O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

218-modda. 
Shaxsning 
soliqqa 
oid 
huquqbuzarlik 
sodir 
etganlikdagi aybini istisno qiluvchi holatlar 
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiluvchi 
holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi: 
1) soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari bo’lgan qilmishning tabiiy ofat yoki 
boshqa favqulodda va bartaraf etib bo’lmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi. 
Mazkur holatlar hammaga ma’lum faktlarning, ommaviy axborot vositalarida e’lon 
qilingan ma’lumotlarning mavjudligi va isbotlash uchun maxsus vositalar talab 
etilmaydigan boshqa usullar bilan belgilanadi; 
2) soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari mavjud bo’lgan qilmish uni sodir etish 
paytida kasallik holatida bo’lganligi oqibatida o’z harakatlarini o’zi idora 
etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda bo’lgan soliq to’lovchi jismoniy 
shaxs tomonidan sodir etilganda. Mazkur holatlar mazmuni, mohiyati va sanasi 
bo’yicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan o’sha soliq davriga taalluqli 
bo’lgan hujjatlarni soliq organiga taqdim etish orqali isbotlanadi; 
3) soliq organining yoki boshqa vakolatli organning (ushbu organ mansabdor 
shaxsining) soliqni (yig’imni) hisoblab chiqarish, to’lash tartibi to’g’risida yoki 
soliqqa oid qonun hujjatlari qo’llanilishining boshqa masalalari bo’yicha o’z 
vakolatlari doirasida soliq to’lovchiga (yig’im to’lovchiga, soliq agentiga) yoxud 
noma’lum doiradagi shaxslarga bergan yozma tushuntirishlari soliq to’lovchi 
(yig’im to’lovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganda. Mazkur holatlar ushbu 
organning tegishli hujjati mavjud bo’lgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjat ma’nosi 
va mazmuniga ko’ra, bunday hujjat chiqarilgan sanadan qat’iy nazar, soliqqa oid 
huquqbuzarlik yuz bergan soliq davriga taalluqli bo’ladi; 
4) soliq monitoringini o’tkazish davrida soliq organining soliq to’lovchiga 
(yig’im to’lovchiga, soliq agentiga)yuborilgan asoslantirilgan fikri soliq to’lovchi 
(yig’im to’lovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganda; 
5) ishni ko’rayotgan sud tomonidan e’tirof etiladigan, shaxsning soliqqa oid 
huquqbuzarlik sodir
 
etganlikdagi aybini istisno qiladigan boshqa holatlar. 


224 
Ushbu modda birinchi qismining 3 va 4-bandlarining qoidalari, agar soliq 
organining yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq to’lovchi (yig’im 
to’lovchi, soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan to’liq bo’lmagan yoki noto’g’ri 
axborotga asoslangan bo’lsa, qo’llanilmaydi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan holatlar mavjud bo’lganida, 
shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik sodir

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish