B mengliyev, G. Tojiyeva


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriq



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriq: 
1. Fonema va fonologiya atamalarini izohlang. 
2.Fonologiya sathining taraqqiyotida qaysi olimlar qanday nazariyalarni yaratganlar? 
3.Fonema va tovush munosabati haqida nima bilasiz? 
4.Fonologik ziddiyatlar deganda nima tushuniladi va ularning qanday turlari bor? 
5.Fonema va tovush munosabatida invariant - variant dialektikasi qanday aks etadi? 
6.Fonema variantlari ma’no farqlash xususiyatiga egami? 
7.Barcha tillarda unli va undosh fonemalar soni bir xilmi? 
8.Grafema nima? Uning fonema bilan munosobati. 
9.Quyidagi jumlani izohlang : 
Har qanday tovush fonema varianti , har qanday harf grafema variantidir.
10. Rus tilshunosi N.S. Trubeskoyning fonologiya sohasidagi nazariyasi qanday ahamiyatga molik ? 
 
 
Asosiy adabiyot: 
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996. 
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979. 
3.Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981. 
Yordamchi adabiyot: 
1.Aхманова O.С. Фонология. Москва, 1954. 
2.Трубецкой Н.С. Oсновы фонологии . Moсква , 1960 . 
Mavzu: Tovush ifodasi. Transkripsiya 
 
Reja: 
1. Tovush ifodasi haqida. 
2. Transkripsiya – nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalash vositasi. 
3. Transkripsiya tamoyillari to`g`risida. 
4. Ba’zi diakritik belgilarning vazifasi va ahamiyati. 
5. Fonetik va fonologik transkripsiya. 


48 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Nutq tovushlarining ifodasi sifatida: harf, fonema, transkripsiya; transkripsiyaning asosiy tamoyillari, transkripsion belgilar va 
alifbo, diakritik belgilar, fonetik transkripsiya, fonologik transkripsiya, grafematik transkripsiya. 
Havoning to`lqinlanishidan tovush paydo bo`ladi. Tevarak- atrofimizdagi tovushlar (bir predmet ikkinchi bir predmetga 
urilganda, tekkanda chiqadigan tovushlar; shamolning ovozi, mashinaning g`izzillashi kabi) mexanik tovushlar hisoblanadi. Sizga 
ma’lumki, tovushlarni fizika fani o`rganadi.
Nutq tovushlari ulardan farq qilib, o`pkadan chiqqan havo oqimining tovush paychalarini tebratib o`tishi, nutq uzvlarining 
talaffuz jarayonidagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Nutq tovushlarining tabiatdagi boshqa tovushlardan asosiy farqi ularning kishilar 
o`rtasidagi nutqiy aloqa qilish vositasining eng kichik, asosiy tarkibiy qismi ekanligidadir. Demak, nutq tovushlari ijtimoiy qimmatga ega 
ekanligi bilan ahamiyatlidir. 
Nutq tovushlarining, asosan, uch xil ifodasi mavjud bo`lib, bular harf, fonema va transkripsiyadir. 
Nutq tovushlarining, yozuvdagi shartli ifodasi harf hisoblanadi. Tovush bilan harfni farqlash lozim, ular bir narsa emas. Tovush 
nutqqa xos birlik bo`lsa, harf yozuvga tegishlidir. Harf ham ijtimoiy qiymatga ega, biroq u o`z ijtimoiy xizmati bilan tovushga teng kela 
olmaydi. Tovushga nisbatan harfning vazifasi bir qadar chegaralangan. Chunonchi, o`t (olov), o`t (maysa), o`t (fe’l), o`tkazmoq, 
o`tqazmoq, o`tqizmoq, noo`rin, do`ppi, o`n, o`q so`zlarining hammasida [o`] tovushi ishtirok etadi. Ammo bu so`zlar tarkibidagi [o`] 
tovushining talaffuzi aynan bir xilda emas, ma’lum darajada farqlanadi. Yozuvda esa tovushning serqirraligi hisobga olinmaydi va birgina 
harf bilan ifodalanaveradi. Zero, harf yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovushning barcha xususiyatlarini aks ettira olmaydi. 
Tovush so`zining faqat moddiy qobig`igina bo`lib qolmay, balki so`z va so`zshakllarni o`zaro farqlash, ma’no ajratish vazifasini 
ham bajaradi. Bu sizga “Fonema” mavzusidan yaxshi tanish. Demak, nutq tovushlari ifodasining yana bir ko`rinishi fonema bo`lib, 
fonemani harfdan farqlash juda zarurdir. Ma’lumki, fonema eng kichik til bo`lagi bo`lib, so`zlarni, morfemalarni o`zaro farqlashga xizmat 
qiladi. Masalan, tor, tar, ter, tir, tur, to`r so`zlarida [a], [o], [e], [i], [u], [o`] unlilari fonemalar hisoblanadi. Sor, bosh, qol, dog`, nok, goh, joy 
kabi so`zlarda [s], [r], [b], [sh], [q], [l], [d], [g`], [n], [k], [g], [h], [j], [y] undoshlari ma’no farqlovchi fonemalardir. 
O`rdak so`zidagi har bitta tovush (harf) alohida fonemadir. Ammo o`, r, d, a, k, tovush (harf)lari alohida olib qaralganda 
fonema bo`la olmaydi. Fonema bilan harf tushunchai o`zaro uzviy bog`liq, ammo ular aynan bir narsa emas. Harf yozuv birligi, fonema 
esa tilshunoslikning “Fonologiya” sathida o`rganiluvchi til birligidir. 
Muayyan til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini, ayrim shaxslar nutqini maxsus belgilar orqali aynan yozib olish transkripsiya 
deyiladi. Transkripsiya latincha “transciptio” so`zidan olingan bo`lib, “qayta yozish” degan ma’noni bildiradi. Fan olamida transkripsiya 
so`zi turli ma’nolarda qo`llaniladi. Masalan, biologiyada tirik hujayralarda matritsa – dezoksiribonuklein kislota (DNK)da ribonuklein 
kislota (PNK) biosintezining amalga oshish jarayoni tushinilsa, musiqada ayrim musiqa asarini boshqacha tarzda – biror so`zga moslab 
ifodalash (aranjirovka) yoki erkin qayta ishlash tushiniladi. 
Tilshunoslikda esa keng ma’noda atoqli – geografik, tarixiy va boshqa nomlarning ma’lum bir qoida asosida berilishi; tor 
ma’noda esa transkripsiyaga yuqorida berilgan ta’rif asosi anglashiladi. Bu atama ko`pincha keyingi ma’noda ishlatiladi.
Demak, 
transkripsiya nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalsh vositasi bo`lib, yozuvning shartli, sun’iy turidir.
Transkripsiya o`rganish nima uchun kerak? Bu savolga shunday javob berish mumkin:
birinchidan, transkripsiya og`zaki nutq jarayonida talaffuzning yozuvda aks ettirilmagan tovush xususiyatlari va yozuvdagi 
matnlarni to`g`ri va juda aniq ifodalash uchun zarur; 
ikkinchidan, qadimgi yozuvlarni to`g`ri o`qish, o`rganish, o`qilishi qiyin va murakkab bo`lgan ieroglifik va bo`g`inli yozuvlarni 
o`rganish uchun zarur; 
uchinchidan, orfografiya qoidalarida tarixiy- an’anaviy tamoyil saqlangan tillarni o`rganish ishlarini osonlashtiradi; 
to`rtinchidan, chet tillarning talaffuzini o`rganishda katta ahamiyatga ega. 
Transkripritsiya tamoyillari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, u orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy va tarixiy – 
an’anaviy prinsiplaridan farq qiladi. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko`ra so`zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. Bu holat 
qisman orfografiyaning fonetik prinsipiga o`xshaydi. Biroq orfografiyada odatda bir tovush bitta harf bilan ham, ba’zan bitta tovush ikki 
harf bilan ham yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan (bunda kirill alifbosidagi e, ё, ю, я grafemalari nazarda tutilmoqda) berilishi ham 
mumkin. Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush harf (belgi) bilan beriladi. 
Transkripsion belgilar xalqlar o`rtasida keng tarqalgan an’anaviy alifbolar asosida tuziladi. Ularga qo`shimcha belgilar ham 
qo`shiladi. Transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alifbo harflari sonidan ko`p bo`ladi. Asosiy transkripsion belgilarga qo`shiladigan 
qo`shimcha belgilar diakritik belgilar deyiladi.
Transkripsiyada yozib olinayotgan materialni mumkin qadar aniq qilib berish maqsadida shartli belgilardan ham foydalaniladi. 
Transkripsiyada ishlatilishi mumkin bo`lgan ba’zi shartli ifoda va diakritik belgilar haqida ma’lumot beramiz. 
[ ] – umumiy matndan ajratilib, transkripsiya uchun tanlangan so`zlar ko`rsatiladi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish