to’lgunga qadar parvarishlash uchun, ana shu davrda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda nafaqa to’langan holda, ta’til beriladi. Mazkur ta’tildan bolaning otasi, buvisi,
buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to’liq yoki uni
qismlarga bo’lib foydalanishlari mumkin. Bolani parvarishlash ta’tili vaqti ish stajiga, shu
jumladan, mutaxassisligi bo’yicha ish stajiga ham qo’shiladi. Bolani parvarishlash ta’tili
davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi, korxonaning batamom tugatilishi hollari
bundan mustasno. Yana shuni nazarda tutish kerakki, bola ikki yoshga to’lagach ayolning
xohishiga ko’ra, ish beruvchi unga bola uch yoshga to’lgunga qadar ish haqi saqlanmagan
holda, ta’til berishi shart.
Bolani
parvarishlash
nafaqasi
bolaning
onasiga
yoki
bolani
amalda
parvarishlayotgan boshqa qarindoshiga tayinlanadi. Nafaqa bola ikki yoshga to’lgunga
qadar har oyda respublikada belgilanga eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida,
parvarishlanayotgan bolalar soni va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar
to’lanadi. Bu nafaqani olish huquqidan ishlaydigan onalar ham, ishlamaydigan onalar ham
foydalanadilar. Ishlaydigan onalarga nafaqalar homiladorlik va tug’ish ta’tili tugagandan
keyin ish joyidan to’lanadi. Ishlamaydigan onalarga nafaqa bola tug’ilgandan keyingi
oydan e’tiboran ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to’lanadi. Birinchi holda ham,
ikkinchi holda ham nafaqa bola ikki yoshga to’lgan oyga qadar to’lanadi. Mehnat Kodeksi
234-moddasining
to’rtinchi qismiga muvofiq, ayolning yoki bolani amalda
parvarishlayotgan boshqa qarindoshining xohishiga ko’ra, ular to’liq bo’lmagan ish vaqti
rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumki. Bolani parvarishlash
nafaqasi tayinlanishi uchun quyidagilarni taqdim etish zarur:
-shu nafaqa tayinlanishi so’ralgan ariza;
-bola tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning ko’chirma nusxasi.
Ishlamaydigan onalar nafaqa tayinlanishini so’rab murojaat etganda, ijtimoiy
ta’minot organlariga mehnat daftarchasini yoki ishlamayotganliklari haqida turar
joylaridan mahalliy qo’mitasining ma’lumotnomasii ham taqdim etadilar. Agar nafaqa
tayinlanishini so’rab bolaning onasi emas, balki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa
qarindoshi murojaat etsa, yuqorida aytilganlarga qo’shimcha ravishda hujjatlar talab
qilinadi.
94
Bolani parvarishlash uchun beriladigan nafaqani to’lash quyidagi hollarda
to’xtatiladi:
-parvarishlanayotgan bola ikki yoshga to’lganda;
-bola to’liq davlat ta’minoti uchu ixtisoslashtirilgan muassasa (chaqaloqlar uyi) ga
joylashtirilganda;
-bolani parvarishlash uchun beriladigan nafaqani olayotgan shaxs ota-onalik
mahrum etilganda;
-bola vafot etganda;
-oila bola bilan doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasidan tashqariga
chiqib ketganda.
Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qib, o’quv rejasini
bajarayotgan xodimlar ish joyidan o’quv ta’tillari olish huquqiga egadirlar. O’z
maqsadiga ko’ra, o’quv ta’tili kirish, kursdan-kursga o’tish yoki bitirish imtihonlarini
topshirish, laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish uchun, diplom loyihasini
tayyorlash va himoya qilish davrida brilishi mumkin.
Umumta’lim maktablarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotgan
xodimlar quyidagi o’quv ta’tillarini olish huquqiga egadirlar:
-bitiruv imtihonlarini topshirish uchun berialdigan ta’til;
-sinfdan-sinfga o’tish imtihonlarini topshirish uchun beriladigan ta’til.
Umumta’lim maktablarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, o’qiyotga
xodimlarga o’n birinchi sinfda bitiruv imtihonlari topshirish davrida 20 kishi kunidan kam
bo’lmagan, to’qqizinchi sinfda esa 8 ish kunidan kam bo’lmagan ta’til beriladi. Bunday
ta’tillar vaqtida xodimlarning ish joyi va o’rtacha ish haqi saqlanadi.
O’rta-maxsus o’quv yurtlarining oxirgi kurslarida o’quvning ham kechki, ham
kunduzgi shakllarida o’qiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to’plash uchun
30 kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda, ta’til beriladi.
Oliy o’quv yurtlarining oxirgi kurslarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
ta’lim olayotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to’plash uchun ish haqi
saqlanmagan holda 30 kalendar kun muddat bilan ta’til beriladi. Bu ta’til davrida
talablarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.
Mehnat Kodeksining 285-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish yoki pedagogik
faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslarga nomzodlik yoki
doktorlik dissertatsiyalarini yakunlash, shuningdek, darsliklar va o’quv-uslubiy
qo’llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o’rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan
holda, ijodiy ta’tillar beriladi.
Quyidagi muddat bilan ijodiy ta’til beriladi:
-nomzodlik
dissertatsiyasini va mualliflar darsliklar va o’quv–uslubiy
qo’llanmalarini yakunlashlari uchun uch oygacha;
-doktorlik dissertatsiyasini yakunlash olti oygacha.
Ilmiy daraja da’vogarlariga ijodiy ta’tilni rasmiylashtirish uchun kafedra Ilmiy
kengashga asoslantirilgan iltimosnoma yo’llaydi. Ilmiy kengashning tavsiyasida
dissertatsiyani yakunlash uchun zarur bo’lgan ta’tilni berish vaqti va muddatlari
ko’rsatiladi. Ijodiy ta’til olgan shaxslar ta’til tugaganidan keyin qilingan ish to’g’risida
hisobot taqdim etadilar. Ish mualliflar jamoalari tomonidan yozilganda ijodiy ta’til
mualliflar jamoasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan arizaga binoan, mualliflar
jamoasining a’zolaridan biriga beriladi. Mualliflar ta’tilni o’zaro taqsimlashga ham
haqlidirlar.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |