1-rasm. Yerning ichki tuzilishi sxemasi.
Litosferaning qalinligi taxminan okean suvlari ostida 3-18km ga va togliklarda 50–84km ga
teng. Uning eng qalin qismi Tyan-shan tog‘larida deb xisoblanadi.
Yerning qattik qismi geofizika, seysmologiya va graviyametriya usullari bilan 15–20 km
chuqurlikkacha o‘rganilgan. Burg‘ quduqlari yordamida esa faqat 15km dan oshiqroq qismdagi
qatlamlar tekshirilgan.
Litosfera qobig‘i turli jins va minerallardan tashkil topib, fizik xossasi va tarkibi bilan farq
qiluvchi ayrim ximiyaviy birikmalardan yoki sof ximiyaviy elementlardan iborat. Litosferaning 16
km qalinligigacha bo‘lgan qismi quyidagi elementlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi (1-jadval).
Elementlar
Foiz xisobida
A.P. Vinogradov ma'lumotlariga ko‘ra
Kislorod
46,8
Kremniy
27,3
Alyuminiy
8,7
Temir
5,1
Kaltsiy
3,6
Magniy
2,1
Natriy
2,6
Kaliy
2,6
Titan
0,6
Vodorod
0,15
Fosfor
0,08
Uglerod
0,1
1-jadval
Qolgan ximiyaviy elementlar birgalikda yer qobig‘ining 0,5 %inigina tashkil etadi.
Litosfera tarkibidagi turli tog‘ jinslarini tashkil etuvchi kislorod, kremniy, alyuminiy, temir va
kaltsiy ko‘p tarqalgan elementlar xisoblanadi.
Atmosfera, gidrosfera va litosfera qobiqlari o‘zaro uzviy bog‘lik bo‘lganligi uchun yer
yuzasining tarkibi va tuzilishida o‘zgarishlar yuz berib turadi.
Litosferaning yuqori qismi asosan cho‘kindi, magmatik va metamorfik tog‘ jinslaridan tashkil
topgan bo‘lib, ximiyaviy va fizikaviy xossalariga qarab ularni granit–metamorfik va bazali
qatlamlarga bo‘lish mumkin.
Granit qatlamning o‘rtacha qalinligi 50–70 km bo‘lib, yer qobig‘ida bir xil joylashmagan.
Baland tog‘li rayonlarda granit qatlami 60–80km, past tog‘li rayonlarda esa 50–60 km. Okean
suvlari ostida granit qatlami deyarli uchramaydi yoki uning qalinligi 3–18 km dan oshmaydi.
Granit qatlami tarkibi bir xil jinsli bo‘lib, zichligi 2,6–2,7 gG`sm3 gacha o‘zgaradi. Chuqurlik
oshgan sari xarorat, bosim va zichlik tez ortadi, 2,3–3,3 km chuqurlikda tog‘ jinslarining xarorati
1000S ga yetadi.
Bazalt qatlamining qalinligi tekisliklarda 20–30 km, yosh tog‘li rayonlarda 15–20 km, okean
suvlari tubuda 5–6 km ni tashkil etadi. Uning zichligi 2,8–2,9 gG`sm3 bo‘lib, kremniy oksidi kam
bo‘lgan (bazalt, gabbro va x.k.) jinslardan tarkib topgan.
Granit va bazalt qatlamlari tarkibida kremniy va alyuminiy elementlari ko‘p tarqalganligi
sababli, birgalikda sial qatlami deb xam ataladi.
Bazalt qatlamining ostki qismida Moxorovich bo‘luvchi chizig‘i (chegarasi) yotadi (ushbu
chegara uni birinchi bo‘lib aniqlagan yugoslaviyalik geofizik S. Maxorovich nomi bilan ataladi).
Uning ostida Yerning mantiya deb ataluvchi qismi bo‘lib, u quyidagi qobiqlarga bo‘linadi:
1. Barisfera qatlamining qalinligi 900km bo‘lib, u kislorod va kremniy elementlaridan tashqari
magniyga boy jinslardan tashkil topgan. Zichligi yuqori qismida 3,2-3,4 gG`sm3, pastki qismida 4–
4,6 gG`sm3 ni tashkil etadi. 2. Oraliq qobik 900–2900 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, yer
yadrosining yuqori qismi bilan chegaralanadi. Uning tarkibida kislorod, temir, magniy, nikel
elementlari bor deb taxmin qilinadi. Zichligi 5,3–6,6 gG`sm3.
3. Yer yadrosi (mag‘zi) 2900km chuqurlikdan boshlanib, uning markaziga-cha (6371,221 km)
boradi. U eng og‘ir moddalar–nikel va temirdan iborat. Zichligi 7–11 gG`sm3. Yerning yadro
qismida bosim 3–4 mln. atmosfera, xarorat esa 2000–50000S.
Ba'zi olimlar yerning yadro qismi 5100 km chuqurlikda (2200 km qalinlikda) suyuq massadan
iborat deb qarashsa, ba'zilari yer markazigacha qattik jismdan iborat deb xisoblaydilar. Seysmologik
tekshirishlar aniqlashicha yerning granit va bazalt qatlamlari qattiq jinslardan, mantiya va yadro
qobiqlari esa o‘zining fizik xossalariga binoan suyuq, xamirsimon, parafin ko‘rinishidagi moddadan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: