Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/402
Sana01.06.2022
Hajmi20,94 Mb.
#629637
TuriСборник
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   402
Bog'liq
Международный научно-образовательный электронный журнал «образов

ФИО авторов:
Davurova Go`zal Akbarovna
Jizzax davlat pedagogika institute, Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi o`qituvchisi 
Yaxshilikova Zilola
Jizzax davlat pedagogika instituti, Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi 
Название 
публикации:
«MAKTAB 
O`QUVCHILARIGA 
AXBOROT 
BOSIMINING TA’SIRI» 
Anatatsiya: 
XXI asr axborot texnologiyalari asri hisoblanadi. Bugungi kunda 
barchamizga sir emaski, kundan-kunga axborot texnologiyalari, internet oqimi turli 
xil ko’rinishlarda hayotimizga kirib kelmoqda, ayniqsa, biz yoshlar o’tib borayotgan 
vaqtimizni internetsiz, yangiliklarsiz tasavvur qila olmaymiz. Maktab o’quvchilari 
o’rtasida internet tarmog’idan foydalanish ommalashib bormoqda. Buning natijalari 
ijobiy ham, salbiy ham bo`lishi mumkin. 
Kalit so’zlar:
Internet, internetga qaramlilikning oldini olish, o’smirlarning 
internetdagi xavfsiz harakati. 
Anatation:
XXI century is the information cap. It is no secret that we are not only a 
day, day by day we enter into our lives in different forms, especially we cannot 
imagine the time we are pastin, without the Internet, without news. The use of the 
Internet is popular among schoolchildren. The results of this may be positive and 
negative. 
Keywords:
Internet, Internet dependence, adolescents are a safe movement of 
adolescents. 
Анатация:
XXI век - это информационная кепка. Не секрет, что мы не только 
день, день ото дня, мы вступаем в нашу жизнь в разных формах, особенно мы 
не можем представить время, когда мы ставлистым, без интернета, без 
новостей. Использование Интернета популярна среди школьников. 
Результаты этого могут быть положительными и отрицательными. 
Ключевые слова:
интернет, интернет-зависимость, подростки - это 
безопасное движение подростков. 


895 
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson mavjudligini “axborot” tushunchasidan 
tashqari tasavvur qila olmaymiz. Shuning uchun ham XXI asr axborot 
texnologiyalari asri hisoblanadi. Bugungi kunda barchamizga sir emaski, kundan-
kunga axborot texnologiyalari, internet oqimi turli xil ko’rinishlarda hayotimizga 
kirib kelmoqda, ayniqsa, biz yoshlar o’tib borayotgan vaqtimizni internetsiz, 
yangiliklarsiz tasavvur qila olmaymiz. Maktab o’quvchilari o’rtasida internet 
tarmog’idan foydalanish ommalashib bormoqda. Ko’pgina maktab o’quvchilari 
internet tarmog’i bilan tanishishadi, tezda o’zlashtiradilar va faol bo’lishadi. Maktab 
o’quvchilari o’qituvchilar va ota-onalarga qaraganda ancha tez foydalanuvchi 
tajribasini to’plashadi. Ularga internetdagi xavfli xatti-harakatlar to’g’risidagi
bilimlar yetishmasligi aniq. Bu vaqtda ularga internetda xavfsiz ishlashni o’rgatish 
uchun ota-onalar va o’qituvchilar bolalarning virtual olamida nimalar 
bo’layotganligini internet ularning hayotida qanchalik rol o’ynashini bilishlari 
kerak.
Hozirgi kunda maktab o’quvchilarining orasida internetdan foydalanish 
ularning 90%ini tashkil qiladi. Bolalarninmg ota-onalari, aka-uka, opa-singillari va 
bolalar o’rtasidagi munosabatlar ta’siri ostida pasayib bormoqda. Maktab 
o’quvchilari muammolarini hal qilishda internet tarmog’idagi hakkerlarga va 
ularning forum va konferensiyalariga murojaat qilishadi. Bunday holatda ular 
g’amxo’rlik, mehribonlik xatto sovg’alar bilan potensial qurbonning ishonchiga 
kirib olishadi. So’ngra ularni turli xil (ekstremistik, ijtimoiy bo’lmagan xatti-
harakatlarni targ’ib qiladigan, shuningdek, qimor ) kabi o’yinlarga taklif qiladi. 
Bugungi kunda qidiruv tizimlari yordamida deyarli har qanday ma’lumotni topish 
mumkin.Garvard psixologlari Deniel Wedner va AdrianUordning ta’kidlashicha 
“internet nafaqat ma’lumot saqlaydigan, balki bizning bilim jarayonlarimizni 
almashtiradigan muhit. Internet bizni jonli ravishda ma’lumot almashish ehtiyojidan 
halos etish bilan bir qatorda muhim ma’lumotlarni eslab qolish istagimizni 
susaytiradigan muhit”dir. Psixologlar bu jarayonni “Google effekti” deb atashadi. 
Fransuz olimi Jan Fransua Rouet “15-yoshga qadar talabalar axborot manbalarini 


896 
sodda idrok etishga moyil. Ular ko’pincha o’rgangan narsalarni tekshirishga 
unamaydilar va aytilgan narsalarga e’tibor qaratishadi” - degan fikrlarni aytib 
o’tganlar. Psixolog Galiana Soldatova “bugungi kunda yerda bir vaqtning o’zida 6 
avlod yashaydi. Ularning eng Yoshi raqamli inqilob davrida tug’ilgan 14 yoshli 
bolalarni o’z ichiga oladi”,- degan fikrlarni aniqlagan. U raqamli muhitning o’qish 
va ma’lumot olishga ta’sirini baholagan. Rossiyada 12-17 yoshdagi o’spirinlarning 
89% har kuni internetdan foydalanadi. Ish kunlari ularning 37% internetdan 3 
soatdan 8 soatgacha foydalanishadi. Dam olish kunlari esa bu ko’rsatgich 47%ni 
tashkil etadi. OECD ta’lim dasturlari direktori Adreas Shleyxer aytishicha 
“kompyuterlashtirish va maktablarda internetning joriy etilishi amalga oshirib 
bo’lmaydigan umidlarni keltirib chiqardi”.
Bolalarning deyarli uchdan bir qismi internet har qanday kamchiliklardan 
mahrum deb hisoblashadi. Har qanday oilada komputer tarmog’i bor. Farzandlar oila 
a’zolari va do’stlaridan qochib komputer monitoringini o’chirib qo’yadi yoki 
kattalar xonaga kirsa boshqa oynaga o’tib olishadi. Internetdagi jinoyatchilar bolalar 
va ularning oilalari o’rtasidagi tiqilinchni ehtiyotkorlik bilan boshqaradilar va 
ko’pincha bolaning yaqinlari bilan bo’lgan munosabatidagi kichik muammolarni 
bo’rttirib chiqaradi. Kompyuterga qaramlilik katta yoshdagi odamlarga qaraganda, 
maktab o’quvchilari va o’smirlarda kuchliroq hisoblanadi. Agarda bolalar 
kompyuter o’yinlarini o’ynash mobaynida oziq-ovqat iste’mol qilib o’yinlarni 
davom ettirsa, u bolaning ovqat hazm qilish a’zolari ham azoblanadi. Kompyuter 
tarmog’idan ko’p foydalanish, ko’p televizor qarshisida o’tirish natijasida ko’rish 
o’tkirligi, immunitetning pasayishi, metabolik kasalliklar, bosh og’rig’i, umurtqa 
pog’onasida og’ishishlar sezilarli darajada bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalarga 
internetdan foydalanishning salbiy va ijobiy tomonlari ota-onalar va o’qituvchilar 
tomonidan to’g’ri tushuntira bilishlari lozim. Ijobiy tomoni bu - bilish 
imkoniyatlarining kengligi hisoblanib kichik maktab yoshidagi bolalar rasm 
chizishni, qo’shiq aytishni, har xil tillarni o’rganishi, ta’limiy o’yinlarni o’ynashlari 
mumkin. Bolalar yoshligidan kompyuter va internet tarmog’idan foydalana boshlasa 


897 
kelajakda oliy ma’lumotli bo’lmasdan turib ham obro’li va oylik maoshi yuqori 
ishlarga joylasha olishlari mumkin. Salbiy tomonlaridan biri bu - qon tomirlarining 
kuchli zo’riqishi natijasida ko’rish o’tkirligining, diqqatni jamlashning 
davomiyligining pasayishi kuzatilmoqda. Dunyo bo’yicha bolalarning har oltita 
boladan bittasi kuniga 8 soat vaqtini internet tarmog’ida o’tkazishmoqda, bu juda 
ham achinarli holat hisoblanadi. Turli xil salbiy o’yinlarni o’ynashlari natijasida 
psixologik holatning yomonlashuvi, hayajonlanish, tajavuzkorlik, yakkalanish, 
ishonchsizlik holatlari kuzatilmoqda. Internet tarmoqlaridan foydalanayotgan 
farzandlar tarbiyasida ota-onalar quyidagilarga e’tiborli bo’lishlari zarur. 
Farzandlarining zamon bilan hamnafas bo’lib ulg’ayishida kompyuter va boshqa 
zamonaviy qurilmalardan foydalanishlariga to’sqinlik qilishmasin. Biroq to’g’ri 
foydalanishlarini doimiy nazorat qilib borishlari har doim habardor bo’lishlari 
muhim hisoblanadi. Shuningdek farzandlari bilan onlayn xavfsizlik to’g’risida 
suhbatlashishlari va har qanday qo’rqinchli vaziyatda ota-onasi bilan bog’lanib 
xavfsiz yechim topish kerakligiga ishontira olishlari lozim.

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish