yerning yuzasini shakillari ularning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tarqalishini giomorfolo-giya fani
o‘rganadi bu fan geologiya bilan geografiyani bir biriga bog‘laydi .Yer shari shaklini giografiyani
Umumiy geologiya kursida yerning moddiy tarkibi va tuzilishi haqidagi yuqorida ko‘rsatilgan
o‘zgartiruvchi va tog‘ jinslarini xosil qiluvchi (litogenez) protsesslar bilan shug‘ullanadi.
Nazariy geologiya geologik razvedka ishlari, yer po‘stini geofizik metod yordamida tekshirish,
neft qidirish geologiyasi, injenerlik geologiyasi (geologiyaning qurilishda qullanishi), xarbiy
geologiya va boshqa amaliy geologiya fanlari bilan bog‘liqdir.
Dinamik geologiya ko‘proq giografiya bilan, giologiya- minoralogiya fanlari sikli esa ozmi-
ko‘pmi tabiy fanlarning xamma tarmoqlari, ayniqsa ximiya, fizika, biologiya fanlari bilan bog‘liqdir.
Minerallar tartibsiz va tasodifiy xolda uchraydi, foydali qazilmalar yerning uzoq murakkab
geologik tarixi davrida xosil bo‘lgandir.
Kishilar ongida qadim zamonlardan beri ayrim geologik tushinchalar bo‘lishiga qaramay,
geologiya fani o‘ziga mustaqil fan sifatida yaqindagina (bundan 200 yil ilgari) vujudga keldi.
Geologiya fani ishlab chiqarish protsessi bilan bog‘liqdir.
Xozirgi geologiya –qidiruv ishlari xar bir rayonning geologik tuzilishini va unda uchraydigan
foydali qazilmalarni sinchiklab o‘rganish asosida o‘tkaziladi. Keyin bu yerda mavjud bo‘lgan
foydali qazilmalarni qazib olish yullari aniqlanadi.
Geologiya fani va geologiya razvedka ishlarining tarixi ruda haqida olingan batafsil ma'lumotlar,
tog‘ jnislari va minerallar, yerning tarkibi va tuzilishi haqidagi konkret ilmiy tushunchalar,
odamlarning asirlar davomida yer bag‘ridan foydalanishidan to‘plangan tajribalar natijasida vujudga
kelgan.
Geologiya xalq xo‘jaligi talablarini qondirish bilan birga tabiat xodisalari haqida qonuniyatlarini
amalda tekshirib boradi.
Geologik bilimlarini vujudga kelishida va rivojlanishida moddiy baza bo‘l-gan ishlab chiqarish
asosiy rol uynaydi. Xech qanday fan o‘ziga xos ichki qonuniyatlarsiz rivojlana olmaydi.
Qazilma boyliklarini qazib chiqarish haqidagi birinchi geologik va giografik tushinchalar qadim
zamonlardan beri mavjud. Arxeologiya fani, odamlar eng oldin tosh qurollar ishlatilganligini
qadimgi topilmalarga asosan o‘sha davrlar (neolit)da yasalgan buyumlardan isbot qildi. Odamlar
keyinroq mis, qo‘rg‘oshin kalay, ku-mish, oltin, undan keyin esa temir rudasi bilan tanishdilar, asta-
sekin mineral va tog‘ jinslari yantar, lazurit, feruza va boshqalardan ziynat buyumlar yasay
boshladilar.
Yer haqidagi yozma ma'lumotlar faqat vaviloniya davridagina boshlangan.
Dunyoning paydo bo‘lishi tug‘risidagi daslabki rivoyatlar Mesopotamiya va Xaldeya
shaxarlarida topilgan gildan yasalgan doskaga yozib ketilgan.
Vavilon kosmogoniyasi asosida quydagi diniy afsona yotadi: Quyosh xudosi Marduk xamma
narsani tartibga tushirib, qora kuchlarning manbai bo‘lgan Tiamat maxluqni yuk qiladi va uning
tanasida butun dunyoni yaratadi. Keyinchalik xudo osmondagi yulduzlar va ularning yurish
yullarini, so‘ngra odamni yaratadi, ularning vazifasi «xudolar haqida g‘amxo‘rlik qilish».
Mashxur giograf Strabon quriklikdagi dengiz chig‘anoqlarining topilish sabablarini tushuntirib,
yerning dengiz tagidagi qismi xarakat qilishi uning ko‘tarilishi va cho‘kishi, natijada orollar, xatto
materiklar xosil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tgan. U Sitsiliya bir zamonlar Italiya bilan bir bo‘lgan, yer
qimirlashi natijasida ular bir-biridan ajralgan, deydi. Strabon bu yerdagi vulkan xarakatlari yer
po‘stining tik xarakat qilishining natijasi deb tushintiriladi.
O‘rta asrda geologiya bilimi O‘rta Osiyoning X asr dongdor olimlari Beruniy va Ibn Sino
asrlarida yuqori darajaga ko‘tarildi.
Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yillar) o‘zining arab tilidagi yozgan bir qator asarlarida Yer,
mineral rudalar, geologik jarayonlar tug‘risida juda ajoyib fikrlar aytib o‘tadi. U yerning
dumaloqligiga ishonishi bilan birga, uning kattaligini xam birinchilar qatorida o‘lchaydi. Uning
astronomik traktatidagi sxematik kartasi Beruniyning eski dunyoni yaxshi bilganligidan xabar
beradi, u bu soxada g‘arb giograflaridan oldinda turgan.
Ibn Sino toshlarning, tog‘ va vodiylarni paydo bo‘lishi sharoitini tekshirgan.
Ibn Sino tog‘ jinslari va minerallarning paydo bo‘lishi yullari haqida gipotezani rivojlantiradi.
Ibn Sinoning toshlarning paydo bo‘lishida zilzila va tog‘ qulashlari, yerning o‘pirilishi katta rol
uynashini, xayvon va o‘simliklarning toshga aylanishini ko‘rsatuvchi ajoyib fikirlari bor.
Tabiatshunoslik soxasida juda ko‘p yangiliklar yaratgan M.V.Lomonosov (1711-1765 y.y)
geologiya va mineralogiya soxasida xam katta ishlar qilgan. Lomonosov o‘sha vaqtgacha geologiya
va mineralogiya soxasida yig‘ilgan materiallarni to‘plab nazariy jixatdan asosladi va uni shunday
ilmiy darajaga ko‘tardiki, Garbiy Yevropa tabiatshunoslari bu darajaga 100 yildan keyin yetdi.
M.V.Lomonosov yer o‘z tarixiga ega, uning bu tarixi xamma vaqt uzgarib, rivojlanib turadi,
tog‘lar paydo bo‘ladi, ular yemiriladi, yangi jinslar xosil bo‘ladi, deydi. M.V.Lomonosov geologiya
soxasida qilgan ishlari uning geologiya fani asoschisi ekanligini tasdiqlaydi.
XIX asrning oxirlarida geologiya-mineralogiya fani tarkibidan tuproqshu-noslik fani ajralib
chiqdi. Bu fanning vujudga kelishida atoqli rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1905 y. y)ning xizmati
kattadir.
Bu vaqtda geologiyaning eng muxim tarmoqlaridan yer qobig‘ining tuzili-shi haqidagi aloxida
fanlar tektonika va geomorfologiya ajralib chiqadi.
Sovet davrida geoximiya juda tez rivojlandi. V.I. Vernadskiy va A.YE. Fers-man tomonidan
asoslangan bu fan keyinchalik A.P.Vinogradov, D.I.Sherbakov, A.A. Saukov va boshqalarning
bevosita raxbarligida usdi va rivojlandi. O‘rta Osiyoda metallogeniya va petrografiya fanlarini
rivojlantirishda X.M.Abdullayev, I.M.Isamuxamedov, I.X.Xamraboyev, X.N.Boymuxamedovlar
g‘oyat katta ish olib bordilar.
Geolog olimlarimiz mamlakatimizdagi mineral resurslarning bitmas-tuganmas zaxiralarini
ochdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: