Mavzu;
Raqamli integral sxemalarning rusumlash va belgilash
tizimlari.Takrorlagich va buferlar
.
Reja:
1
.
Raqamli mantiqiy qurilmalarning tasniflanishi
2. Integral sxemalarning asosiy tushunchasi
3. Integral mikrosxemalarning klassifikatsiyasi
Tayanch so’z va iboralar:
Elektronika, mikroelektronika, integral sxema,
yarim o’tkazgich.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta
’lim. Blits-so ‘rov, munozara, o‘z-o ‘zini nazorat.
Raqamli mantiqiy qurilmalarning tasniflanishi
Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini echa
oladilar. Buning uchun raqamli mikrosxema asosidagi qurilmada, yechiladigan
masalaning dastlab berilganlari haqidagi ma’lumotlar,
yechish algoritmi va
hisoblash natijalari faqat ikkita qiymat: 0 va 1 signallari koʻrinishida
ifodalanadi. Ikkilik raqamlari ketma-ketligi yordamida raqamli qurilmalarda
ixtiyoriy ma’lumolarni (raqamlar, matnlar, komandalar va h.k.) kodlash, saqlash
va qayta ishlash mumkin. Shunday qilib, raqamli tizimlarda oʻzgaruvchan va
oʻzgarmas (doimiy) kattaliklar raqamlar koʻrinishida ifodalanadi. Shuning
uchun ularda masalalar yechishning sonli usullari qoʻllaniladi.
Masala
yechishning sonli usuli – bu sonlar ustida bajariladigan
arifmetik amallar
(operatsiyalar) ketma-ketligidir.
Bu vaqtda raqamli qurilma faqat arifmetik amallarni emas, balki
hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beruvchi amallarni ham
yechish imkoniga ega boʻlishi kerak. Mantiqiy amallar, boshqaruv amallari va bir
qator boshqa amallar bularga misol boʻla oladi.
Fan, texnika va ishlab chiqarishning axborotlarni
qayta ishlash va
oʻzgartirish uchun xizmat qiluvchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish hamda
tatbiq etish bilan shugʻullanuvchi sohasi elektronika deb ataladi.
Elektron qurilmalarni tasniflashda axborotlarni toʻplash, uzatish va qabul
qilish usuli eng muhim belgilardan hisoblanadi. Elektron qurilmalar (EQ)
analog va diskret (raqamli) qurilmalarga ajratiladi.
Raqamli sxemotexnika qiymati boʻyicha kvantlangan elektr signallarni
uzatish, qayta ishlash va qabul qilishga moʻljallangan diskret EQ (DEQ)
larni
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kvantlash deb uzluksiz signalni uning
alohida nuqtalardagi qiymatlari bilan almashtirish jarayoniga aytiladi.
Natijada, DEQ lar signallarning bir-biridan keskin farqlanuvchi ikkita sath bilan
ish koʻradi.
DEQ larning afzalliklari: qurilmada sochiluvchi quvvat kichikligi,
elementlar parametrlari nobarqarorlikka nisbatan sust bogʻlanganligi,
xalaqitbardoshligining yuqoriligi,
axborot saqlash, uzatish va qayta ishlash
kanallarida bir turdagi elementlar qoʻllanishi, oʻz navbatida, yuqori
ishonchlilik, kichik oʻlchamlilik va arzonlilikni ta’minlaydi.
Raqamli qurilmalar asosini ikkita Turgʻun (ochiq va berk) holatda
ishlashi
mumkin boʻlgan tranzistorli elektron kalitlar tashkil etadi.
Sodda kalitlar asosida murakkabroq sxemalar: mantiqiy, bistabil,
triggerli va boshqalar yaratiladi.