Mavzu bayoni:
Reja:
1. Qon ketish haqida, belgilari va birinchi yordam haqida
2. Qon ketish turlarida vrachgacha birinchi yordam
3.Travmatik shok
4.Shokning turlari
Qon ketish haqida, belgilari va birinchi yordam haqida.
Qon ketish deb qon tо‘qimasining о‘z yо‘lidan, ya’ni qon tomir devorining buzilishi (yorilishi,
kesilishi, yirtilishi) natijasida tashqariga yoki biron bо‘shliqqa (kо‘krak bо‘shlig‘i, qorin
bо‘shlig‘i, bosh suyagi ichi, bо‘g‘imlarga) oqib chiqishiga aytiladi.
Qon ketishi anatomik nuqtai nazardan arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz bо‘lsa, sababiga
kо‘ra mexanik (kesilganda, tomir shikastlan-ganda), neyrotrofik (qon tomir devorining
yupqalashishi va о‘tkazuv-chanligi oshishi, ya’ni oziqlanishning buzilishi natijasida, sepsis,
skar-latina, singa kasalliklari oqibatida) sodir bо‘ladi.
Klinik jihatdan tashqi, ichki, yashirin, qon ketish turlari mavjuddir. Qon ketishi vaqtiga qarab
quyidagilarga bо‘linadi: birlamchi (shikastlanish rо‘y berishi bilanoq). Erta ikkilamchi qon
ketishi shikastlanishdan keyingi dastlabki soatlarda va kunlarda.
Qon ketishining klinik kо‘rinishi quyidagilarga bog‘liq: shikastlanish turiga, shikastlanish
о‘lchoviga, qon tomir turiga, uning diametriga, qonning qayoqqa oqishiga. Arterial qon
ketishida yurakdagi bosim hisobiga shikastlangan tomirdan qon fontanday otilib chiqadi.
Arterial tomirlardagi qon kislorodga tо‘yingan bо‘lganligi sababli qonning rangi avlon rangda
bо‘ladi. Bunday qon ketish qisqa vaqt ichida о‘tkir kamqonlikka olib keladi va uning natijasida
quyidagi hollar kuzatiladi:
1. Arterial qon bosimining progressiv pasayib ketishi.
2. Bosh aylanishi.
3. Kо‘z oldi qorong‘ilashishi.
4. Kо‘ngil aynishi.
5. Qusish.
6. Hushdan ketish.
Venoz qon ketishda esa qon rangi kо‘kimtir bо‘ladi hamda pulsatsiya yо‘li bilan oqadi. Buning
sababi shundaki, vena qon tomirlarida bosim past bо‘ladi va qon xujayralardagi chiqindilar
bilan tо‘yingan bо‘ladi. Venoz qon ketishidagi asoratlar kabi hollar kuzatiladi.
Qon ketish turlarida vrachgacha birinchi yordam.
Arterial qon ketishda qon ketayotgan tomir bosib turiladi yoki bosib turuvchi bog‘lam
qо‘yiladi, yuqoriroqdan jgut bilan bog‘lanadi. Bosimni pasaytirish uchun qо‘l yoki oyoqdagi
shikastlangan sohani kо‘tarib qо‘yish kerak. Venoz qon ketishida ham bosib turish, bosib
turuvchi bog‘lam qо‘yish va jgutdan foydalanish mumkin, ammo shikastlangan qon tomir qо‘l
yoki oyoqda bо‘lsa, kо‘tarib qо‘yish taqiqlanadi, chunki venoz qon tomirlarida qon klapanlar
hisobiga yuradi.
Ikkala qon ketish turida ham jgut 2 soatdan ortiq turishi mumkin emas.
86
Parenximatoz yoki kapillyar qon ketishida shikastlangan sohaga kompres yoki muzli xaltacha
qо‘yiladi. Barcha qon ketish turlarida umumiy qon ketishini tо‘xtatish uchun ximiyaviy
preparatlar ham qо‘llaniladi (aminokapron kislotasi, ditsinon va h.k.).
Travmatik shok
Shok va uning fazalari, kо‘rsatiladigan birinchi yordam haqida.
Shok – fransuzcha choc – zarba degan ma’noni bildiradi.
Shok deganda hayotni sistemalar funksiyasining tо‘satdan progressiv pasayib ketishi tushunilib,
uning kelib chiqishiga mikrotsirkulyatsiya bilan tо‘qimalarning kislorodga tо‘yinishining
nomunosibligi sabab bо‘ladi. Asosan, xaddan tashqari kuchli taassurotlar natijasida nerv,
indokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda modda-lar almashinuvining
buzilishi bilan xarakatlanadigan havfli holat.
Shokning turlari:
1. Travmatik shok:
a) Mexanik ta’sir natijasida, ya’ni inson jarohatlanganda, shikastlanganda, jarrohlik
muolajalarida va tо‘qimalarning ezilishi natijasida vujudga keladi.
b) Kuyish shoki, ya’ni bunda inson termik va kimyoviy kuyishidir.
v) Elektr ta’siridan bо‘ladigan shok.
g) Sovuqdan bо‘ladigan shok.
2. Gemorragik va gipovolemik shok: ya’ni inson kuchli suvsizlanishi va kо‘p qon ketishi
natijasida yuzaga keladi.
3. Kordiogen shok: miokard infarkti, aritmiya, о‘tkir yurak yetishmovchiligi natijasida vujudga
keladi.
4. Toksik infeksion shok: ya’ni grammusbat va grammanfiy infeksiyalar.
5. Anafilaktik shok.
Travmatik shok demak, kо‘pincha bosh, kо‘krak, qorin, chanoq, oyoq, qо‘llar va og‘ir
shikastlanishlarda va tananing kо‘p qismi kuyganda travmatik shok holati deb aytiladigan shok
deb kuzatiladi.
Travmatik shok ikki fazadan iborat: erektil va torpid.
Erektil faza shok reaksiyasining boshlanishida paydo bо‘ladi. Bu paytda bemorning yuzi
oqargan, kuz qorachig‘i kattalashgan, qon bosimi normada yoki oshgan, bemor bezovtalanadi,
о‘zining og‘ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanishi kuchayib, о‘rnidan sapchib turib
ketadi va uni tutib qolish qiyin bо‘ladi. Agar erektil faza qanchalik kuchli bо‘lsa, torpid faza
shunchalik og‘ir bо‘ladi. Torpid fazada bemorning ahvoli og‘irlashadi. Nafas olishi tezlashadi,
kо‘ngli ayniydi. Modda almashinuvi keskin buziladi.
Belgilarining og‘irligiga qarab shok 4 bosqichga bо‘linadi.
1. Yengil bо‘lib, shokka qarshi qilingan xarakat samarasini beradi.
2. О‘rtacha og‘irlikda teri satxi oqargan, nafas olish yuzaki va buzilgan a’zolar faoliyatini о‘z
holiga keltirishi uchun shokka qarshi qunt bilan davolash о‘tkazish lozim.
3. Og‘ir formasi. Teri satxi oqargan yoki kо‘kargan, bemor о‘ta sust harorati pasaygan.
Tananing hamma funksional belgilari juda notekis, reanimatsion tadbirlarini talab qiladi.
4. Agonal oldi va agonal holatlar. Nafas olish juda sust, pereferik tomirlar urishi qon bosimi
aniqlanmaydi. Bu holatni tiklash og‘irroq.
Shikastlanishning xususiyati va joyiga qarab organizmda mahalliy va umumiy о‘zgarishlar
kuzatiladi.
Mahalliyda shikastlovchi agent ta’siriga uning kuchi, davriga bog‘liq bо‘lib, bunda
organizmning reaktivligi katta ahamiyatga ega.
Umumiyda esa asbob sistema, qon aylanishining, nafas olishning, jigar, buyrak sistemalarining,
indokrik modda almashinuvining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Travmatik shok shikastlangandan bir necha minut keyin 24 soat ba’zan undan ortiqroq vaqt
davomida rо‘y berib, bemorning ahvoli juda og‘ir bо‘ladi. Shokning oldini olish uchun zudlik
bilan meditsina yordami chaqirilishi vrach kelguncha bemorga birinchi yordam kо‘rsatilishi
shikastlanishga sabab bо‘lgan omillar: yonayotgan kiyim-boshni о‘chirish va qulab tushgan joy
87
ostida qolib ketgan kishilarni qutqarib olish va boshqalarni bartaraf etish qon oqimini tо‘xtatish
qо‘l-oyoq shikastlanganda ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay quyish. Demak,
shikastlangach, kishiga tegishli yordam kо‘rsatgach uni zudlik bilan kasalxonaga olib borish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |