Stratosfera .
Stratosfera troposferadan yuqorida joylashgan. Bu qatlamda havo harorati
asta sekin ko’tariladi. Stratosferada ozon qatlami joylashgan bo’lib, u yer yuzasini ultrabinafsha
nurlardan saqlaydi. Yer yuzasidan ko’tarilgan konvektiv havo oqimi yeta olmaydigan
balandliklardan boshlanadi. Stratosfera 40 – 60 km. gacha ko’tariladi. Mazkur qatlamda havo
xususiyatlarining sifat jihatidan sekin o’zgarishiga Yer yuzasi ta’sirining birdaniga kamayishi
sabab bo’ladi. Stratosferada atmosferaning 20% massasi tuplangan. Ushbu qatlamda havoning
zichligi va bosimi juda kam. Shuning uchun bu yerda faqat binafsha rangli nurlar tarqaladi, shu
sababli osmon binafsha rangda bo’ladi. Stratosfera ham troposferadagi gazlardan iborat, ammo
bu yerda ozonning ulushi ko’proq, ammo miqdori kam. Stratosferada ozon 15 – 30 km
balandliklar oralig’ida tarqalgan. Ozonning miqdori kam bo’lishiga qaramay, u troposfera
xususiyatlarining shakllanishida va Yer yuzasidagi xayotda juda muhim axamiyatga ega. Chunki
ozon qatlami tirik organizmlar uchun xavfli bo’lgan qisqa to’lqinli ulьtrabinafsha nurlarini yutib
oladi. Stratosferada 20 km. balandlikkacha xarorat o’zgarmaydi. Bu qatlam quyi qatlam deyiladi.
Mazkur qatlam ozon pardasi joylashgan balandlikkacha davom etadi. Yuqori qatlamda havo
xarorati doimo ortib boradi. Buning asosiy sababi ozon qatlamining qisqa to’lqinli radiatsiyani
yutishi natijasida qizib ketishidir. Mazkur qatlam yuqori stratosfera deb ataladi. Stratosferani
ozonosfera ham deb atashadi. Troposfera bilan stratosfera o’rtasida gaz almashinib turadi,
natijada stratosferada suv bug’lari bo’ladi va ozon pardasidan pastda, sovuq qatlamda rang –
barang tusda tovlanuvchi sadafrang bulutlar vujudga keladi.
Mezosfera stratosferaning yuqori qismidan, 50 km. balandlikdan boshlanadi va 80 km.
balandlikkacha davom etadi. harorat yana pasayib boradi va yuqori qismida – 90
0
S gacha
pasayadi
71
. Bu joyda kumushsimon bulutlar hosil bo’ladi. Havoning zichligi juda ham kam, Yer
yuzasidagi zichlikdan 200 baravar kam.
2006 yilda uning maydoni 29.5 mln.km
2
teng bo’lgan. Uning yani ozonning kam miqdorini
ko’k, so’r va sariq ranglarda tasvirlangan
72
.
Ionosfera
yoki termosfera 800 – 1000 km. balandlikkacha cho’zilgan. Atmosferaning
juda yirik va murakkab qatlami. Yer tabiatida muhim o’rin tutadi va muhim ahamiyatga ega.
Azot va kislorod gazlari ionlashgan holatda bo’ladi. Quyoshning ultrabinafsha va elektr
radiatsiyasi ta’sirida bu gazlarning molekula va atom tuzilishi buziladi. Atomlarning elektron
qobiqlaridan ayrim elektronlar ajralib chiqadi. Ushbu joydagi fazoda butun atomlar ham, bir
qism elektronini yo’qotgan atomlar ham va alohida elektronlar ham mavjud. Moddalarning
bunday holati o’ta gazsimon, ya’ni plazma holati deb ataladi. Bitta elektroni ajralib chiqqan atom
musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Ajralib chiqqan elektron esa manfiy zaryadga ega bo’ladi. Bu
elektron neytral atom bilan qo’shilib, uni xam manfiy zaryadlashi mumkin. Shunday qilib,
70
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”
Do'stlaringiz bilan baham: |