega bо‘lgan hududlardan uyushgan holda evakuatsiya 
о‘tkazilganda uning yо‘nalishi va joylashish hududlari; 
favqulodda vaziyatlar boshqarma va bо‘limlarining manzillari va telefon raqamlarini bilib 
olishingiz kerak. 


54 
Dovul, bо‘ron va quyun vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Agar dovul (bо‘ron) boshlangan vaqtda bino ichida bо‘lsangiz, derazadan uzoqlashing va ichki 
xonalar devorlari oldidagi xavfsiz joylarda, yо‘lakda, devoriy shkaflar oldida, vannaxonada, 
hojatxonada, mustahkam shkaflar ichi, stol ostidan panoh toping. Pechkalardagi olovni, elektr 
tarmog‘i, gaz manbalarini о‘chiring. 
Tunda fonar, lampa, shamlardan foydalaning, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (bо‘limi) 
axborotlarini tinglash uchun radiopriyomniklarni ishlatib qо‘ying, imkon qadar panajoylarda, 
yertо‘lalarda bо‘lishga harakat qiling. Agar dovul, bо‘ron va quyun vaqtida kо‘chada 
bо‘lsangiz, u holda binolar, kо‘priklar, estakadalar, elektr uzatish tizimlari, daraxtlar, daryo, 
kо‘l va ishlab chiqarish obyektlaridan uzoqroq bо‘lishga harakat qiling. Tepadan tushayotgan 
bino qismlarining parchalari, oyna siniqlaridan muhofazalanish uchun fanera, karton va 
plastmassa yashiklar, taxta va boshqa qо‘l ostidagi vositalardan foydalaning. Zudlik bilan 
yertо‘la, radiatsiyadan yashirinish joylarida berkinishga harakat qiling. Shikastlangan binolarga 
kirmang, shamol ta’sirida ular qulab tushishi mumkin. 
Quyun yaqinlashib kelayotganligi tо‘g‘risidagi signalni olgach, zudlik bilan panajoy, yertо‘laga 
tushish yoki krovat va boshqa mustahkam mebel ostidan panoh topish zarur. Quyun sizga ochiq 
joyda yetib olsa, ariqlar osti, chuqurlik, jarliklarda yerga mahkam yopishib olish, boshingizni 
kiyimingiz yoki daraxt shoxlari bilan berkitishingiz lozim. Avtomobil ichida qolmang. 
Transport avariyalari va halokatlari. 
a) Aviahalokatlar oldini olish chora-tadbirlari: 
Rejaviy-profilaktik kо‘rik va ta’mirlash ishlarining о‘z vaqtida о‘tkazilishi, xizmat muddati 
qoidalari talablariga amal qilish, boshqarish va aloqa tizimlarining ish sifatini oshirish, bundan 
tashqari xodimlarning bilimi va tajribasini oshirib borish. 
b) Temir yо‘l transportidagi avariyalar va halokatlar (ag‘darilishlar) oldini olish chora-
tadbirlari: 
Rejaviy-profilaktik kо‘rik va texnik ta’mirlash ishlarini о‘z vaqtida о‘tkazilishi, transport turini 
ishlatish muddati qoidalari talablariga amal qilish, boshqarish va aloqa tizimlarining ish sifatini 
oshirish, dispetcherlik xizmatini yaxshilash, bundan tashqari xodimlarning bilimi va tajribasini 
oshirib borish va h.k.
v) Avtomobil transportining halokatlari va avariyalari, jumladan yо‘l-transport hodisalari oldini 
olish chora-tadbirlari: 
Rejaviy-profilaktik kо‘rik va texnik ta’mirlash ishlarining о‘z vaqtida о‘tkazilishi, texnik nosoz 
transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yо‘l harakati qoidalariga rioya qilish, DAN 
xodimlarining, haydovchilarning, qolaversa aholining birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish 
bо‘yicha bilim va malakalarini oshirish, yо‘l tarmoqlarini meyoriy talab darajasida saqlash, 
shaharlarda kо‘p sathli yо‘llardan, piyodalarning yer osti yо‘laklaridan samarali foydalanish va 
h.k.
g) Metropoliten bekatlaridagi va tunnellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar oldini olish 
chora-tadbirlari: 
Rejaviy-profilaktik kо‘rik va texnik ta’mirlash ishlarining о‘z vaqtida о‘tkazilishi, texnik nosoz 
transport vositasidan foydalanmaslik, metropolitenda mashinist tomonidan temir yо‘l harakati 
qoidalariga rioya qilish, tarmoq xodimlarining ish yuzasidan bilim-malakalarini oshirib borish. 
Metro ichidagi telemoslamalarda muhofazalanish tо‘g‘risidagi qisqa videolavhalar kо‘rsatib 
borish.
d) Magistral quvurlardagi avariyalar oldini olish chora-tadbirlari: 
Texnik hujjatlarda kо‘rsatilgan meyor talablari bо‘yicha rejaviy- profilaktik kо‘rik va texnik 
ta’mirlash ishlarining о‘z vaqtida о‘tkazilishi, barcha xavfsizlik choralariga, barcha xizmat 
muddati talablariga rioya qilish va h.k.
Muhofaza tadbirlari: 
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-qaroriga muvofiq “О‘zbekiston havo 
yо‘llari” Milliy aviakompaniyasiga va unga qarashli avariya-qutqaruv va qidiruv xizmatlariga 
aviatsiya texnikasidan avariyasiz foydalanish va parvozlar xavfsizligi bо‘yicha tadbirlarni 


55 
tashkil etish va amalga oshirish, “О‘zbekiston temir yо‘llari” Davlat aksiyadorlik 
kompaniyasiga temir yо‘l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog‘ida 
portlovchi, yong‘in xavfi bо‘lgan yuklar va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) 
xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish, Davlat avtomobil nazorati 
organiga yо‘l-transport xavfsizligini ta’minlash xizmatiga rahbarlik qilish, О‘zbekiston 
Respublikasi Sanoat va konchilik ishlarining bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat 
qо‘mitasiga kon, ruda, kimyoviy, neft va gaz qazish hamda qayta ishlash sanoati va 
“Toshmetroqurilish” obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat 
nazoratiga rahbarlik qilish, “О‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga ishlab chiqarish va 
texnologik jarayonning kuchli xavfli о‘ziga xosliklari bilan bog‘liq bо‘lgan avariyalar va 
halokatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bо‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga 
oshirish, hamda idoraga qarashli obyektlarda avariyalarning kelib chiqishi ehtimollari va 
oqibatlarini bashoratlash, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida favqulodda vaziyatlar 
chog‘ida ishlarning barqarorligini oshirish vazifalari yuklatilgan. Bundan tashqari, soha 
xodimlarining muhofazalanish kafolatlari qonun asosida amalga oshiriladi.
Energiya ta’minoti obyektlaridagi avariyalar, kommunal obyektlardagi avariyalar oldini olish 
chora-tadbirlari: 
Yordamchi tarmoqlar evaziga energiya ta’minotini barcha obyektlarining barqaror faoliyat 
kо‘rsatishini ta’minlash. 
Texnik hujjatlarda kо‘rsatilgan meyor talablari bо‘yicha rejaviy- profilaktik kо‘rik va texnik 
ta’mirlash ishlarining о‘z vaqtida о‘tkazilishi, barcha xavfsizlik choralariga amal qilish, 
qolaversa barcha xizmat muddati talablariga rioya qilish va x.k.
Gaz tozalash qurilmalaridagi biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar oldini olish 
chora-tadbirlari: 
Yordamchi tarmoqlar evaziga muhandislik tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash. Texnik 
hujjatlarda kо‘rsatilgan meyor talablari bо‘yicha rejaviy-profilaktik kо‘rik va texnik ta’mirlash 
ishlarining о‘z vaqtida о‘tkazilishi, barcha xavfsizlik choralariga amal qilish, qolaversa barcha 
xizmat muddati talablariga rioya qilish va h.k.
MUHOFAZA TADBIRLARI: 
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-qaroriga muvofiq “О‘zbekenergo”ga 
energetika tizimiga kiruvchi barcha obyektlardan avariyasiz foydalanishga oid tadbirlar 
majmuini tashkil etish va amalga oshirish, hamda “О‘zkommunxizmat” va mahalliy hokimiyat 
organlari bilan birgalikda iste’molchilarni hamda, birinchi navbatda, favqulodda vaziyatlar 
zonalaridagi hayotiy ta’minot obyektlarini elektr quvvati bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini 
ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari yuklatiladi. 
Bundan tashqari energetika obyektlarining texnik holatini nazorat qiluvchi davlat xizmati orqali 
bu tizimdagi turli avariya holatlarini oldi olinadi. 
“О‘zkommunxizmat”, mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda iste’molchilarni hamda, 
birinchi navbatda, favqulodda vaziyat zonalaridagi xayotiy ta’minot obyektlariga xizmat 
qiluvchi muhandislik tarmoqlarining uzluksiz ish faoliyatini ta’minlash tadbirlarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish vazifalari yuklatiladi. Bundan tashqari maishiy-texnik xizmatlar, 
shaharlarni, turar joylarni va hududlarni favqulodda vaziyatdan muhandislik himoya qilish 
xizmatlari. 
Yong‘in-portlash obyektlardagi avariya va halokatlar.
Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar. 
Kimyoviy xavfli inshoot – iqtisodiyot obyekti bо‘lib, faoliyat kо‘rsatish davrida sodir bо‘lishi 
mumkin bо‘lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy zaharli 
moddalarning atrof-muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin. 
О‘zbekiston Respublikasida faoliyat kо‘rsatadigan kimyoviy xavfli inshootlar. Hozirgi kunda 
respublikamizda kimyoviy xavfli inshootlarning asosiylari “О‘zkimyosanoat” uyushmasiga 
qarashli korxonalar bо‘lib, ular Qо‘qon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq 
shaharlarida joylashgan. Bu korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan 


56 
ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud - “О‘zgо‘shtsutsanoat”, “О‘zbeksavdo”, 
“О‘zqishloqxо‘jalik mahsulotlari” uyushmalari, Bekobod metallurgiya korxonasi, Mikond 
korxonasi, Toshkent lok-bо‘yoq, Tо‘qimachilik korxonalari, “О‘zkommunxizmat” inshootlari 
(suvni tozalash) va boshqalar. Hammasi bо‘lib respublika hududida 200 dan ortiq kimyoviy 
xavfli inshootlar mavjud. Ularda ishlab chiqariladigan yoki mahsulot ishlab chiqarish uchun 
olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatdagi inson, hayvon sog‘lig‘i uchun 
zararli, kuchli ta’sir kо‘rsatuvchi moddalar turlari kо‘p. 
Gidrotexnika inshootlaridagi avariya va halokatlar. 
Gidrotexnika inshootlarining turlari:
suv – energetika inshootlari; 
suv ta’minoti inshootlari; 
sug‘orish inshootlari;
oqava suv chiqarish inshootlari; 
suv – transport inshootlari; 
baliq xо‘jalik inshootlari;
sport va bezak inshootlari va h.k; 
Ogohlantirish chora-tadbirlari.
Agar siz gidrouzelga tutashgan hududda yashasangiz, hududni halokatli suv bosish maydoni 
ta’sir doirasiga tushish-tushmasligini aniqlang. Yashayotgan joyingiz yaqinida tepaliklar 
joylashganligini, ularga olib boruvchi qisqa yо‘llarni bilib oling. 
Yorish tо‘lqini ta’siri va joyning halokatli suv bosishida harakat qoidalarini, umumiy va qisman 
evakuatsiya tartibi qoidalarini о‘rganib, oila a’zolaringizni ham tanishtiring. Evakuatsiya 
qilinganlarni tо‘plash joyini aniqlab oling. Evakuatsiya vaqtida olib ketiladigan hujjatlar va 
mulkingiz rо‘yxatini tuzing. 
Qayiq, sol, boshqa suzuvchi vositalar va ularni yasash uchun qо‘l ostida mavjud materiallar 
turgan joylarni eslab qoling. 
Gidrodinamik avariya xavfi bо‘lganda qanday harakat qilish kerak?
Halokatli suv bosishi xavfi va evakuatsiya tо‘g‘risidagi xabarni olishingiz bilan belgilangan 
tartibda xavfli hududdan belgilangan xavfsiz joyga yoki turar joylardagi balandliklarga chiqing. 
О‘zingiz bilan hujjatlaringiz, pul, birinchi navbatda zarur bо‘ladigan buyumlar va 2-3 kecha-
kunduzlik oziq-ovqat zaxirasini oling. Mol-mulkingizning olib ketolmaydigan qismini binoning 
chordog‘i, baland qavati, daraxt usti va h.k. joylarga olib chiqib qо‘ying. 
Uydan chiqib ketishdan oldin elektr chiroqlari va gazni о‘chiring, deraza, eshik, shamollatish va 
boshqa tuynuklarni mahkam yoping. 
Gidrodinamik avariyalar vaqtidagi toshqinda qanday harakat qilish kerak?
Tо‘satdan suv bosishi xavfi paydo bо‘lganda yorish tо‘lqini zarbidan saqlanish uchun zudlik 
bilan yaqin oradagi balandlikdan joy oling, kattaroq daraxtga yoki mustahkam binoning tepa 
qavatiga chiqib oling.
Suvda bо‘lgan vaqtingizda suzib yoki qо‘l ostidagi vositalar yordamida quruq joyga, yaxshisi 
suv bosmagan hududga yetib olish mumkin bо‘lgan yо‘lga yoki damba ustiga chiqib oling. 
Uyingizni suv bosgan bо‘lsa, elektr tarmog‘ini о‘chirib, uyda odamlar borligini bildirish uchun 
kunduzi bо‘lsa oynadan tashqariga yorqin rangdagi matodan bayroq ilib, kechqurun bо‘lsa 
fonar yordamida signal bering. Ma’lumot olish uchun radiopriyomnikni avtonom tarmoq 
yordamida ishlatib qо‘ying. Qimmatbaho buyumlaringizni yuqori qavatlarga va chordoqqa 
joylashtirib qо‘ying. Oziq-ovqat va ichimlik suvi hisobini, ularning kelayotgan suv ta’siridan 
muhofazasini tashkil eting hamda tejab ishlating. 
Evakuatsiyaga tayyorlanayotib, hujjatlar, birinchi navbatda zarur narsalarni, kiyim-kechak, suv 
о‘tkazmaydigan poyabzal, qо‘l ostida mavjud qutqaruv vositalari (havo bilan shishiriladigan 
tо‘shaklar, yostiqlar)ni oling. 
О‘zingizcha mustaqil evakuatsiya tadbirlarini о‘tkazmang. Bunday harakat faqat suv bosmagan 
hududni kо‘rganda, sharoitning og‘irlashishi xavfi tug‘ilganida, tibbiy yordam zarur bо‘lganida, 
oziq-ovqat mahsuloti tugaganida va atrofdan yordam olishning iloji bо‘lmagan hollardagina 


57 
amalga oshirilishi mumkin. 
Gidrodinamik avariyadan sо‘ng qanday harakat qilish kerak?
Binoga kirishdan oldin tо‘siq va devorlarning shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling. 
Xonalarni yig‘ilib qolgan gazdan xalos qilish uchun shamollating. Xonalarni tо‘liq 
shamollatmaguncha ochiq olov manbalaridan foydalanmang, gaz ta’minoti tizimi sozligini 
tekshirib kо‘rishdan о‘zingizni tiying. Elektr simlari, gaz ta’minoti tizimi, ichimlik suv va 
maishiy chiqindi tarmoqlarining sozligini tekshiring. Ularning sozligi va ishga yaroqliligi 
tо‘g‘risida mutaxassislar xulosa berganlaridan sо‘nggina ulardan foydalanishga ruxsat etiladi. 
Barcha eshik va derazalarni ochib, xonalarni quriting. Pol va devorlarni chiqindilardan tozalab, 
yertо‘ladagi suvni chiqarib tashlang. Suvda qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmang. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish