ularga yangi texnika va texnrologiya jalb qilishni taqozo etsa, geologlarda esa, yangi konlarni topish, ularni
baxolash, topilgan konlarida doimiy razvedka ishlarini olib borishni talab qiladi.
Umuman insoniyatin xar bir qazilma boyligiga nisbatan o‘z talab darajasi mavjud. Mana shu talab
darajasiga qarab xozirgi bozor iqtisodiyoti davrida foydali qazilma konlarini qidi-rish va razvedka qilish
ishlari taqsimlanishi zarur. Konlarni qidirish va razvedka qilish jara-yonida foydali qazilmaning sifati,
mikdori (va) joylashishi va shuncha o‘xshash ko‘pgina pa-rametrlari aniqlanadi. Shu parametrlar saosida
Konlarni qidirish va razvedka qilish keng masshtabdagi gealogik s'yomka ishlaridan boshlanib,
ekspluatatatsiyaviy razvedkagacha bo‘lgan ketma-ketlikdagi bosqichlarda olib boriladi. Bu ilgarigi sovet
davrida 8 bosqichdan iborat qidirish va razvedka ishlari edi. O‘z-bekiston respublikasi o‘z mustaqilligiga
erishgandan keyin 1994 yilda bu bosqichlarni yangi 6 bosqichlik takomillashgan sistemasini joriy etdi. Yangi
qisqartirilgan bosqichlar bizga bozor iqtisodiyoti davrida kam mablag‘ sarflab, iloji boricha ko‘p iqtisodiy
samara olish imkonini beradi. Sovet itifoqi tuzimi davrida geologik qidiruv ishlariga ketadigan
mablag‘larning barchasi davlat byudjeti tomonidan qoplanar edi va barcha bosqichlar navbati bilan birin ketin
bajarilardi. Bozor iqtisodiyoti davrining boshlangich qismida xam, geologik ishlariga davlat byudjetidan
mablag‘ ajratilib turilsa xam, asta sekin bunga chek quyila boshlaydi. Misol uchun, rivojlangan chet
mamlakatlarning barchasini konchilik korxonalarining buyurtmasi asosida ish olib boradilar.
Geologiya razvedkasida boshqa ishlab chiqarish tarmoqlaridagi kabi, barcha ishlab chiqarish
jarayonlarida ob'yektiv zaruriylik mavjuddir. Boshqarishning muxim vazifalari geologiya razvedka
ishlarining samaradorligini oshirish uchun mukammalashtirilgan shart-sharoitlarni yaratishga, ularning
potensillarining tadbiq qilishga, rejali vazifalarni va ularni bajarish yullarini ishlab chiqish, xalq-xo‘jaligi
talablariga bog‘liq xolda aloxida geologik qidiruv ishlarining rivojlantirishga olib keladi. Razvedka va qidiruv
ishlarini o‘tkazishda ularning axamiyati - ularning bajarilish navbatiga va shu bilan birga aloxida geologik
raz-vedka ishlarini vaqt bilan bog‘lashdan iboratdir.
Xar doim qidiruv ishlarini olib borish axamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy iqlimlarni o‘rganish uchun
geologik-bashoratlash, qidirish va qidiruv-razvedka ishlari ketma-ket 4 davrga bo‘lib olib boriladi.
1. Davr: Mintaqaviy geologik o‘rganish;
A) 1:1000000—:500000 masshtabdagi xududiy geologo-geofizik tekshiruvlar;
B) 1:200000—:100000 masshtabdagi xududiy geofizik, geologik-suratga olish, gidrogeologik va
muxandis-geologik qidiruv ishlari.
2. Davr: 1:50000 (1:25000) masshtabdagi geologik suratga olish ishlari.
3. Davr: Qidiruv ishlari.
4. Davr: Qidiruv-baxolash ishlari.
Mintaqaviy geologik o‘rganish.
Bu ishlarning maqsadi: mamlakatimizning geologik tuzilishining asosiy belgilarini, maydon
lokalizatsiyasini, baxolash va qidiruv ishlarini olib borishni belgilash va ularga bog‘liq bo‘lgan foydali
qazilma resurslarini aniqlashdan iborat. O‘rganish ob'yektlariga aloxida foydali qazilma xavzalari, ularning
qismlari yoki samarador ma'dan xududlarini baxolash kiradi. Geologik xaritalash guruxiy metod bilan birdan
bir necha o‘xshash xududlarida va ulkan geologik tizimida o‘tkaziladi.
Xududiy geologik suratga olish va geofizik ishlar natijasida: 1:200000 masshtabdagi davlat geologik
xaritasi, geofizik xaritalarining yig‘masi, foydali qazilmalar xaritasi, istiqbollangan maydonlarning, foydali
qazilmalarning va qidiruv ishlarining keyinchalik zarurligini ko‘rsatuvchi taxrirlangan xaritalari hosil bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda talabga javob beradigan gidrogeologik va injener —geologik xarita tuziladi.
Bashoratlangan resurslarning zaxiralari ma'dan tugunlari maydonlariga bog‘liq bo‘ladi va R3 (tasniv) buyicha
tasnivlanadi. Aloxida mukammalashtirilgan uchastkalar R2 kategoriya bo‘yicha baxolanadi.
Bashoratlangan resurslarni R3 kategoriya buyicha baxolanayotganda, bashoratlangan ko‘rinishdagi
foydali qazilmaga xalq xo‘jaligining talablari xisobga olinishi kerak, shu bilan bir qatorda sotsial —iqtisodiy
va iqtisodiy geografik omillarning kapital sarpoyalarining mumkin bo‘lgan xajmlarda va mineral xom —
ashyoning yangi manba'larini o‘zlashtirish vaqtiga ta'siri xam xisobga olinishi kerak.
1:50000 (1:25000) masshtabdagi foydali qazilmalarning umumiy qidiruvlari bilan geologik suratga olish
ishlari.
Bu davrda ishlar samaradorli ma'dan tushunchalarida ularning metallagonik xususiyatlari va extimollik
darajasi yukori bo‘lgan foydali qazilma komplekslari xududida olib boriladi.
Bular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
— Turli maydonli geofizik tadqiqot usullari;
— Turli masofa usullarining yechimi va materiallarning ishlatilatilishi;
— Maxsus geologik marshrutlar, metallogostratigrafik, mineral —petrografik va geoximik tadqiqotlari,
ximikli va geoximik namunalarini tanlashi bilan;
— Geomorfologik suratga olish, iqlim, qirqimlarning tasviri va lanshaftni xaritalash;
— Xaritalangan quduqlarni burg‘ulash;
— Umumiy izlanishning maqsadi: kon maydonlari va katta qazilmalarning oddiy geologik tuzilishini
topish va istiqbolli ma'danli maydonlarni qamrab olish va chegaralash. Qidiruv ishlari ayni paytda berilgan
foydali qazilma konlarini xajmi ko‘pligiga qaratilgan.
Umumiy qidiruvlar vazifasiga
— Xamma aniqlangan anomaliyalar va anamal zonalar, foydali minerallar aniqanganligi va kon aniqligi,
ularning geologik tabiatini aniqlashi, mineral —geologik xususiyatlari, strukturali elementlar va maxalliy
jinslar bilan bog‘langanligini va yumshoqlangan jinslarning tekshiruvchi;
— Aniklangan masshtabdagi samaradorli maydonining va konning R2 kategoriya bo‘yicha
bashoratlangan resurslari xisobi bilan baxolanishi;
Geologik suratga olish natijasida: 1:50000 masshtabdagi geologik xarita, bashoratlangan foydali
qazilmalarning komplekslarining maxsuslashgan geoximik va boshqa maxsuslashgan xaritalari, shu bilan bir
qatorda geologik suratga olish natijasida olingan, bashoratlangan xaritasi va yangi ma'lumotlar xisobi bilan
samaradorlik ma'dan tugunlarining resurslari baxosi aniqlanadigan xaritalar tuziladi.
Agar foydali qazilmalar qazib olish uchun yetarli (darajada) chuqurlikda joylashgan bo‘lsa, u xolda
samaradorli ruda tugunlari chegaralarida chuqurlikni geologik xaritalash ishlari olib boriladi.
Chuqurlikni geologik xaritalash natijasida: fundament yuqorisining xaritasi, ularning chuqurlik xaritasi
ular bashoratlangan xarita bilan R3 kategoriya buyicha bashoratlangan samaradorli ma'dan tugunlari baxosi