I bob bo‘yicha xulosalar:
Shunday qilib, hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining ilk boskichiga
Samarkand Konferensiyasi yakun yasaydi. Bu bosqichning asosiy jihatlarini
kuyidagicha tavsiflash mumkin:
2
Ибрагимов
С
.
Орфография
узбекского
языка
//
Орфография
тюркских
литературных
языков
.-
Москва
:
"
Наука
", 1973,
с
.222
3
Ўзбек
адабий
тилининг
бирлашган
янги
имло
лойиҳаси
. –
Тошкент
, 1933
й
.
22
1. 1900-1917-yillardagi ma'rifiy ishlar arab grafikasidagi o‘zbek yozuvini
isloh qilish kerakligi haqidagi g‘oyani shakllantirgan.
2. Fitrat boshliq “Chig‘atoy gurungi” a'zolarining harakat va faoliyatlari
bilan 1919-yildan alifbo-imloni isloh qilish harakati boshlandi. 1921-yilda arab
alifbosi rasman isloh qilindi. Bu islohot o‘z davri o‘qish-o‘qitish ishiga,
savodxonlikni oshirishga katta yordam berdi.
3. Arab alifbosi 1921–1923-yil ichida uch bor isloh qilinishiga qaramay, uni
tuzatib, bu sohada yagona fikrga kelib bo‘lmadi. Shu sababli, turkiy xalqlar,
jumladan, o‘zbeklar ham o‘z tillari uchun ancha sodda va ancha qulay bo‘lgan
lotin alifbosiga o‘tdilar.
4. 1923–1929-yillar orasida arab yozuvini saqlab qolish tarafdorlari bilan
lotin yozuviga ko‘chish tarafdorlari o‘rtasida qizgin bahs-tortishuvlar bo‘lib o‘tadi,
bu munozaralarda, dastlab (1923–1926-yillarda) «arabchalar» ustunlikka erishadi,
ammo keyinroq (1926–1927-yillardan boshlab) ustunlik «lotinchilar» tarafiga
o‘tadi. 1928-yilda lotin grafikasi asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbosi davlat
alifbosi deb e'lon qilinadi va Yangi o‘zbek alifbosi komiteta tomonidan
tayyorlangan reja asosida uni amalga kiritish ishlari jadallashtiriladi.
5. 1929-yilda Samarqandda o‘tkazilgan Respublika til-imlo konferensiyasi
singarmonizmli qishloq shevalari vokalizmiga tayanib tuzilgan alifboni
ma'qullaydi, unga bosh harflarni qo‘shish bilan cheklanadi. Bu konferensiyada
«O‘zbek adabiy tili to‘g‘risidagi qaror», «Imlo qarori» va «Termin to‘g‘risidagi
qaror»lar xam qabul qilinadi, shu tariqa Respublikada adabiy til va imlo
muammolari bir daraja hal etiladi.
6. Fitrat, Ashurali Zohiriy, Cho‘lpon, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum
Ramazon, Elbek, Abdulla Alaviy, Shokirjon Rahimiy, Botu singari mashhur olim
va yozuvchilar, ko‘zga ko‘ringan madaniyat xodimlari, milliy ziyolilar dastlab arab
alifbosini isloh qilish, keyin esa lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi va
imlosini ishlab chiqish, uni hayotga joriy etish ishiga katta hissa qo‘shdilar. Lotin
yozuviga o‘tilishi munosabati bilan o‘zbek tilining xususiyatlari asosida alifbo va
imlo me'yorlarining belgilanishi o‘sha davr adabiy tilning shakllanishi va rivojida
muhim bosqich bo‘ldi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |