1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Ijtimoiy-mehnat  safarbarligi-bu  odamlarning  bir  ijtimoiy-professional  guruhdan 
boshqa  guruhga  yoki  bandlik  doirasiga,  mehnat  faoliyatining  boshqa  turlariga  boshqa  ish 
joylariga  o’tib  ketishdir.  Ijtimoiy-mehnat  safarbarligi  turlicha  bo’ladi.  Uning  bir  necha 
turlari haqida to’xtalib o’tamiz:   
1.Avlodlar  ichida  va  ular  orasidagi  o’zaro  mehnat  safarbarligi  «Bunday  avlodlararo 
joylashish juda katta, hatto guruhlar, ya’ni ishchilar, ziyolilar, dehqonlar, tadbirkor guruhi 
orasida  kuzatiladi.  2.Menejment,  kadrlar  xizmati  xodimlarri,  ish  bilan  ta’minlovchilar 
singari  kasblarning  egalari  faoliyatida  ham  dinastiyalarining,  kasb  tanlashda  oilaviy 
vorislikning  mavjudligi  ham  eng  qiziqarli  va  muhim  muammolardan  sanaladi.  Chunki, 
buning ham o’ziga xos qiziqarli tomonlari bor, bunda professional-mehnat kvalifikatsiyasi 
va madaniyati, eng avvalo, ota-onalardan farzandlarga o’tishi, qabul qilinishi ehtimoli bor. 
O’z  mehnat  sohasini  tanlashda  onglilik,  o’zaro  qarindoshlik  munosabatlari,  birdamlik, 
o’zaro ijtimoiy muhitning katta ijobiy ta’siri bo’ladi.  
3.Gorizontal  va  vertikal  mehnat safarbarligi. Gorizontal  va  vertikal ko’chirish  yoki 
ish  joyini  o’zgartirish  eng  sodda  mezon  yohud  o’lcham  bilan  o’lchanadi,  ya’ni  statusni 
o’zgartirmaslik yoki o’zgartirish o’lchami bilan. Asosiy muammo esa quyidagicha bo’lishi 
mumkin:  ochiqcha  gorizontal  holatlarda  (kadrlar  ko’nimsizligi,  kadrlar  ish  joyining 
o’zgarib turishi, xodimlar almashinuvi), ochiqchasiga vertikal o’zgarishlarda (kadrlarning 
o’sishi, boshqarishda ish joylarining o’zgartirilishi).  
4.Tashqi  va  ichki  mehnat  safarbarligi.  Har  bir  tashkilot,  mehnat  jamoasi  ichki  va 
tashqi  mehnat  safarbarligi  ko’rinishlariga  ega,  ya’ni  ma’lum  bir  guruh  ichida  bu 
safarbarlik, o’zgarish ro’y beradi.  
5.Yakka va guruhiy safarbarlik. Bunday safarbarliklar ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-
psixologik  holatlardan,  ya’ni  ijtimoiy-iqtisodiy  holatlardan  kelib  chiqadi  yoki  guruhlar 


 
110 
xulq-atvori  xatti-harakatlarga,  modda,  shartnoma,  taqlid  qilish,  shov-shuvlarga  bog’liq 
bo’ladi.  
6.Bir  martalik yoki nermanent safarbarlik. Xodim ba’zan  mehnatda ko’zda tutilgan 
maqsadga  bir  marta  ish  joyini  o’zgartirish  bilan  ham  erishish  mumkin,  ba’zan  esa  o’zini 
qoniqtiradigan mehnatni izlab, ish joyini bir necha marotaba o’zgartirishga to’g’ri keladi.  
7.Majbur  qilingan  yoki  ko’ngilli  safarbarlik.  Majbur  qilingan  safarbarlik  deb 
boshqaruv  qarori,  xulosasiga  ko’ra,  xodimning  roziligisiz  bajarilgan  safarbarlikni 
tushunish,  boshqa  holatlarda  esa  bu  safarbarliklar  ko’pincha  ko’ngilli  holatda  amalga 
oshirilishi mumkin.  
Ijtimoiy–mehnatsafarbarligi,  ijobiy  yoki  salbiy  baholanishi  mumkin.  Bunda  eng 
asosiy  mezonlar  (o’lchamlar)  bo’lib  quyidagilar  sanaladi:  -ratsional  ish  joyi;  -  shaxsiy 
mehnat ko’rsatkichlari va ishibilarmonlik sifatlarining o’zgarishi;  
-mehnat sharoitlarining yaxshilanayotganligi; -insonning, eng avvalo, ishchi, xodim 
sifatida  ongi  o’sayotganligi  ijtimoiy-iqtisodiy  axvolining  o’zgarayotganligi;-tashkilotdagi 
ijtimoiy muhitning ta’siri, jamoaga, ishga moslashishning optimal (qulay) muddati;  
Ijtimoiy-mehnat  safarbarliklariga  baho  beruvchi  va  qo’yuvchi  turli  (instantsiya) 
tashkilotlar  bo’lishi  mumkin.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  baho  berishning  turli  xil 
ko’rinishlarini,  ya’ni  o’z-o’ziga  baho  berish  o’zaro  (bir-biriga)  va  ekspertlar  baholarini 
aytish mumkin (ekspert bahosi deganda ma’muriyat tomonidan berilgan baho tushuniladi).  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish