Международный научно-образовательный электронный журнал


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/402
Sana01.06.2022
Hajmi20,94 Mb.
#629637
TuriСборник
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   402
Bog'liq
Международный научно-образовательный электронный журнал «образов

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.
“Internetning o’spirin hayotidagi salbiy va ijobiy tomonlari”. E. Bortsova. 
2.
“Bolalar psixoanalisti”. Sapegina 2011.
3.
Zapustibiznes.ru. 
4.
Dialogue-irk.ru. 
5.
Skinfoodrussia.ru. 


898 
ФИО авторов:
Ikromova Yulduzoy Yerkin qizi,
Jizzax Davlat Pedagogika instituti, O`qituvchi 
Habibullayev Muzaffar Lutfulla o`g`li,
3 – bosqich talabasi

Название публикации:
«HAYVONLARDA HIMOYA REFLEKSI» 
Tabiat shunday noyob va go`zal yaralganki, insoniyatni doimo hayratlantirib 
keladi. Unda o`simlik va hayvonot dunyosi inson anglab bo`lmas g`aroyibotlarni 
namoyish qiladi. Shunday xususiyatlardan biri bu hayvonlardagi himoya refleksidir. 
Bunday xususiyat deyarli barcha umurtqasiz va umurtqali hayvonlar uchun xos bo`lib, 
biz quyida faqat umurtqali hayvonlarning himoya refleksi haqida aytib o`tamiz.
Ma’lumki, baliqlar atrof muhit rangiga moslashgan bo'ladi, bu bilan esa ular 
o'zlarini himoya qiladi. 
Biroq litoral zonada yashaydigan baliqlarning rangi xilma-xil bo'lib, shu 
zonaning turli qismidagi rangiga mos holda bo'ladi, bunday baliqlarga kambala, buqa 
baliq misol bo`ladi.
Pelagik zona(ochiq suv muhitida yashovchi)dagi baliqlarning orqa qismi 
ko'kish – yashil rangda, qorni esa kumush rangida bo'ladi. Bu baliqlarning shu 
muhitdagi himoya rangidir. Suv tubidagi baliqlarning himoya rangi — ularning orqa 
qismi qoramtir, yon tomonlari har xil ranglar bilan qoramtir dog'lar bor, qorin qismi 
esa oqish bodadi. Chuqur suv baliqlarining himoya rangi ham o‘ziga xos bo`lib, 
qizg'ish yoki qora rangda bo`ladi. Bunday ranglar bu yerda yashaydigan baliqlarni 
yirtqichlardan himoya qiladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, baliqlarning rangi ular 
dengizlardan daryolarga ikra tashlashga o`tayotganda ham o'zgaradi. Masalan: losos 
baliqlarda shunday bo`ladi. Shunday bir g`aroyib yaratilganki, ular dengizga qaytganda 
yana oldingi rangiga qaytadi. 
Ko'pgina baliqlar gavda shakllari va har xil o‘siqlari bilan atrofidagi narsalarga 
o'xshaydi. Bularga suv o`tlari ichida bekinib yuradigan dengiz shayton balig`i, 
Avstraliya dengiz toychasi – lattachi baliq (
Phylloptezyx eques
) va Sargas dengizida 
yashaydigan marmar antennariya (
Ptezoph – zyna tumida
) kiradi. 


899 
Ba’zi baliq turlarining rangi bir kecha – kunduzda ham o‘zgarib qolishi 
mumkin. Masalan: kunduzi gavdasi bo'ylab to'g'ri qora chiziq o`tgan bo`lsa, kechasi 
gavdasida ko'ndalang chiziqlar paydo bo`ladi. Bundan tashqari, ayrim baliqlarda 
uchraydigan turli xil ignalar, tikanlar va o'tkir shu`lalar ham muhofaza rolini o'ynaydi. 
Bularga yersh balig`idagi o'tkir uchli suzgich qanot shu`lalari, kuzovka balig`idagi 
panserli kosasi, nina qorin balig'ining shardek shishganda gavdasidagi har tomondan 
turtib chiqadigan tikanlari misol bo'ladi. 
Nayza dumli skat dumining ustiga o'rnashgan arra tishli katta ignalari bilan 
hatto, odamni ham jarohatlashi mumkin. Arrabaliq o'zini himoya qilishda va o`ljasiga 
hujum qilishda qirrasi o'zgargan plakoid tangachalardan hosil bo'lgan yirik tishchalar 
o'rnashgan rostrumidan foydalanadi. Ba’zi baliqlarda elektr organlari ham bor bo`lib. 
bu organlar himoya va o'ljasini o'ldirish uchun xizmat qiladi. Bunday baliqlarga elektr 
skatlar, elektr ilon balig'i va elektr laqqa baliqlari misol bo'la oladi. Ayrim mayda 
baliqlar (treskalar, skumbriyalar) o'zlarini muhofaza qilish uchun boshqa hayvonlardan 
foydalanadi, ya’ni ular meduzalarning soyaboni ostiga kirib oladi. 
Amfibiyalarning himoyalanishga moslanishlari esa kam rivojlangan. Eng 
xarakterli moslanishlariga teri bezlari va himoya ranglari kiradi. Amfibiyalarning terisi 
yalang‘och bo`lishiga qaramay, ektoparazitlar ham, har xil yirtqich umurtqalilar ham 
kamdan – kam hujum qiladi. Buning sababi ularning terisida zaharli bezlari bo'lib, bu 
zaharli bezlar, ayniqsa boshining ikki yonida to‘p – to‘p bo‘lib joylashgan. Zaharli 
bezlar ayniqsa qurbaqalar, jerlyankalar, chesnoch- nitsalar va salamandralar terisida 
ko‘p miqdorda bo`ladi. Ayniqsa, quruqlikda yashovchi amfibiyalarning terisidagi 
zahar bezlari sekreti kuchli ta’sir qiladi. Shuning uchun ularga qushlar va yirtqichlar 
tegmaydi. Amfibiyalarning teri bezidan chiqqan zaharni sutemizuvchilar va qushlarga 
yuborilganda ularning nafas olishi qiyinlashib, falaj bo‘lib qoladi. Ayniqsa, tropik 
mintaqalarda yashaydigan amfibiya turlarining teri bezlari kuchli zahar suyuqligi 
ishlab chiqaradi. Masalan: Afrikada uchraydigan kaltabosh qurbaqaning teri bezi 
ishlab chiqargan zahari qo‘lni kuydirib achishtiradi. 
Braziliyada 
yashaydigan qurbaqa zahari 
itni osonlikcha o‘ldiradi. 
Chesnochnitsaning terisidan chiqargan zahar suyuqligidan sarimsoq piyozning hidi 


900 
keladi, shuning uchun ham uni chesnochnitsa deb nomlanadi. Janubiy Amerikada 
uchraydigan oladaraxt baqasining zahari ham juda kuchli. Kolumbiyalik ovchilar bu 
baqaning zaharini olib, kamon o‘qlarining uchini zaharlab ko‘p zamonlardan beri 
foydalanib keladilar. Bir tomchi zahar surilgan shunday yoy o‘qi katta maymun va 
yaguarni o`ldirishi mumkin. MDHda uchraydigan amfibiyalardan eng zaharlisi 
jerlyankalar va salamandralar hisoblanadi. Ular bezlaridan chiqargan zaharli modda 
terining shilimshiq qavatiga tushsa qattiq achishtiradi. Ko`l baqalar teri bezlarining 
suyuqligi deyarli zaharli emas. Shuning uchun ham ko‘l baqalari ko'pincha laqqa 
baliqlar, cho‘rtan baliqlar, qarqaralar, suvsarlar, norkalar, qunduzlar va boshqa 
yirtqichlarning ozig‘i hisoblanadi. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki, oxirgi yillarda ayrim olimlar, xususan V.I. 
Zaxarov qurbaqa terisi bezidan ishlab chiqarilgan sekreti tarkibida shifobaxsh 
xususiyatlari borligi aniqlangan. 1:1000 va 1:4000 miqdordagi zahar eritmasi 15 —45 
minutda probirkadagi parazit chuvalchanglarni o‘ldirishini tajriba yo‘li bilan 
o‘rgangan. Bu mahsuldor hayvonlar ichagida parazitlik qiladigan parazit 
chuvalchanglar bo'lgan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qurbaqalarning zaharli 
eritmasi har xil yara – chaqalarning tuzalishiga ham yordam beradi. Lekin suvda hamda 
quruqlikda yashovchilar zaharidan hozirgi vaqtda tibbiyotda kam foydalaniladi. 
Fan ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtda eng ta’sirchan zahar bu 
Kolumbiyada yashaydigan kichkinagina — kakoa baqasiniki hisoblanadi. Bu baqaning 
kattaligi 2 – 3 sm keladi. Bitta kakoa baqasidan olingan zahar suyuqligi 50 ta kamon 
nayzasi uchini zaharlashga yetadi. Hindular bu zaharlangan nayzalar orqali faqat yirik 
yovvoyi hayvonlarni tutishda qo'llagan. Bu qabila ovchilari kakoa – baqani hech 
qachon maxsus qo‘lqopsiz ushlamaganlar. Germaniya farmokologiya institutining 
ilmiy xodimi R. Glezmerning kuzatishicha, kakoa – baqa zaharidan jabrlangan 
odamlarning nafas olishi qiyinlashgan, muskullarining falaj bo‘lishidan ular halok 
bo'lgan. 
Dumsiz amfibiyalar turkumiga kiruvchi yumoloqtillilar oilasi vakili 
jerlyankaning orqa qismi terisida qora kulrang sochma holdagi yoki yashil dumaloq 
dog'lar, qorin tomonida esa ko‘k, qora, qora – malla rang dog’lar bo‘ladi. U, asosan 


901 
MDHning Yevropa qismida turib qolgan suvlarda uchraydi. Jerlyankalar vaqti – vaqti 
bilan suvdan quruqlikka chiqib, ba’zan dushmanidan qocha olmay qolganda 
himoyalanish uchun har xil shaklga kiradi, ya’ni boshini, tanasini va oldingi oyoqlarini 
yuqoriga ko'tarib oq rangdagi qorin va yonbosh qismlarini ko‘rsatadi. Mana shunday 
holatda u bir necha minut turishi mumkin. Agar bu holat ham dushmanini qochirmasa, 
u terisidan sovun ko'pigiga o‘xshash o‘tkir hidli suyuqlik ajratadi. Shuning uchun 
bo’lsa kerak, uni yirtqich umurtqali hayvonlar iste’mol qilmaydi. Jerlyanka zaharini 
baqa terisi ostiga yuborilganda, baqa xushsizlanib, muskullari falajlanib, ko‘z 
qorachig‘i kengayib, yurak urushi to’xtagan. 
Dumlilar turkumidan salamandralar ham teri osti bezlaridan zaharli suyuqlik 
ishlab chiqaradi. Ularning zaharidan suvdagi baliqlar nobud bo’ladi. Agar bu zahar it 
tiliga tegsa, uni o'ldiradi, ya’ni 1 kg tana vazniga 0,0009 g salamandra zahari to‘g‘ri 
kelsa, it o‘ladi. Salamandraning zahari, asosan asabga ta’sir etib, uzunchoq miyani falaj 
qiladi. Amfibiyalarning zahari insonlarga kam ta’sir qiladi. Lekin ularning zaharini 
ko‘zga tushishidan saqlanish zarur. Amfibiyalarning himoyalanishiga rangini 
o’zgartirishi ham dushmandan saqlanishda katta ahamyatga ega. 
Ayrim amfibiyalar terisining rangi atrof muhitga mos bo‘ladi. Yashil yoki 
qo‘ng‘ir rangli baqalarning rangi ular yashaydigan muhitga mos bo'lganidan yirtqich 
hayvonlarga sezilmaydi. Yashayotgan sharoitga qarab kvakshalar rangi och – yashil 
(barglar orasida) yoki qo‘ng‘ir (daraxtlar tanasida) bo'lishi mumkin. Masalan: Amerika 
kvakshalarini orqa qismida xuddi po‘stloqqa o’xshash parcha gullari bo‘ladi va u qora 
qarag‘ay daraxtida yurganda ko‘zga tashlanmaydi. MDHda uchraydigan zaharli 
amfibiyalardan – jerlyanka, oddiy salamandralar rangidan ajralib turadi. Tropik 
mamlakatlarda yashaydigan ola daraxt baqasining rangi qora rangda bo‘lib, oq, sariq, 
qizil va ko‘k rangli katta xollari bo‘ladi. Bu baqa yer yuzida tarqalgan eng zaharli 
baqalardan hisoblanadi. 
Olovli salamandraning ko‘zga yaqqol tashlanadigan rangi ogohlantiruvchi 
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
Amfibiyalarda regeneratsiya xususiyati faqat dumlilarda ko‘zga tash- lanadi. 
Masalan: xavf tug'ilganda salamandralar dumini, hatto oyoqlarini ham uzib qoldirishi 


902 
mumkin. Keyinchalik bu organlar yana tiklanadi. 
Sudralib yuruvchilarning ko'pchilik turlari esa о`zi yashaydigan muhitga 
moslasha oladi. Rangini ham shu muhitga moslashtiradi. Lekin ko'zni chalg'itadigan 
rangdagi turlari ham uchraydi. 
Gekkon va xameleonlarda moslanish tusi mukammal ko'rinadi. Ko'pgina 
kaltakesaklar bilan ilonlarning tiniq ranglari moslanish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Xavf tug`ilganda ular tiniq rangli joyini dushmanga ro‘para qiladi. Masalan: kapcha 
ilon bosh qismini baland ko‘tarib, bo'ynining ikki yon tomonidan teri burmalarini 
shishirib, dushman ko‘ziga ro'para qiladi. Boshqa ilonlar ham bo’ynini shishiradi. 
Agamalardan to'garakboshlilar og‘zini katta ochib, tomoq xaltachalarini shishiradi. 
Quloqli to'garakbosh og'iz burchaklaridagi teri burmalarini ko‘taradi. Avstraliyada 
yashaydigan plashli kaltakesak xavf tug`ilganida mantiya ko'rinishidagi teri burmasi 
juda katta bo'ladi. Toshbaqalarning qalqoni ham himoya moslamasiga kiradi, lekin 
passiv moslama hisoblanadi. 
Aktiv himoyalanish ayrim sudralib yuruvchilarning turq – atvorida ham 
ko'rinadi. Masalan: ilonlardan charx iloni tez-tez qochib qumga ko'miladi va qumga 
cho‘kib ketgandek ko‘rinmaydi, Ba’zi vakillari qo'rqituvchi tovush chiqaradi. 
Masalan: quruqlikda yashovchi toshbaqalar, ko'plab ilonlar baland ovoz chiqarib 
vishillaydi. Shaqildoq ilonlar esa dumidagi shox halqalarini shaldiratadi. 
Ssinksimon gekkon dumi bilan hushtakka o'xshash tovush chiqaradi. 
To'garakboshlilar va ayrim kaltakesaklarda himoya uyalari bo‘lib, ular bu uyalariga 
kirib yashirinadi. 
Echkemarlar xavf tug'ilganda hujum qiladi, tishlaydi va dumi bilan dushmanini 
qattiq uradi. Zahartishlilar oilasining vakillari odamni chaqsa, og`ir ahvolga soladi. 
Zahar bezlari ilonlarda mavjud. Haqiqiy zaharli ilonlarda maxsus tuzilgan tishlari 
bo`ladi. Bu ilonlarning zahari issiqqonli hayvonlarga ham kuchli ta’sir qiladi. 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish