8
Vespuchchi Amerika qit’asini shimoliy qismlarini tekshirdi va yangi yerlarning ilk tavsifini
yozdi. 1507 yili fransuz geografi M.Val’dzemyuller materikni Amerigo Vespuchchi sharafiga
Amerika deb atashni taklif etdi.
1498 yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o’tib,
Yevropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochdi. Shu davrdan boshlab
Osiyoni Yevropa bilan
bog’laygan «Buyuk ipak yo’lining» ahamiyati pasaya boshladi.
1519-1521 yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean bo’ylab Dunyo
aylana sayyohatini amalga oshirdi va Yerning sharsimonligini yana bir bor isbotladi, hamda
Dunyo okeanini yaxlitligini asoslab berdi .
1605 yil Golland sayyohi V.Yanszon Avstraliya materigini kashf qildi. So’ngra
A.Tasman (1641-1643y) materikni hamma tomonidan aylanib chiqdi. 1650
yili Golland olimi
B.Varenusnng «Umumiy geografiya» nomli asarini bosilib chiqishi ilmiy geografiyani
rivojlanishi uchun asos bo’ldi
6
.
4. Ilmiy geografik ishlar bosqichi (XVII-XIX asr).
Mazkur bosqichdan boshlab
birinchi marotaba maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi.
Bunday ekspeditsiyalar
Fransiyada (Bugenvil Laperuza), Buyuk Britaniya (J.Kuk, Vankuver), Rossiyada (Bering,
Chirikov, Krasheninnikov va boshqalar) uyushtirildi. Natijada Tinch okeni, Osiyo, Shimoliy
Amerika qirg’oqlari, Afrikaning va Janubiy Amerikaning ichki qismlari va tabiati o’rganildi.
Yerning ichki qismlari, Yer yuzasi relyefi, Yer usti va osti suvlari, shamollar, o’simliklar haqida
bilimlarni to’planishi bilan
tabiiy geografiyadan geologiya, gidrologiya, geobotanika va
meteorologiya ajralib chiqib ketdi.
Ushbu bosqichda ko’p ilmiy ishlar mamlakatshunoslik yo’nalishida bo’lgan.
Mazkur
ishlar ikki yo’nalishda olib borilgan: a) birinchi yo’nalishda har bir davlatning geografik
tavsifiga katta e’tibor berilgan; b) ikkinchi yo’nalish ayrim o’rganilmagan hududlarni geografik
tavsifiga bag’ishlangan. Bunday tavsiflar ko’p hollarda sayyoh va olimlarning ekspeditsiyalarida
yiqqan ma’lumoti asosida tuzilgan. Masalan, S.P.Krasheninnikovning «Kamchatkaning tavsifi»,
P.S.Pallasning «Rossiyaga sayyohat» va boshqalar.
Umumiy yer bilimi masalalari nemis olimi I.Kant (1724-1804)ning «Tabiiy
geografiyadan ma’ruzalar» asarida ko’rib chiqilgan. Mazkur asarda shamollar,
ularni hosil
bo’lishi, Yer yuzasi relyefini rivojlanishi ko’rib chiqilgan. M.V.Lomonosov (1722-1764)
asarlarida ham «Umumiy yer bilimi» masalalari ko’rib chiqilgan. Mazkur masalalarni
M.V.Lomonosov «Yer qatlamlari haqida» (1763y) «Atmosfera hodisalari haqida so’z» (1753)
asarlarida ko’rib chiqqan. U yer yuzasi relyefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida muntazam
o’zgarib turishini ta’kidlagan. Havo massalarini harakati ta’limotini yaratgan.
XIX asrning birinchi yarmida yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari
hamda milliy
geografiya jamiyatlari tashkil qilina boshlandi. Dastlabki geografiya jamiyatlari Buyuk
Britaniyada (1830), Frantsiyada (1846), Germaniyada (1826), Rossiyada (1845) tuzildi.
Turkistonda esa 1898 yil tuzildi.
Juda ko’p davlatlar tomonidan yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. Rossiya
tomonidan 50 dan ortiq ekspeditsiya uyushtirildi. Natijada Dunyo okeani haqida yangi
ma’lumotlar to’plandi. 1821 yili esa F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev
boshchiligidagi
ekspeditsiya tomonidan Antarktida materigi ochildi. Mazkur bosqichda Yer yuzasi tuzilishini
o’rganish tugallangan. Yer qobig’ining rivojlanish nazariyasi Charlz Layel tomonidan ishlab
chiqildi. Shu davrda Ch.Darvin tomonidan “Tabiiy tanlanish tufayli turlarning kelib chiqishi”
nomli asar yozildi. A.Gumbol’dt tomonidan ilmiy geografiyaga bag’ishlangan qator asarlar e’lon
qilindi. Okeanografiya fani shakllandi, meteorologik va gidrologik stantsiyalar soni ko’paydi va
kengaydi. Yer yuzasida balandlik va chuqurliklarni tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. Atmosfera
va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: