Mavzu bayoni:
Reja:
О‘pka yurak va miya reanimatsiyasi
Reja:
1. О‘pka-yurak va miya reanimatsiyasi
2. О‘pkani sun’iy nafas oldirish
3. Yurakning ichki massaji
1985 yil zamonaviy о‘pka-yurak reanimatsiyasi о‘zining 25 yilligini nishonladi. 50-yillargacha
shoshilinch reanimatsion yordam atigi bir necha xolatlardagina effektiv bо‘lgan. Zamonaviy
nafas reanimatologiyasi endigina, 60-yillarda kon aylanishning reanimatsiyasi, serebral
reanimatsiya esa 70-yillarda rivojlana boshladi. Sirkulyator shokda zamonaviy infuzion terapiya
30-yillardanok boshlangan. 61-yillarda Amerikalik olim Pitsburg universitetning professori
Peter Safar ingliz alifbosiga asoslanib, reanimatsion chora-tadbirlarni boskichma-boskich kilish
usulini taklif kilgan.
Peter Safar о‘pka-yurak va miya reanimatsiyasi jarayonini о‘rganishda kulay bо‘lishi
maksadida 3 boskichni farkladi.
I-xayotni elementar ushlab turish (elementarnoye podderjaniye jizni).
II- xayotni keyinchalik ushlab turish (dalneysheye podderjaniye jizni).
III- xayotni davomli ushlab turish (prodoljitelnoye podderjaniye jizni).
О‘z navbatida xar bir boskich 3 ta davrga bо‘linadi.
I boskich – xayotni elementar ushlab turish tezkor oksigenatsiya о‘tkazishni о‘zida
mujassamlashtiradi va kuyidagi davrlardan iborat:
79
A-airways (xavo) – nafas yо‘llari о‘tkazuvchanligini tiklash.
V-breathing (nafas berish) – о‘pkani shoshilinch sun’iy nafas oldirish va oksigenatsiY.
S-circulation (aylanish) – kon aylanishni ushlab turish, ya’ni kon aylanishi tо‘xtashini
diagnostikasi va shok xolatidagi bemorni о‘ziga xos xolatda saklash, kon ketishni tо‘xtatish va
yurakni tashki massaj kilish yо‘li bilan sun’iy kon aylanishini xosil kilish.
II boskich – xayotni keyinchalik ushlab turish, ya’ni sun’iy kon aylanishni tiklash va tо‘kimaga
kislorodning adekvat transporti va gemodinamikani normallashtirgan xolda nafas olish va kon
aylanish kursatkichlarini stabillashni о‘z ichiga oladi. U kuyidagi davrlardan iborat:
D-drugs (dori-darmon) – medikamentoz vositalar va suyukliklarni vena ichiga kiritish.
E-EKG – elektrokardiografiY.
F-fibrillation (fibrillyatsiya) – yurak korinchalari fibrillyatsiyasini yо‘kotish, odatda elektrik
kontrshok yordamida amalga oshiriladi.
III boskich – xayotni davomli ushlab turish – miya faoliyatini tiklashga karatilgan
postreanimatsion intensiv terapiyani о‘zida mujassamlashtiradi va kuyidagi davrlarni о‘z ichiga
oladi:
J-jug – bemorning axvolini, ya’ni yurak tо‘xtashining sababini aniklash va uni bartaraf etish
xamda xayotini saklab kolish extimolligini baxolash.
H-hypothermia - miya faoliyatini tiklash maksadida yangi chora-tadbirlar yordamida normal
fikrlashni tiklash.
I-intensiv therapia-postreanimatsion davrda boshka a’zo va tizimlarning faoliyatini tiklashga
yо‘naltirilgan intensiv terapiY.
Endi xar bir boskich va davrlarni aloxida kо‘rib chikamiz:
I -boskich.
A-davr, nafas yо‘llarini nazorat kilish.
Nafas yо‘llari о‘tkazuvchanligini tezkor usulda tiklash borgan sari zamonaviylashmokda. Nafas
yо‘llarini tiklash chora-tadbirlari avvalambor xushsiz bо‘lgan bemorlarga mо‘ljallangan,
kaysiki ularni davolash tezkor ketma-ketlikda obturatsiya bartaraf bо‘lguncha olib boriladi.
1963 yil koronar kafe-sindrom aniklangan: ovkat vaktida kо‘p gapiradigan kishilarda tо‘satdan
о‘lim «vnezapnaya smert» aniklangan, ularning kо‘pchiligining murdasini yorib kо‘rilganda
yukori nafas yо‘llarini ovkat koldiklari bilan obstruksiyasi aniklangan. H. J. Heimlich
ma’lumotlariga kо‘ra, uning usulidagi diafragmani keskin kranial siljishi, о‘rtacha о‘pka ichi
bosimi 4,13 kPa ( 31 mm sim. ust.) ni xosil kiladi. Agar bu usul nafas chikarishning oxirida
kilinsa, nafas yо‘llaridan kо‘shimcha 0,35 l, agar nafas chikarishning boshida bо‘lsa 0,94 l
xavo, shuningdek yot jism,avtorning aytishicha, shampan idishidan kopkogi otilgandek chikadi.
I. S. Redding (1979) fikricha, bu usulning effektivligi bо‘rttirilgan va statistik jixatdan
isbotlanmagan. Yot jismlarni barmok va asbob-uskunalar yordamida sо‘rish yoki olib
tashlashning effektivligi xam kam emas.
Nafas yо‘llari uchlik uslubi (boshni orkaga egish, ogizni ochish, pastki jagni oldinga siljitish).
Yukori nafas yо‘llarini kо‘l bilan tozalash. Yot jism bilan obturatsiya bо‘lganda yelkadan urish,
korinni kompressiyasi. Yukori nafas yо‘llarini sо‘rgich - «otsos» yordamida tozalash. Xavo
о‘tkazgichlar «vozduxovod» ni kirgizish. Kizilо‘ngach obturatori - xavo о‘tkazgichini kiritish.
Traxeyani intubatsiya kilish. Intubatsiyani boshka usullar bilan almashtirish mumkin, ularga
krikotirotomiya, xalkum orkali kislorodni injeksion insufflyatsiya kilish. Shuningdek
shoshilinch xolatlarda yukori nafas yо‘llari-traxeotomiya, bronxoskopiya, bronxodilatatsiya va
plevra bо‘shligini drenajlash kerak.
О‘pkani sun’iy nafas oldirish
V-davr. О‘pkani sun’iy nafas oldirish. Xammaga ma’lumki, soglom odam chikarayotgan nafas
tarkibida 16-18% kislorod bо‘lib, bu о‘z navbatida shikastlanganlarda konikarli gaz
almashinuvini ta’minlaydi. Shuning uchun kritik xolatlarda SNO 1 minutiga 12 marta,
chakaloklarga ogizdan - ogiz va burunga 1 minutiga 20 marta chastota bilan SNO beriladi.
Estetik va gigiyenik jixatdan yukorida aytib о‘tilgan usullarni doka yoki dastrо‘mol orkali
о‘tkaziladi. Shu maksadda reanimatsiya uchun vositalar arsenalida T- yoki S- simon naylar,
80
nafas xaltasi, “Ambu” tipidagi xalta, laringoskop bilan endotraxeal naylar mavjud.
S-davr.Circulation (aylanish) – bu atama kon aylanishni va yurak faoliyatini tiklash ma’nosini
anglatadi. Yurakni tо‘xtashi birlamchi yoki ikki lamchi xarakterda bо‘lishi mumkin.
Korinchalar fibrillyatsiyasi (yoki asistoliya) kelib chikishida birlamchi xarakterda kо‘pincha
yurak kasalliklari,dori vositalarini kiritish, chakmok yoki elektr tokining urishi sababchi
bо‘ladi. Yurakning tо‘xtashini ikkilamchi xarakteri odatda asfiksiya yoki kon ketishi bilan
boglik.
Yurakning tashki massaji. Yurak massaji yordamida kon aylanishini tiklashga urinish XIX
asrning о‘rtalarida bajarila boshlagan. Yurakning birinchi samarali massaji XX asrning boshida
xloroform bilan zaxarlangan bemorning yuragi tо‘xtaganda bajarilgan.Bu usulning moxiyati
yurakni tо‘sh suyagi va umurtkalar orasida yurakni kisish natijasida katta va kichik kon
aylanish doiralarining yirik kon tomirlariga konni xaydashga asoslangan. Bunda tо‘sh suyagini
pastki va о‘rta uchliklari orasidagi nuktaga bosiladi, kattalarda ikki kaft bilan, bolalarda bitta
kaft, chakaloklarda ikki barmok bilan bosiladi. Xarakatlar soni 60-80 ta, kichik bolalarda 120-
100 tagacha bо‘lishi kerak.
Yurakning ichki massaji
Yurakning ichki massaji kuyidagi xolatlarda bajariladi: a) agar kо‘krak kafasi ochik bо‘lsa
(operatsiya vaktida), b) yurak tamponadasi, plevra ichiga kon ketganda yoki pnevmotoraks
bо‘lganda, v) agar kо‘krak kafasining keskin rivojlangan rigidligi yoki umurtka pogonasi va
kо‘krak kafasi patologiyasi natijasida yurakning bilvosita massaji noeffektiv bо‘lganda, g)
gipotermiya xolatida bо‘lgan bemorlarda defibrillyatsiyaning ketma-ket urinishlari natijasiz
bо‘lib, yurakni isitish kerak bо‘lganda.
Yurakni tashki massajini SNO bilan birga olib boriladi, bunda agar bitta reanimator bо‘lsa 1:15
nisbatda, ikkita reanimator bо‘lganda 1:5 nisbatda kilinadi.
Drags-dori-darmon. Yukorida keltirilgan davrlar kasalxonadan tashkarida kilinsada. Bundan
keyingi davrlar shifoxonada yoki statsionarda amalga oshirilishi kerak. Keyingi davrlarda
miyaning va boshka muxim a’zolarning gipoksik shikastlanishini oldini olish maksadida
mustakil kon aylanishni tiklash kerak. Buning uchun konga xar xil dorilar va suyukliklarni
kiritish lozim.
Bunda kuyidagi kiritish yо‘llaridan foydalaniladi:
a) periferik venalarga kiritish.
b) о‘pka ichiga kiritish-ayrim medikamentoz preparatlarni venaga kiritib bо‘lmaganda
traxeyaga kiritiladi. Bu usulda kiritilgan dori preparatlari alveolalar orkali, asosan intubatsion
nayga kiritilgan aspiratsion kateter orkali traxeobronxeal daraxtga preparatni inyeksiya
kilinganda tez sо‘riladi. Bu preparatlarni eslab kolish uchun:
ALKA : atropin, lidokain, kislorod, adrenalin.
LADAN : lidokain, adrenalin, diazepam (talvasalarda), atropin, naloksan (narkotik moddalarni
kо‘p mikdor kabul kilganda).
Yukoridagi dorilar traxeal nay orkali 1-2 martalik vena ichi dozasi 10 ml sterillangan suvda
eritib yuboriladi. Ammo natriy gidrokarbonat alveola va bronxlarning shillik kavatini
shikastlashi xavfi bо‘lgani uchun traxeya ichiga kiritilmaydi.
v) yurak ichiga kiritish-о‘pka-yurak reanimatsiyasini о‘tkazishda, kо‘krak kafasi ochik
bо‘lmaganda, dori vositalarini kо‘r-kо‘rona yurakka kirgizish tavsiya kilinmaydi, chunki bunda
pnevmotoraks, koronar arteriyaning shikastlanishi va yurak massajini tо‘xtatish xavfi
rivojlanadi.Bundan tashkari agar preparatlar yurak bо‘shligiga emas, balki mushagiga tushsa,
kuchli aritmiya sababli yurakning spontan kiskarishlarini tiklashga xalakit beradi.Adrenalinni
yurak ichiga kiritish, vena ichiga yoki о‘pka ichiga kiritish iloji bо‘lmagandagina ruxsat etiladi.
Uzun ingichka igna (masalan.№ 22) orkali V kovurga oraligiga parasternal nuktaga kiritiladi.
Shprits orkali yurak bо‘shligidan kon erkin tortilgandagina preparatni kiritish kerak. Yurakning
ochik massajida dori preparatlarini chap korincha bо‘shligiga kiritish xavfsiz va effektivdir.
Odatda vena ichiga kiritiladigan dozaning yarmi kо‘llaniladi(adrenalin, kalsiy xlorid,
81
antiaritmik vositalar). Natriy gidrokarbonatni yurak bо‘shligiga kiritish mumkin emas.
g) mushak ichiga kiritish – tezkor reanimatsiyada mushak ichiga kiritish tavsiya etilmaydi.
Periferik adekvat kon aylanishi sharoitida vena ichiga kiritish iloji bо‘lmaganda, mushak
orasiga ritm buzilishi profilaktikasi uchun lidokain (300 mg) va atropin (2 mg) kabi preparatlar
kо‘llaniladi.
d) til ildiziga – bu usulda iyakni bо‘yinga о‘tishi joyidan ignani kadab, ichkariga 2 sm kiritib
dorini yuborish darkor.
ye) markaziy venalar orkali kiritish.
j) о‘pka arteriyasini kateterizatsiyasi.
z) bilak arteriyasini kateterizatsiyasi.
i) son arteriyasini kateterizatsiyasi.
Xozir asosiy preparatlar va ularning dozalari ustida tо‘xtalib о‘tamiz:
♣ adrenalin: optimal dozasi karor topmagan, biz kuyidagicha tavsiya etamiz:
- avvalambor adrenalinning standart dozasi kо‘llaniladi ( 1 mg vena
ichiga bir laxzada).
- birinchi dozadan effekt bо‘lmaganda 3-5 min. dan shu dozada bir laxzada kiritiladi, sо‘ngra
zudlik bilan yukori dozagacha oshiriladi (v/i ga bir laxzada 3,5 dan 10-15 mg gacha) yoki
ushlab turuvchi infuziyaga о‘tish (100-200 mkg/min dan boshlab, effektiga erishguncha
oshirish) kerak.
- agar vena tomiriga kirish iloji bо‘lmasa kiritishning endotraxeal usulini kо‘llash (dozasi 2-2,5
mg).
- adrenalinni standart dozalarda infuziyasi:
♠ 1mg adrenalinni (1 ml 1:1000 nisbatda yoki 10 ml 1:10000 nisbatda yoki 10 ml 1:10000
nisbatda bо‘lganda) 5% li 250 ml glyukozada eritish.
♠ 1-2 mkg/min (15-30 ml/soat) dan boshlab. 2-10 mkg/min gacha olib
borish.
- katta dozalarda adrenalinning infuziyasi:
♠ 50 mg adrenalin (50 ml 1:1000 nisbatdagi eritma) 5% li 250 ml glyukozada eritish
♠ 30-60 ml/soat (100-200 mkg/min) tezlikda boshlab, zarur bо‘lganda
oshirish kerak.
♣ atropin- 0,5-1,0 mg vena ichiga zarur bо‘lganda xar 3-5 min.da umumiy dozagacha 0,04
mg/kg (yoki 2-3 mg) takrorlanadi. Ancha yukori dozalari (bir martalik dozasi 1 mg) anch ogir
bradikardiyada, shuningdek asistoliyada kо‘llaniladi.
♣ natriy bikarbonat- empirik dozasi- 50-100 mekv (kon aylanishi tо‘xtagandan 5-10 minutdan
keyin kiritiladi). Kо‘pchilikni aytishicha, natriy bikarbonatni kon aylanishning tо‘xtashida
kо‘llanilmaydi. Kon aylanishi tо‘xtaganda atsidozni korreksiyalash uchun SNO о‘tkazish
maksadga muvofik.
♣ natriy gidrokarbonat – atsidoz rivojlanmagan yurak tо‘xtashi bо‘lishi mumkin emas, shuning
uchun xar kanday reanimatsiyada natriy gidrokarbonat kо‘llash kerak. Uni kislota ishkor
xolatini tekshirish natijalariga kо‘ra dozalash kerak, agar buning iloji bо‘lmasa boshlangich
doza 1 mmol/kg tavsiya etiladi. Sо‘ngra kon aylanishi tiklanguncha xar 10 minutda 0,5
mmol/kg yuboriladi.
♣ lidokain: korinchalar fibrillyatsiyasida avvalambor 1,5 mg/kg (odatda 75-100 mg) bir laxzada
kiritiladi. Agar korinchalar fibrillyatsiyasi saklanib tursa, shu dozada lidokainni takroran kiritish
mumkin, boshka usullar (bretiliy, magneziy sulfat) ni kо‘llash yaxshirok bо‘lardi.
- korinchalar ekstrasistoliyasi yoki korinchalar taxikardiyasida boshlangich doza 50-100 mg(1-
1,5 mg/kg gacha), kiritish tezligi 2 mg/min. Zarur bо‘lganda xar 5-10 minutda 50-75 mg vena
ichiga bir laxzada (umumiy doza 3 mg/kg yoki 225 mg gacha).
- vena ichi infuziyasi. 1 g ni 5% li 250 ml glyukozada eritish, 30 ml/soat (2 mg/min) dan
boshlash; infuziya tezligini 1-4 mg/min da tadbik kilish.
♣ SaSl - 0,5-1,0 g vena ichiga sekin (5-10 min davomida).
♣ kislorod - konsentratsiyasi 100 % gacha. Shoshilinch xolatda xar doim zarur.
82
Shuningdek, kuyida shoshilinch tibbiy yordamda ishlatiladigan dori-darmonlar rо‘yxati
keltirilgan:
1. Kon tomirlarni kengaytiruvchilar:
a) noradrenalin;
b) metaraminol.
2. Inotrop vositalar:
a) dopamin
b) dobutamin
v) izadrin (izoprterenol)
g) kalsiy xlorid.
3. Kalsiy kanalining blokatorlari:
a) verapamil yoki diltiazem
b) nifidipin yoki nimodipin
v) lidoflazin.
4. Lidokain, prokainamid, bretilium.
5. Anaprilin (propranolol).
6. Atropin.
7. Nitroprussid, nitroglitserin.
8. Morfin yoki meperdin (demerol, petidin).
9. Furosemid va xokazo.
YE davr. Elektrokardiografik diagnostika (aritmiyalari aniklash va davolash).
О‘pka - yurak reanimatsiyasining A, V, S davrlarii о‘tkazgandan sо‘ng iloji boricha zudlik
bilan EKG kilish kerak, bundan maksad kuyidagilarni bir- biridan differensial diagnostika kilish
kerak: 1) korinchalar fibrillyatsiyasi (yoki korinchalar taxikardiyasi); 2) elektrik asistoliya va 3)
elektromexanik dissotsiatsiya deb nomlanuvchi EKG dagi atipik komplekslar bilan pulsning
bо‘lmasligi (mexanik asistoliya). Bu davrda bemor doimiy EKG monitoring kuzatuvi ostida
bо‘lishi kerak.
Fibrillation (fibrillyatsiya)-korinchalar fibrillyatsiyasini yо‘kotish maksadida doimiy yoki
uzlukli tokli elektrik defibrillyatorlar kо‘llaniladi,chunki mustakil defibrillyatsiya kamdan-kam
xolatda yuzaga kelishi mumkin.
Tashki defibrillyatsion о‘tkazish uchun disk shakliga ega bо‘lgan elektrod bemorning chap
kuragi ostiga kuyiladi, ikkinchi izolyatsiyalangan dastalisini esa kо‘krak kafasining yurak
soxasiga bosilib, tokka ulanadi. Shuningdek izolyatsiyalangan dastali ikkita bir xil elektrodlar
xam kо‘llaniladi. Bu xolatda elektrodlarning biri kо‘krak kafasining old yuzasida tо‘sh suyagi
dastasi ustiga, ikkinchisi esa – yurak chо‘kkisi soxasiga kuyiladi. Elektrodlar maxsus elektr
о‘tkazuvchi pasta yoki natriy xloridning izotonik eritmasiga namlangan bir necha kavat doka
bilan о‘ralgan bо‘lishi kerak. Kuyishlarning oldini olish va yaxshi kontakt uchun elektrodlar
bemorning tanasiga, ochik defibrillyatsiya xolatida esa yurakka zich yopishgan bо‘lishi kerak.
Defibrillyatsiya vaktida atrofdagilar bemorga yoki operatsion stolga tegmasligi kerak. Agar
korinchalar fibrillyatsiyasi paydo bо‘lganligi kayd kilingan bо‘lsa, uni boshlanganidan sо‘ng
30-60 sekund davomida defibrillyatsiya kilish mumkin. Agar fibrillyatsiyaning boshlanish vakti
kayd kilinmagan bо‘lsa, о‘pka-yurak reanimatsiyasidan sо‘ng 2 minut о‘tgach defibrillyatsiya
kilinishi kerak. Agar defibrillyatsiyaning birinchi urinishi samarasiz bо‘lsa, ikkinchisi yaxshi
yirik tо‘lkinli defibrillyatsiya sharoitidagina kuchlanishni 10-15 % ga oshirib kilinadi. Aks
xolda adrenalin va natriy gidrokarbonat kiritib, yurak tashki massaji va SNO yirik tо‘lkinli xosil
bо‘lguncha davom ettiriladi, shundan sо‘nggina defibrillyatsiya kilinadi. Agar bu xolatda
samarali defibrillyatsiya bо‘lmasa, vena ichiga lidokain (1 mg/kg) kilinadi, zarur bо‘lganda
takrorlanadi.
Mustaxkam fibrillyatsiyada tez-tez seriyali, birin-ketin defibrillyatsiya, defibrillyatorning kayta
zaryadlanish davrida yurak massaji bilan birga kilinadi.
III boskich. Xayotni uzok vakt ushlab turish. Miya faoliyatini tiklashga karatilgan
83
postreanimatsion intensiv terapiyani о‘z ichiga oladi.
Jug - bemorning axvolini baxolash. Ma’lum sinamalar yordamida bemorning miya pо‘stlogi
zararlangan yoki zararlanmaganligi xakida bilish mumkin. Miya о‘limi rivojlanganlik
belgilaridan asosiylari kо‘z korachigining kattalashishi, korachikning yoruglikka reaksiyasi
bо‘lmasligi xisoblanadi.
Sovuk suv sinamasi – agar kulokka bir necha tomchi sovuk suv tomizilganda bemorning
kо‘zida nistagm bо‘lsa, demak miya pо‘stlogi tirik bо‘ladi.
Vena ichiga bemegrid kiritilib, EEG tushirilganda biopotetsiallar paydo bо‘lsa, miya pо‘stlogi
tirikligidan dalolat beradi.
Shu narsani yodda tutish kerakki, reanimatsion chora-tadbirlarni tо‘xtatish uchun bosh xakim
о‘rinbosari, bо‘lim mudiri xamda davolovchi vrachlarning roziligi va imzosi bо‘lishi kerak.
Hipotermia - tana xaroratni tushirish. Bu xolatni miya xujayralarini ximoya kilish deb
tushuntirish mumkin. Organizmda bо‘yrak, jigar, о‘pka, yurak faoliyati tо‘xtasa xam о‘lim
tezda yuzaga kelmaydi, ammo miya faoliyati bо‘lmasa organizmda о‘rtacha 5 dakikagacha
klinik о‘lim orkali biologik о‘lim sodir bо‘ladi. Ma’lumki, yurak va о‘pka kislorodni miya
xujayralariga yetkazib beradi, ammo bularning faoliyati bо‘lmasa miya xujayralarining
kislorodga bо‘lgan talabini, muvozanat va modda almashinuvi tezligini xamda miya faoliyatini
pasaytirish maksadida hipotermia о‘tkaziladi. Shu usul bilan biz 5 dakikani 30 dakikagacha
uzaytirishimiz mumkin.
Intensiv therapia - miya faoliyatini tiklashga yо‘naltirilgan postreanimatsion intensiv
terapiyanig vazifalari kuyidagicha:
1) butun organizmni tirik kolishi maksadida nafas olish, yurak-kon tomir, metabolik, bо‘yrak va
jigar-oshkozon-ichak faoliyatlarini optimallashtirish;
2) miya neyronlarini tiklashga yо‘naltirilgan usulda uning faoliyatini optimallashtirish bо‘yicha
chora-tadbirlarni о‘tkazish (miya faoliyatini ushlab turishga karatilgan standart chora-tadbirlar);
3) markaziy asab tizimini tiklash uchun kо‘shimcha reanimatsion chora-tadbirlarning
kamchiliklari va ustunliklarini bemorlarda tekshirish, ularning kо‘pchiligi tortishuv ostida va
xaligacha tajriba boskichida kо‘llanilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |