86
Quyosh nurining tushish burchagi 90
0
bo’lganda, uning atmosferadan o’tadigan yo’lining
uzunligi 1,0
deb olsak, shunda radiatsiyaning susayish darajasi 25% bo’ladi. Quyosh nurining
tushish burchagi 50
0
bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’li 1,30 ga teng,
radiatsiyaning
susayish darajasi 31% ga etadi. Quyosh nurining tushish burchagi 30
0
bo’lganda, atmosferadan
o’tadigan nur yo’li 2,0 ga teng, radiatsiyaning susayish darajasi 44% , 10
0
burchak hosil qilib
tushganda esa, atmosferadan o’tadigan nur yo’lining uzunligi 5,56,
radiatsiyaning susayish
darajasi 80% ga teng, Quyosh nurining tushish burchagi 0
0
bo’lganda, atmosferadan o’tadigan
nur yo’lining uzunligi 35,40, radiatsiyaning susayish darajasi 100% bo’ladi.
Yerning shakli sharsimon bo’lganligi tufayli turli kengliklarda Quyosh nurlarining Yer
yuzasiga tushish burchagi turlicha. Quyoshdan kelayotgan issiqlikning
miqdori nurlarning
tushish burchagi qancha katta bo’lsa shuncha ko’p bo’ladi. Quyosh nurlari tik tushadigan
hududlarda, issiqlik tushayotgan nurlarning ko’ndalang kesimi
maydoniga teng maydonda
tarqaladi. Quyosh nurlari qiya tushgan hududlarda ma’lum miqdordagi issiqlik kattaroq
maydonda (v) taraladi, shuning uchun maydon birligiga to’g’ri keladigan issiqlik
miqdori kam
bo’ladi
.
Quyosh nurlari faqat tropik kengliklardagina (23
o
27
1
shimoliy kenglikdan 23
o
27
1
janubiy
kenglikkacha) 90
o
burchakda Yer yuzasiga tushadi. Boshqa kengliklarda esa u doimo 90
o
dan
kam. Shuning uchun turli kengliklar turlicha miqdorda Quyosh issiqligini oladi (12-jadval).
(12-jadval
Turli kengliklarda teng kunlik va Quyosh turish davrlarida Quyoshning ufqdan balandligi
Kengliklar
21 mart
22 iyun
23 sentyabr
22 dekabr
Shimoliy qutb
0
23,5
0
-
Shimoliy qutb doirasi
23,5
47
23,5
0
Shimoliy tropik
66,5
90
66,5
43
Ekvator
90
66,5
90
66,5
Janubiy tropik
66,5
43
66,5
90
Janubiy qutb doirasi
23,5
0
23,5
47
Janubiy qutb
0
-
0
23,5
Yer yuzasiga atmosfera orqali sochilmasdan keladigan radiatsiya to’g’ri radiatsiya deb
ataladi. Quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning bir qismi atmosfera tomonidan tarqatib yuboriladi.
Bunday radiatsiyani sochma radiatsiya deb ataladi. Yer yuzasiga yetib keladigan to’g’ri va
sochma radiatsiya miqdori yalpi radiatsiya deb ataladi. Bulutlik yuqori bo’lsa sochma radiatsiya
to’g’ri radiatsiyadan ko’p bo’ladi, atmosefra tiniq bo’lsa to’g’ri radiatsiya sochma radiatsiyadan
ko’p bo’ladi
75
.
Tropik cho’llarda (Saxroi
Kabirning sharqi, Arabiston yarim orolining markaziy qismlari)
yalpi radiatsiya miqdori yuqori bo’ladi, mazkur hududlarda ekvator tomon yillik radiatsiya
miqdori maydon birligiga (1 sm
2
) 120-160 kkal. ga
kamayadi. Mo’tadil kengliklarda yillik Quyoshdan keladigan radiatsiya miqdori 80-100 kkal,
Arktikada 60-70 kkal, Antarktidada esa atmosfera tiniq bo’lganligi uchun yalpi radiatsiya 100-
120 kkal. ni tashkil qiladi .
Yozda (iyun oylarida) Shimoliy yarim shar eng katta miqdorda
yalpi radiatsiya oladi,
ayniqcha bu miqdor tropik va subtropik kengliklarning ichki quruqlik qismlarida juda yuqori
bo’ladi. Mo’tadil va qutbiy kengliklar oladigan yalpi radiatsiya miqdori
bir-biridan kam farq
qiladi, chunki Ushbu davrda kunning uzunligi katta. Ekvator kengliklarida havoning namligi va
bulutlik yuqori bo’lganligi uchun yalpi radiatsiya miqdori kam.
Do'stlaringiz bilan baham: