75
o’zlari taqsimlaydilar. Binobarin, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram
kunlaridagi ishlarga taalluqli masalalarni tartibga solish Mehnat Kodeksining bunday
ishlar uchun oshirilgan miqdorda haq to’lashga oid normalari ularga tatbiq etilmaydi.
Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida umumiy masalalar bilan bir qatorda
quyidagilar aniq belgilab qo’yilishi zarur:-ish beruvchi uni qachon va qancha miqdorda
xom ashe bilan ta’minlaydi, kasanachi esa tayyor mahsulotni qachon va qancha miqdorda
topshiradi;-bu boradagi majburiyatlar bajarilmaganligi uchun o’zaro javobgarlik (shu
jumladan, xom ashyo yo’qligi, ishlar hajmini ta’minlamaganlik uchun bekor turib qolgan
vaqtga haq to’lash va shu kabilar);-mahsulot tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni qoplash
tartibi; ish haqi va boshqa pul mukofotlari to’lash shartlari va tartibi, shuningdek, boshqa
masalalar.
Kasanachilik
qilayotgan
xodimning
aybi
bilan
mahsulot
vaqtida
tayyorlanmaganligi yoki sifatsiz tayyorlanganligi xodimni belgilangan tartibda intizomiy
javobgarlikka tortishga, shu jumladan, mehnat shartnomasini bekor qilishga, shuningdek,
umumiy asoslardagi moddiy javobgarlikka asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Normal mehnat sharoitlaridan chetlashganda ish vaqtin
ihuquqiy jihatdan tartibga solish.
Tungi vaqtdagi ish. Mehnat Kodeksi 122-moddasining birinchi qismiga binoan, soat
22.00 dan to soat 6.00 gacha bo’lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi. Tungi vaqtdagi
ishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, tungi vaqtda ish smenasi u yoki toifadagi
xodimlar uchun belgilab qo’yilgan i shvaqti muddatiga nisbatan kamida bir soatga
qisqartiriladi. Mehnat Kodeksi uchinchi qismida tungi ish muddatini kunduzgi ish
muddatiga tenglashtirish mumkin bo’ladigan faqat ikki holat keltirilgan xolos: xususan,
bunday qilishga ishlab chiqarish uzluksiz bo’lgan joylarda, hamda, bir kun dam olinadigan
olti kunlik ish haftasi sharoitida mehnat smenasi bo’lib ishlayotgan joylarda yo’l qo’yiladi.
Tungi paytda ish vaqtidan foydalanishning boshqa bir o’ziga xos xususiyati ayrim
toifadagi xodimlarni tungi vaqtdagi ishga jalb etish cheklanishida o’z aksini topgandir.
Mehnat Kodeksining 228-moddasiga binoan, homilador ayollarni, hamda, o’n to’rt yoshga
to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni tungi vaqtdagi
ishlarga faqatgina ularning roziligi bilan jalb qilish muumkin. Boz ustiga bunday rozilik
bo’lgan taqdirda ham, homilador ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar tungi
vaqtdagi ishlarga bunday ish ona va bolaning sog’ligi uchun xavf tug’dirmasligini
tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo’lgan taqdirdagina qo’yilishi mumkin. Mehnat ayollar va uch
yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar tungi vaqtdagi ishlarga bunday ish ona va bolaning
sog’lig’i uchun xavf tug’dirmasligini tasdiqlovchi qo’shilishi mumkin. Mehnat
Kodeksining 220-moddasiga binoan, nogironlar tungi vaqtdagi ishlarga faqatgina ularning
o’z roziligisiz bilan, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan
bo’lsa, qo’yiladi. Qonun hujjatlarida o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarni tungi
vaqtdagi ishlarga jalb etishni beistisno taqiqlaydi.
Va nihoyat, o’ziga xos, yana bir xususiyat shunda ko’rinadiki, tungi vaqtdagi ishga
oshirilgan miqdorda haq to’lanadi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun, tungi
mehnat xalq xo’jaligining qaysi tarmog’i korxonalarida foydalanilganidan qat’i nazar,
kamida bir yarim baravar miqdorda haq to’lash nazarda tutilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: