Payvandlash transformatori
Payvandlash transformatori metall buyumlarni, konstruksiyalarni va hokazolarni
eritib, o‘zaro ulash uchun xizmat qiladi. 4.16-rasmda payvandlash transformatorining
prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. U transformator 1, drossel 2, yakor 3, elektrod 4,
payvandlanadigan buyum 5, drossel bilan yakor orasidagi tirqish 6 dan iborat.
Payvand sifatli bo‘lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun
payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan o‘zgarishsiz bo‘lishi lozim.
Payvandlash toki drossel 2 bilan yakor 3 orasidagi tirqish 6 ni o‘zgartirish orqali
rostlanadi. Tirqish ortganda drossel chulg‘amining induktiv qarshiligi kamayib,
payvandlash toki ko‘payadi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |