Platforma-Yer po‘stining sust xarakatchan qismi bo‘lib, qit'adagi asosiy qurilmalardan biri. Bir necha
mln km2 maydonni ishg‘ol etadi. Burmali o‘lkalar o‘rnida paydo bo‘ladi. Platformaning tuzilishida, odatda
ikki struktura qavati qatnashadi. Pastki qavat kuchli burmalanishga uchragan metamorfik va vulkan
jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning ichida ko‘plab intruziyalar mavjud. Yuqori qavat (cho‘kindi
qoplama burmalanishga va metamorfizmga uchramagan, oralarida intruziyalar bilan kesilmagan sayoz dengiz,
laguna va kontinental yotqiziqlardan, goxida vulkon jinslaridan iborat) 3-7 qalinlikda bo‘ladi. Cho‘kindi
qoplam jinslari deyarli gorizontal xolatda yotadi. Ular turli tartibdagi kichik intensiv strukturalar bilan
murakkablashadi. Platformalarda nisbatan intensiv burmalanish quyidagi joylarda kuzatiladi: 1) tarkibida tuz
yotqiziqlari bo‘lgan cho‘kmalarda, 2) qo‘shni burmalari o‘lkalarga tutash chet qismlarida, 3) avlokogenlarda,
4) platforma asosidagi katta amplitudali yoriqlarga yondoshgan qismlarda.
Asosidagi tog‘ jinslarining yoshiga qarab qadimgi va yosh platformalarga bo‘linadi. Qadimgi
platformaning asosi arxey va proterazoy eralarida hosil bo‘lgan tog‘ jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, yuqori
qoplam keyingi eralarga mansub jinslardan tuzilgan. Bunday platformalarga Sharq, Yevropa, Sibir, Shimoliy
Amerika, Xitoy-Koreya, Xindiston, Afrika, Avstraliya, Janubiy Amerika va Antarktida platformalari kiradi.
Yosh platformalarning asosi paleozoy jinslaridan tashkil topgan. Ustki qoplam jinslari yuqori paleozoy,
mezozoy va kaynazoy jinslaridan tashkil topgan. Yosh platformalarga G‘arbiy Sibir, Turon va Skif plitasi,
G‘arbiy Yevropa va boshqalar kiradi. Ba'zan cho‘kindi qoplam bilan asosi orasidagi oraliq jinslar guruxi
yotadi. Platformalarda magmatik jarayonlar kuzatiladi, ammo u burmali o‘lkalardagi kabi kuchli kechmaydi.
Magmatizm maxsulotlari nisbatan bir xil tarkibda bo‘lib, bazalt magmasining maxsulidir. Platformalarda
seysmik aktivlik juda sust, faqat yirik yer yoriqlari va kushni burmali ulkalarga tutash joylarda ancha
kuchlidir. Issiqlik oqim darajasi burmali o‘lkalardagiga nisbatan 2-4 marta kichik. U yosh platformalarda
qadimgi platformalardagiga nisbatan yuqoridir. Qalqon va burmali o‘lkalarga tutashgan perikraton cho‘kma
va plita platformaning eng yirik tektonik qurilmalari bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida zikr qilingan barcha
xususiyatlar kontinental platformalarga xosdir. Ular zamindagi yer po‘stining qalinligi 30-60 km ni tashkil
qiladi.
Kontinental platformalardan tashqari okean platformalari xam mavjud, ular joy tuzilishiga nisbatan
tekis bo‘lgan okean tubida joylashgan. Okean platformalari ostidagi yer po‘stining qalinligi 5-7km dan
oshmaydi, uning tarkibida granit qatlam yuk, cho‘kindi qoplam yotqiziqlarining qalinligi juda yupqa (0,2 -
1,0km gacha), ancha mo‘rt, yoshi yura davridan nariga o‘tmaydi, tekis yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |