76
osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishi lozim, zero, elektr toki
chaqirgan buzilishlar sezilarsiz xossalarsiz o‘tishi, biroq ayrim muddat o‘tgach, patologik
oqibatlar klinik o‘lim kelishigacha borib etishi mumkin.
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish),
u holda
a) qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish;
b) kiyimni tugmasini echish;
v) toza havo oqimini yaratish;
g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, nashatir hidlatish;
d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va qizitish; e) ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil
ayniganda jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish kerak.
3.12 – rasm. Yurakni uqalash (massaj qilish) va sun’iy nafas berish
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa (pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak urmayotgan bo‘lsa,
talvasali noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) ishlariga kirishish zarur.
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida
nafasni meyorlashtirish va b) inson organizmining hamma to‘qimalariga kislorod etkazib
beradigan qon aylanishini normalashtirish zarur.
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar.
Sun’iy nafas uslublari:
Qo‘lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo)
1. Og‘izdan og‘izga (keng tarqalgan)
2. Og‘izdan buringa (keng tarqalgan)
3. Apparat va qo‘l yordamida.
Bizni o‘rab turgan havoda 21% ga yaqin kislorod bor, o‘pkadan chiqaradiganimiz 16 foizga
teng. O‘pkaga puflaganda qo‘lbola uslublardagiga nisbatan ko‘p, 1-1.5l havo tushadi. O‘pkaga
daqiqasiga 10-12 martadan kam emas, o‘z nafasi chastotasi bilan birga puflash lozim.
Agar jabrlanuvchi mustaqil tarzda nafas olsa, u holda puflash jabrlanuvchining o‘zini nafas
olishiga moslash zarur. Ilk bor mustaqil nafas olishda sun’iy nafasni to‘xtatish mumkin emas,
zero, noritmik sust mustaqil nafas olishlar o‘pkada etarli gaz ayriboshlashni ta’minlab
berolmaydi. Yurak faoliyatini tiklash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda yurakni uqalash
(massaj qilish) jarayonini o‘tkazadilar.
Avvalo jabrlanuvchining chap tomoniga joylashadilar.
Kaftning asosini ko‘krakning uyi -qismiga qo‘yib, boshqa qo‘l kaftini birinchisining yuqori
qismiga ko‘yadilar.
Ko‘krakni shunday kuch bilan bosilsinki, shunday u umurtqa tomon 3-6sm ga joylashib borsin.
1 daqiqada 60-70 ta ezish, bosish zarur.
Yurak faoliyati tiklanishi xususiyatlari jabrlanuvchining pulsi (tomir urishi) paydo bo‘lishi,
terining pushti-qizil rangga kirishi, ko‘z qorachig‘larining kichkinalashuvidan iborat.
Ko‘pincha yurakni to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda uqalash sun’iy nafas berish bilan
muvofiq holda qilinadi. Agar 2 kishi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda biri yurakni
uqalasa, boshqasi sun’iy nafas beradi: 3-4 yurak ezish va 1 ta nafas puflash. Agar yordamni 1
kishigina ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda davriylik almashib turadi: 3-4 nafas puflash, so‘ngra 15
marta yurak ezish; 2 puflash-15 bosish va hokazo.
Jonlanish belgilari paydo bo‘lgandan so‘ng sun’iy nafas berish va tashqaridan yurakni uqalash
havo puflashni jabrlanuvchining nafas olishni boshlashiga muvofiqlashtirgan holda 5-10 daqiqa
davom ettirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: