1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Mehnat  faoliyati-bu  vaqt  va  makonda  qat’iy  qayd  etilgan,  ishlab  chiqarish 
tashkilotiga  birlashgan  odamlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar  va 
funktsiyalarning maqsadga muvofiq faoliyatida quyidagi maqsadlar qo’yiladi:  
-moddiy ne’matlar, hayotni ta’minlash vositalarini yaratish;  
-turli maqsadli ahamiyatga ega bo’lgan xizmatlar ko’rsatish;  
-axborot va uning manbalarini to’plash, uzatish va h.k.  
Mehnat  muomalasi-bu  ishlab  chiqarish  tashkilotidagi  inson  omilining  ro’yobga 
chiqish  yo’nalishi  va  jadalligini  ko’rsatuvchi  yakka  tartibdagi  va  guruhiy  xatti-
harakatlardir. Mehnat muomalasi tuzilishini quyidagi tarzda tasavvur qilish mumkin:  
-tsiklli  ravishda  takrorlanib  turadigan,  natijalari  bo’yicha  bir  xil,  standart  maqom-
rolli vaziyatlarni yoki holatni takror hosil qiluvchi harakatlar; 
-marjinal  (lotincha  marginalis-chetda  turuvchi)  xatti-harakatlar;  ular  bir  holatdan 
ikkinchi holatga o’tish fazalarida shakllanadi;  
-muomala sxemalari va andozalari, tez-tez uchrab turadigan muomala namunalari;  
-barqaror  e’tiqodlar  rejasiga  o’tkazilgan  ixcham  ma’naviy  sxemalarga  asoslangan 
xatti-harakatlar;  
-biror voqyea-hodisa ta’sirida amalga oshiriladigan harakatlar;  
-kuchli hissiy holat bilan bog’liq xatti-harakatlar;  
-ommaviy va guruhiy muomala andozalarini anglab va anglamasdan takrorlash;  
-majbur  qilish  va  ishontirishning  turli  shakllarini  qo’llovchi  sub’yektlar  ta’siridagi 
xatti-harakatlar.  
Mehnat muomalasini quyidagi  asoslar bo’yicha tabaqalashtirish mumkin:  
-predmetli-maqsadli yo’nalish bo’yicha;  
-muayyan maqsadga erishishning makon-zamon istiqboli chuqurligi bo’yicha;   
-mehnat  muomalasi  konteksti  bo’yicha;  ya’ni  ishlab  chiqarish  muhitining  nisbatan 
barqaror omillari, sub’yektlari va aloqa tizimlari majmui bo’yicha;  
-mehnat  muomalasi  va  uning  ijtimoiy-madaniy  namunalarining  predmetli  maqsadli 
yo’nalishiga qarab aniq natijalarga erishish usullari va vositalari bo’yicha;  
-mehnat  muomalasining  tahlikasi  strategiyasini  ixchamlash,  asoslash  chuqurligi  va 
tipi bo’yicha;  
-Mehnat muomalasi turli omillar:  
-xodimlarning ijtimoiy va kasbiy tavsiflari;  
-keng  ma’nodagi  ish  sharoitlari,  shu  jumladan,  ishlab  chiqarish  va  turmushdagi 
mehnat sharoitlari, mehnat haq to’la shva hokazolar;  
-normalar va qadriyatlar;  
-mehnat sabablari tizimi ta’sirida shakllanadi.  
Mehnat  muomalasi  kishilarning  shaxsiy  va  guruhiy  qiziqishlari  bilan  yo’lga 
solinadi, hamda, ularning ehtiyojlarini  qondirishga xizmat qiladi.  
Muomala turlarining xususiyatlari va tavsifi. 


 
116 
Muomala  tadqiqotchi  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadidan  kelib  chiqib,  tahlil  va  bayon 
qilish jarayonidir.  
Funktsional  muomala.  Bu  kasb  faoliyatini  amalga  oishirishning  muayyan  shakli 
bo’lib,  ish  o’rni  texnologiyasi  bilan  belgilanadi.  Funktsional  muomala  murakkablik  va 
ixtisoslashuv darajasidan qat’i nazar, har bir mehnat jarayoniga xosdir. Iqtisodiy muomala. 
Har  qanday  muomala  natijaga,  sarflangan  inson  resurslarining  miqdori  va  sifatiga 
asoslanadi.  SHaxs  ishlab  chiqarish  jarayonida  o’zining  kasbiy  qobiliyatlarini  qo’llab, 
xarajatlar va ularning o’rnini to’ldirishning optimal balansiga amal qiladi. Aks holda, agar 
kompensatsiya (tovar, pul natura shaklida ijtimoiy, iqtisodiy) bo’lmasa, faoliyatga qiziqish 
so’na boshlaydi. Iqtisodiy muomalaning quyidagi turlarini ifodalash mumkin:  
-«eng ko’p mehnat sarflab eng ko’p daromad olish»;  
-«eng kam mehnat sarflash evaziga kafolatlangan daromad olish».  
-«eng kam mehnat sarflash evaziga eng kam daromad olish».  
Iqtisodiy muomala bir qancha omillar:  
-texnikaviy omil (yangi texnika va texnologiyadan foydalanish);  
-tashkiliy omil (ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash);  
-ijtimoiy –iqtisodiy omil (mehnat sharoiti, mazmuni, uni normalash va haq to’lash);  
-ijtimoiy-psixologik omil (jamoadagi axloqIy-psixologik iqlim, mehnatdan qoniqish 
hosil qilish);  
-shaxsiy omil (xodimning ta’limiy va madaniy darajasi);  
-ijtimoiy-siyosiy  omil  (yollanma  ishchilarning  birdamligi,  kasaba  uyushmalari  va 
hokazo) ta’sir ko’rsatadi.  
Xodimning iqtisodiy muomalasiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil uning mulkchilik 
shakliga munosabatidir.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish