O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Yerning radiatson va issiqlik muvozanati



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

3. Yerning radiatson va issiqlik muvozanati.
Yer yuzasiga kelayotgan va qaytayotgan 
radiatsiya o’rtasidagi farq geografik qobiqning radiatsion muvozanati deb ataladi. Geografik 
qobiqning radiatsion muvozanati Yer yuzasining va atmosferaning radiatsion muvozanatlari 
75
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”

64-66-b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).
 


87 
yig’indisidan iborat. Yer yuzasiga kelgan radiatsiyani yalpi radiatsiya tashkil qiladi, Yer 
yuzasidan ketayotgan radiatsiyani esa albedo va effektiv nurlanish tashkil qiladi.
Radiatsion muvozanat quyidagi tenglik orqali ifodalanadi:
R= Q (1-

) – Eef 
R- radiatsion muvozanat, Q- yalpi radiatsiya, 

- albedo, eef- effektiv nurlanish. 
Agar geografik qobiqqa kelgan radiatsiya qaytgan radiatsiyadan ortiq bo’lsa, radiatsion 
muvozanat musbat bo’ladi, agar kam bo’lsa manfiy bo’ladi. Tunda hamma kengliklarda 
radiatsion muvozanat manfiy bo’ladi, kunduzi esa musbat bo’ladi. Sutka davomida radiatsion 
muvozanat musbat ham, manfiy ham bo’lishi mumkin
76

Muz zonasini istesno qilganda, Yer shari yuzasida yillik radiatsiya balansi musbatdir. 
Radiatsiya balansi sutka davomida o’zgarib turadi: kechqurun hamma kengliklarda radiatsiya 
balansi manfiy bo’ladi, kunduzi esa (qishda qutblarni hisobga olmaganda) tushgacha hamma 
erda musbat, tushdan keyin esa manfiy bo’ladi. 
Radiatsiya balansi Yer yuzasiga issiqlik olib keladi va u ekvatordan qutbga qarab 
o’zgarib boradi. Shu sababli, radiatsiya balansi issiqlik balansini vujudga keltiradi.O’rtacha ko’p 
yillik issiqlik balansi sayyoramiz yuzasida ham va atmosferada ham 0 ga teng. Buni quyidagi 
misoldan yaxshi bilish mumkin. 
Yer yuzasiga kelgan yalpi radiatsiyaning bir qismi atmosferaga qaytariladi. Yer 
yuzasidan qaytarilgan radiatsiyani Yerga tushgan radiatsiyaga nisbati albedo deb ataladi.
Albedo har qanday yuzani Quyosh nurlarini qaytarish qobiliyatini ifodalaydi va foizda 
yoki kasr sonlarda ifodalanadi. Yer yuzasida o’rtacha al’bedo 0,35 ga teng. Al’bedo Yer 
yuzasining xususiyati va holatiga bog’liq. Yangi yoqqan qorning nurni qaytarish qobiliyati juda 
yuqori bo’ladi
77
. Uning yuzasi tushgan nurni 90%ni qaytaradi, bargli o’rmonlar esa 16-27%, igna 
bargli o’rmonlar 6-19%, shudgorlangan yuzalar 7-10%, cho’llar 9-34% nurni qaytaradi. Suv 
yuzasi 2% nurni qaytaradi, 98%ni esa yutadi. 
Yer yuzasi qisqa to’lqinli Quyosh nurlarini yutib o’zi ham issiqlik tarata boshlaydi. 
Yerning harorati yuqori bo’lmaganligi uchun uzun to’lqinlarda issiqlik taratadi. 
Atmosfera ham o’zidan o’tayotgan Quyosh nurlarini bir qismini yutib, fazoga va yerga 
tomon issiqlik taratadi. Atmosferadan Yerni issiqlik taratishiga qarshi yo’naltirilgan issiqlik 
qarshi nurlanish deb ataladi, mazkur nurlar ham uzun to’lqinli hisoblanadi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish