Tok transformatorlari katta o‘zgaruvchan toklarni o‘lchashda qo’llaniladi.
Ularning birlamchi chulg‘ami ampermetr singari liniya kesimiga ulanadi va o‘ramlar
soni kam, ba’zida bir - ikki o‘ram yoki qalin o‘tkazgichning bir qismi bo’ladi.
Ikkilamchi chulg‘amda o‘ramlar soni ko‘p bo‘ladi va u 5 amperga (ba’zan 10
amperga) mo‘ljallangan bo‘lib, vattmetrlar, ampermetrlar va boshqa asboblarning tok
chulg‘amiga parallel ulanadi (4.15 - rasm).
4.15-rasm. Tok transformatori:
a) ulash sxemasi, b) tokli transformatorning shartli belgisi.
Agar ulovchi simlar va ulangan o‘lchash asboblari chulg‘amlarning qarshiligi
transformator uchun yo‘l qo‘yilgan miqdordan yuqori bo‘lmasa, K - const bo‘ladi.
Unda birlamchi tok:
I
1
= I
2
/K
Do'stlaringiz bilan baham: