DAVLAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI: EKOLOGIK
XAVFSIZLIK VA EKOLOGIK MADANIYAT
Xamidov D.R. (O‘DSMI)
Ushbu maqola o‘zida hozirgi davrda dunyoda ekologiyani asrash,
iqtisodiyotni
rivojlantirishdan
muhim
ekanligi
g‘oyasini
ilgari
suradi.
Bu o‘z o‘rnida bugun ekologiyani asrash insoniyat oldida turgan eng muhim dolzarb
masala ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.
Bugun butun dunyoda barcha davlatlar va xalqlar o‘zining tajribasiga
asoslangan holda yangicha yuksalish va rivojlanish yo‘lidan bormoqda.
Shu jumladan, O‘zbekiston ham yaqin vaqt ichida o‘zining “Yangi O‘zbekiston”
deb atalgan yangicha taraqqiyot yo‘lini yaratishga ulgurdi. Bunga asosan
mamlakatimizda yaqin 2030-yilga qadar ishlab chiqarish, raqamli iqtisodiyot,
turizm, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va san’at, sport va boshqa bir qator
ijtimoiy sohalarda yuqori darajada o‘sish va rivojlanishni ta’minlash shu bilan birga
aholi turmush madaniyatini yuksaltirish orqali davlatimizni jahon davlatlari orasida
o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishdek ulkan masuliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Shu o‘rinda oldimizda tabiiy bir savol tug‘iladi ? Bunday katta vazifalarni
ado etishda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratishimiz lozim. Bunga javoban
Sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari” asariga murojaat qilsak
o‘ylaymanki to‘g‘riroq bo‘ladi. “Temur tuzuklari” asarida Amir Temur davlatning
kelajakdagi taraqqiyotini belgilashda eng avvalo, tanazzulga uchragan davlatlarning
parchalanib ketishiga sabab bo‘lgan holatlarning o‘z davlatida sodir bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaganligini eng asosiy xususiyat deb sanab o‘tadi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
bugun biz ham bu yo‘lda atroflicha izlanmog‘imiz, o‘rganishimiz va tajriba
to‘plashimiz g‘oyat zarurdir. [1. 84-b]
XXI asr butun dunyoda globallashuv, rivojlanish, axborot asri sifatida tarixda
nom qoldirmoqda. Bu orada eng rivojlangan taraqqiy etgan davlatlar avvalo
mamlakatda iqtisodiyotni birinchi o‘ringa qo‘ygan holda hozirda ko‘plab yechimi
noma’lum bo‘lgan globallashuv jarayonlaridagi ekologik muammolarga duch
kelishmoqda. Ayni vaqtda rivojlangan davlatlar sifatida Singapur, AQSh, Angliya,
Kanada, Shvetsariya, Italiya, Fransiya kabi qator industrial davlatlarning taraqqiy
etish jarayonlarida mintaqiy va hududiy joylashuv sifatida qator ekologik
muammolar bilan kurashib kelayotganliklari haqiqatdir. Negaki, har qanday
159
taraqqiyotning mahsuli avvalo ekologik toza muhit, rivojlangan tibbiyot, sog‘lom
turmush tarzi, aholi genodezi kabi omillarga, bularning esa o‘z o‘rnida faoliyat olib
borishi esa yakdil qilib aytganda, davlatning rivojlanishida birinchi o‘rinda
iqtisodiyot emas, balki ekologik muhitning to‘g‘ri yaratilganligi asosiy maqsad
hisoblanadi.
Dunyoda mavjud ishlab chiqarishning barcha sohalari sanoat, qishloq
xo‘jaligi, yerosti qazilma boyliklari va boshqa bir qator sohalar tabiatning mahsuli
sifatida bugun butun dunyoda import va eksport jarayonlarini amalga oshirish uchun
xizmat qilmoqda. Oddiygina jahonda neftni qazib olish bo‘yicha AQSh, Saudiya
Arabistoni, Ros siya yetekchilik qilayotgan bo‘lsada, bu mamalakatlarda ham
ekologik muammolar yetarlichadir. Shuni unutmasligimiz kerakki, rivojlanishning
asosiy ustunini ishlab chiqarish asosida iqtisodiyot tashkil etar ekan, ishlab
chiqarishning negizi esa o‘z o‘zidan ekologik muhitning qanchalik darajada himoya
qilinganligiga shunchalik bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, ekologik xavfsizlik
tushunchasiga jahon mamlakatalari qanchalik darajada e’tibor berayotganliklari bu
mavzuning insoniyat olamida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini eslatib o‘tadi.
Xavfsizlik nima? L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va
tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib,
uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy
xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng
ma’noli tushuncha bo’lib. Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki
tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki
ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof
muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat
texnogen yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning
saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi
hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli
iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi.
Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari
kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun
noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin.
Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli
emas. [2.70-b]
Ekologik xavfsizlik tushunchasini turlicha ta’riflaydilar. Masalan,
N.F.Reymers ekologik xavfsizlikka 2 xil yondashgan: 1) tabiat obyektlar, alohida
inson uchun zarar olib kelmaydigan faoliyatlar 2) yer shari va turli mintaqalarda
insoniyatni tabiiy-texnogen tayyorgarligi darajasida eko muvozanatni ta’minlovchi
faoliyatlar.
Barqaror rivojlanish- shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi
modeli. Barqaror rivojlanishning zamonaviy konsepsiyasi atrof-muhitni muhofaza
qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ijtimoiy va iqtisodiy muammolar
bilan birga hal etishga chaqiradi. Mahalliy, milliy, mintaqaviy va global boshqaruvni
nazarda tutadi. YUNESKO tashkilotining sobiq bosh kotibi F.Mayor fikricha,
160
"Kishilar va tabiat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli ekologik beqarorlikni
keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida barqaror bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishga olib keladi".
XX asrning 50-yillaridan boshlab ekologik muammolar o’z kuchini ko’rsata
boshladi. Insoniyat o’zining nisbatan qisqa (5 mln. yillik) tarixiy bosqichi davomida
yer yuzidagi o’rmonlarning 2/3 qismini kesib, 6 mlrd. ga unumdor tuproqlarni
qishloq xo’jalik fondidan chiqarib, 70% dan ortiq suv manbalarini ifloslantirib,
atmosfera havosiga is gazi miqdorini 20 mln tonnagacha oshirib, ozon tuynugini
AQSH mamlakati yer maydoniga teng holda ochgan edi. Insoniyat rivojlanib
borayotgan bir paytda bunday ayanchli holatlar tushunarsiz, ammo uning asosiy
sabablari biz uchun sezilarli edi. [3. 160-b]
1975-yil Xelsinkida 35 ta Yevropa davlatlari va AQSH, Kanada ishtirokida
o’tgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (OBCE) da "Yakunlovchi hujjat”
qabul qilindi. Mazkur hujjatda butunjahon bo’yicha ekologik xavfsizlikni ta’minlash
ham milliy, ham global miqyosidagi masala qilib ko’rsatilgan.
Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi
marta 1987-yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha
Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur komissiya o’zining GRO
HARLEM BRUNDTLAND ma’ruzasi nomini olgan ,,Bizning umumiy
kelajagimiz” ma’ruzasida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modeli yaratildi.
Bosh Assambleyaning 1989-yil dekabrdagi 44/428-sonli rezolutsiyasida
barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning maxsus
konferensiyasini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi bir me’yorda rivojlangan davlatlar va
butun jahon hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir.
Ekologik muammolar biror davlat faoliyatiga bevosita bog’liq emasligini Orol va
Orolbo’yi muammosi misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov BMTning 48, 50,55-sessiyalarida ushbu muammo nafaqat
O’rta Osiyo davlatlarinig, balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi ekanligini
aytgandi, chunki Orol muammosi dunyo ekologik holatini yanada keskinlashtirishi
mumkin. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida qabul qilingan "Atrof-
muhit muhofazasi va rivojlanishiga doir deklaratsiya"da - "Inson haqida
g’amxo’rlik- barqaror rivojlanish faoliyatini ta’minlashning markaziy bo’g’inidir.
Odamlar sog’lom yashash va tabiat bilan uyg’unlashish orqali unumli mehnat qilish
huquqiga egadirlar", - deb aytilgan edi. [4.320-b]
Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning uyg’unlikda
rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan:
► davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa
davlatlar atrof-muhitiga zarar qilmasligi kerak.
► davlatlar yoki alohida transcontinental kompaniyalarning rivojlanish
huquqi hozirgi va kelajak avlodning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini
adekvat darajada qondirishi kerak.
► barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir
qismi hisoblanadi va undan ajralgan holda muhokama qilinmasligi kerak.
161
► rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik
muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shu uchun ham ularda
tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo’jalik tarmoqlarini
rivojlantirish kerak.
► har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgar.
► tabiiy xomashyolarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlash ilmiy
jihatdan asoslangan bo’lishi va bu jarayonda ilg’or texnologiyalardan foydalanish
kerak.
Bu jarayonlarga tarixiy fakt sifatida bugun dunyoda eng rivojlangan davlatlar
reytingida yuqori o‘rinlarda turgan Singapur davlatining rivojlanish tamoyilini misol
qilib keltirsak bo‘ladi. Singapur davlati 1968 yil Malayziya davlatidan mustaqil
bo‘lib ajralib chiqqandan keyin, o‘zida mavjud resurslardan foydalanib ularni
eksport qilish orqali o‘ziga iqtisodiy zaxira to‘pladi. Shuningdek, mustaqillikn
mafing ilk yillaridanoq mamlakat rahbari Bosh Vazir tomonidan 1970-yillarda
davlatda ekologik muhit va madaniyatni shakllantirish maqsadida aholi turmush
madaniyatiga doir qonun qabul qilindi.Unga ko‘ra Bosh Vazir Li Kuan Yu aholi
o‘rtasida saqich chaynashni, semichka chaqishni, tufurishni cheklashga qarshi,
shuningdek spirtli ichimliklargan va uning reklamalariga qarshi qonun qaror qabul
qiladi. Ushbu holatlarni buzgan fuqaro uchun birinchi martasiga 300$ jarima puli
undirilgan bo‘lsa, keyingi holatlariga esa 3000$ ga qadar oshirilib borilgan. Bu holat
davlatning keyinchalik barcha sohalarda rivojlanishiga katta zamin yaratib bergan.
Hozirgi kunda Singapur dunyodagi eng ekologiyasi toza, madaniyatli xalq
hisoblanadi. Bu kabi sa'y harakatlarda mamlakat rahbari Li Kuan Yuning mohirona
boshqaruv uslubi va o‘tkir zehnli bilimi yotibdi desak adashmagan bo‘lamiz.
[5. 38-b]
Xulosa qilib aytganda, barqaror rivojlanish – kelajak avlod ulushini saqlagan
holda hozirgi zamon kishisini ekologik xavfsiz, iqtisodiy ta’minlangan va ijtimoiy
muhofazalangan munosib hayot tarizini ta’minovchi jarayon hisoblanadi. Buning
uchun mamlakatda tabiiy ekologik madaniyatni shakllantirish, aholi o‘rtasida
ekologik xavfsizlikni to‘g‘ri ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
yuksaltirish zarur. Shundagina ekologiyasi xavfsiz bo‘lgan, ekologik toza va ozoda
muhitda yashaymiz va munosib kelajak avlodlarni voyaga yetkazamiz degan
umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |