O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq hisobotini taqdim etmaslik



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

223-modda. Soliq hisobotini taqdim etmaslik
Soliq hisobotini soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda 
taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari bo’yicha aniqlangan tafovutlar 
asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim 
etmaganlik, – 
belgilangan muddatda to’lanmagan, ushbu soliq hisoboti asosida to’lanishi 
(qo’shimcha to’lanishi) lozim bo’lgan soliq summasini har bir o’tkazib yuborilgan 
kuni uchun 1 foiz miqdorda, ammo mazkur summaning 10 foizidan ortiq bo’lmagan 
va 500 ming so’mdan kam bo’lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
224-modda. 
Nazorat-kassa 
texnikasining 
va 
hisob-kitob 
terminallarining qo’llanilish tartibini buzish
Nazorat-kassa texnikasi va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo’llanilishi 
majburiy bo’lgani holda, ularni qo’llamasdan savdoni amalga oshirganlik va 
xizmatlar ko’rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitantsiyalar yozib 
berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy 
bo’lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va 
xizmatlar ko’rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to’lovlarni qabul 
qilishni rad etganlik, –
5 million so’m miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq 
to’lovchi tomonidan foydalanganlik, – 
20 million so’m miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
Texnik talablarga javob bermaydigan yoki xizmat ko’rsatish dasturi buzilgan 
nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, – 
20 million so’m miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
 
225-modda. Soliq solinadigan bazani pasaytirish 


227 
Soliq solinadigan bazani pasaytirish kamaytirilgan soliq solinadigan baza 
summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi. Bunda kamaytirilgan 
soliq solinadigan bazanining summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar 
hisoblanadi. 
Ushbu moddani qo’llash maqsadida qo’yidagilar soliq bazasini kamaytirish deb 
e’tirof etiladi: 
soliq solinadigan bazani noto’g’ri aniqlash, shu jumladan arifmetik xatolar; 
tovar-moddiy qimmatliklarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
summani hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik, shu jumladan omborda yoki 
realizatsiya qilish joyida hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko’rsatilgan tovar-
moddiy qimmatliklarni aks ettirmaslik; 
tovar-moddiy qimmatliklar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligi to’g’risida 
dalolat beruvchi hujjatlarning almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yo’q 
qilinganligi; 
olinmagan tovar-moddiy qimmatliklar (xizmatlar) xarajatlar jumlasiga 
kiritilmaganligi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan hisobga olish daftarida daromadlar va 
xarajatlarni aks ettirmaslik aks ettirilmagan daromadlar va xarajatlar summasining 
20 foizi miqdorida, biroq 1,0 mln. so’mdan kam bo’lmagan miqdorda jarima 
solishga sabab bo’ladi. 
Yuridik shaxs bo’lgan soliq to’lovchi yoki yakka tartibdagi tadbirkor 
hisoblangan penya va o’ziga qo’llanilgan moliyaviy jarimalar miqdorining 50 foizi 
hisobga olingan holda qo’shimcha hisoblangan soliqlar va to’lovlarni moliyaviy 
jarimalar qo’llash to’g’risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran 10 kun ichida 
ixtiyoriy ravishda to’liq to’lagan taqdirda, qolgan summani to’lashdan ozod qilinadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish