36
asoslari bо‘lib hizmat qiladi. Konstitutsiyaning IX bobi insonning iqtisodiy va ijtimoiy
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
37-moddada “Har
bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida
ishlash va qonunda kо‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”.
39-moddada “Har kim qariganda mehnat layoqatini yо‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan
mahrum bо‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish
huquqiga ega”.
40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab
qо‘yilgan.
X bobning 43-52- moddalarida inson huquqlari, burchlari va erkinliklari belgilangan.
Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusi mehnat
xavfsizligi darajasini kо‘tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini о‘tkazish,
о‘quv yurtlari о‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari о‘rtasida
shikastlanishlarni
oldini olish, davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida 1993 yil 6 mayda
“Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risi”dagi qonun qabul qilingan. Bu qonunda jamoat
shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi,
ayollar
va
bolalar
mehnati,
ijimoiy
va
boshqa
masalalar
yoritilgan.
Qonunning 1-7 moddalarida umumiy qoidalar, 8-15-moddalarida mehnatni muhofaza qilishni
ta’minlash, 16-21-moddalarida ishchilarning mehnatini muhofaza
qilishga doir huquqlarini
rо‘yobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan, 22-29-moddalarida mehnatni muhofaza qilishga
doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik
nazorati о‘z aksini topgan.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1995 yil 21 dekabrda О‘zbekiston Respublikasining
Mehnat Kodeksini tasdiqladi. Kodeksning VI bobi 73-87-moddalarida ishga qabul qilish va
dastlabki sinov muddati, 93-113 moddalarida mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, 217
moddada xodimlarni sut , oziq-ovqat,
gazli suv, davolash –profilaktika, shaxsiy himoya va
gigiyena vositalari bilan ta’minlash о‘z aksini topgan.
Mehnat Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobiga olinib,
ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Unga kо‘ra, og‘ir va organizm uchun zarar
bо‘lgan ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Ular qо‘lda 20 kg gacha,
zambilg‘altakda 50 kg dan oshmagan yuklarni tashishlari mumkin. Homilador ayollarga davlat
tomonidan ish haqi tо‘lanadigan ta’til beriladi. Homilador va 8 yoshgacha bolalari bо‘lgan
ayollarni tunggi, ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va hizmat safariga
yuborish ta’qiqlanadi.
О‘smirlik davrida hayot muhim uchun funksiyalar, ya’ni tez о‘sish
va tananing fizik
rivojlanishi yuqori bо‘ladi. Bu bilan bir qatorda bо‘g‘im apparati hali nozik bо‘ladi,
mushaklarni tez charchashi kuzatiladi, nafas olish, qon-tomir va hazm qilish tizimida buzilishlar
kuzatilib turiladi. Mehnat qonunlariga asosan, 16 yoshga tо‘lmagan о‘smirlar ishga qabul
qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga tо‘lgan о‘smirlar FZKU ruxsati bilan ishga olinadi.
16 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun 24 soatlik, 16-18 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun 36
soatlik ish haftasi belgilangan. О‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi
davrlarida yoki о‘zi hohlagan vaqtda ta’til beriladi. Tunggi ishlarda, ishdan tashqaridagi dam
olish kunlarida va ularning sog‘ligi uchun zararli moddalar ishlab chiqaradigan ishlarda
о‘smirlar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi. 18 yoshga tо‘lmagan о‘smir bolalarga 16 kg
gacha, qizlarga esa 10 kg gacha og‘irlikda bо‘lgan yuklarni kо‘tariga ruxsat etiladi.
Mehnat muhofazasi bо‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat
tashkilotlariga yuklatilgan:
О‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
Korxonalarda
xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bо‘yicha meyor qoidalariga, sanoat
sanitariyasi, mehnat gigiyenasi, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi.
Har bir tarmoq о‘z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi.
37
Bug‘ qozonlarining tо‘g‘ri ishlashini bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk kо‘tarish
mashinalari (kо‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini
va portlovchi moddalarni ishlatish, sakrash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati.
Havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va vibratsiyani yо‘qotish
sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.) ishlarini
nazorat qiladi.
Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
Yong‘inga qarshi tadbirlarni, о‘t о‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish
vositalarining ishini nazorat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati.
Korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyaini
va xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Jamoat nazorati – mehnat qonunlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi meyor hamda
qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi. Shuningdek, korxonadagi baxtsiz hodisalarni kelib
chiqishini, kasb kasalliklarini kamayishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni qanday amalga
oshirilayotganini nazorat qiladi.
Barcha
ishlab
chiqarish
korxonalarida
3
pog‘onali nazorat amalga oshiriladi:
1-pog‘ona: har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikdagi sexdagi ish joylarini aylanib chiqib,
uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini kо‘radilar.
2-pog‘ona: har xafta sex boshlig‘i katta jamoatchi-nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish
joylarini
aylanib
chiqib,
uchragan
kamchiliklarni
tuzatish
choralarini
kо‘radilar.
3-pog‘ona: oyda bir marta korxona bosh muhandisi birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar.
Bu
nazorat
bо‘yicha
korxonada
qaror
chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot,
muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari
bajarilishining oliy nazorati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning
kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma’muriyati mahalliy kasaba
uyushmasi qо‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki kо‘p
yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan
yutuqlari , korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishlarni bajarilishini nazorat
qilish xavfsizlik ishlari bо‘yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa
korxona sexlari bо‘linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag‘ni va moddiy
ta’minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi.
Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi
qо‘mitasi bilan tuzadi. Jamoa shaotnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga doir tadbirlarning
bajarilishiga ajratilgan mablag‘lar ishlatib bо‘linganligi haqida
maxsus dalolatnoma tuzilib,
unga korxona kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo
chekadilar.
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va meyorlarining buzilishi uchun qat’iy
javobgarlik belgilaydi. Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat
qonunlarining aniq bajarilishini О‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi kuzatadi. Prokuratura
umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini
xabardor qiladi va mehnat qilish qoidasi buzilishini tezda bartaraf etishni talab qiladi, rahbar
xodimlarga ma’muriy chora kо‘rilishini
talab qilib, yuqori rahbar xodimlarga murojaat etadi.
Javobgarlik turlari 3 ga bо‘linadi:
1.
Ma’muriy javobgarlik – uyaltirish, xayfsan e’lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past
darajali ishga о‘tkazish, imtiyozlarni cheklash.
2.
Jinoiy javobgarlik – О‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual Kodeksiga binoan olib
boriladi.
Masalan:
-qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha ahloq tuzatish ishlariga yoki
38
ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima yoki ishdan bо‘shatish
choralari qо‘llanadi.
-korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1
yilgacha ahloq tuzatish ishlariga yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima tо‘lanadi.
3. Moddiy javobgarlik – qonunsiz ravishda ishdan bо‘shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy
kasallik tufayli jabrlangan kishiga tо‘lanadigan haqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman
yoki tо‘liq undirib olish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yormatov
G‘.
YO.
va
boshqalar.
Hayot
faoliyati
xavfsizligi.
О‘quv
qо‘llanma. -T.: 2005.
2.
О‘. Yо‘ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. -T.: Mehnat,
2005.
3.
Bezopasnost
jiznedeyatelnosti.
/Pod.red.
Mixaylova
L.A.
Kiyev
–
Xarkov – Minsk, 2007. 301 s.
4. Belov S. V. i dr. " Bezopasnost’ jiznedeyatel’nosti", "Visshaya shkola" , -M.: 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: