O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

 
1. Qadimgi yoki antik davr bosqichi
. Fan insonning ongli faoliyati sifatida qadimgi 
Yunonistonda miloddan avvalgi VI-V asrda vujudga kelgan. Ushbu bosqichda geografik 
ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy natijalar quyidagilardan iborat: 
- Gomer tomonidan miloddan avvalgi XII asrda Dunyo xaritasi tuzildi;
- Aristotel tomonidan miloddan avval IV asrda Yerning sharsimonligi, Yerda issiq 
mintaqalarning mavjudligi isbotlandi. Dunyo xartasi tuzildi. Uning xaritasida Gomer xaritasidagi 
joylar yanada kengaytirilgan Uning xaritasida kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa va kishilar 
yashaydigan issiq mintaqa ajratratilgan.
Aristotel tomonidan tuzilgan Dunyo xaritasida Afrikaning shimoliy qismi, Osiyo va Yevropa 
qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo, Kaspiy dengizi, Yevropadagi 
Italiya, Makedoniya, ichki (O’rta) dengiz, Iberiya va boshqa joylar tasvirlangan; 
- Erotosfen miloddan avvalgi III asrda Yerning o’lchamlarini aniqladi, Dunyo xaritasini 
tuzdi. «Geografika» nomli asar yozdi, geografiyani atamasi fanga olib kirdi; 
-Ptolomey eramizning boshida (II asr) xaritalarni daraja to’ri yordamida tuzishni ixtiro qildi. 
Dunyo xaritasini tuzdi va geografiya bo’yicha qator asarlar yozdi. Shu davrda Strabon 
geografiya fani bo’yicha yirik asarlar yozdi; 
2. 
O’rta asrlar bosqichi. 
Mazkur bosqichda geografiya fani asosan sharq 
mamlakatlarida rivojlandi. 
Muhammad Ibn Muso Al Xorazmiy geografiya faniga ulkan hissa qo’shgan olimdir. U IX 
asrda «Surat-al-Arz» nomli kitob yozgan. Mazkur kitobda Al-Xorazmiy o’sha paytda ma’lum 
bo’lgan shaharlarni geografik koordinatalarini keltirgan. U O’rta Osiyo geografiyasining 
asoschisi hisoblanadi. 



Umumiy Yer bilimining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan O’rta Osiyolik qomusiy 
olimlardan biri Abu Rayhon Beruniydi.
O’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy 
zamonasining qator fanlari: geografiya, geodeziya, geologiya, astronomiya, fizika, matematika, 
mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o’rgandi. 
Turli joylarning geografik kengligi va uzoqdigini aniklashda Beruniy erishgan natijalar xatto 
xozirgi zamon olimlarini xam xayratda koldiradi. Buyuk olim Yer yuzasining xar bir kismi 
uzining uzok tarixiy tarakkiyotiga ega ekanligini kayd etadi. Markaziy Osiyoning ba’zi bir 
mintakalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy 
urganishga xarakat kilgan xam Beruniydir. Uning Amudaryo vodiysining geologik utmishi va 
Orol dengizining paydo bulishi xakidagi xulosalari usha zamonning eng muvaffakiyatli 
geologik taxlillaridan biri bulib xisoblanadi. Olim «Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa 
dengizga aylanadi» degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali kazilmalar katlamining 
paydo bulishi, jinslar yemirilishining ahamiyati,
TOF
jinslarining nurashi kabilar haqidagi 
xulosalari katta ilmiy axamiyatga egadir. U tog’larning paydo bo’lishi va yo’q bo’lib ketishi 
tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olg’a suradi. 
Beruniyning o’zi tuzgan ro’yhatdan ko’rinishicha u o’zi yozgan asarlarni guruhlarga 
ajratigan ularning sonini 69 deb yozgan. 
Beruniy shuncha asar yozganidan keyin ham 15 yil yashab 50 ga yaqin asar yozgan. 
Sharqshunos olimlarning tahminicha 150 dan ko’proq asar yozib qoldirgan, ba’zi mutaxassislar 
esa olim 180 tacha asar yozgan degan, fikrdalar. Bular orasida tarix, tilshunoslik, arxitektura, 
din va e’tiqod, san’at, hazilkashlik sahalarida ham uning ko’plab kitoblari bo’lgan. Ayniqsa, 
matematika, astranomiya, kartografiya, geodeziya, geologiya, mineralogiya, botanika va 
geografiyaga oid asarlari ko’pdir. Afsuski, bu kitoblarning juda oz qismi, ya’ni 27 tasigina
bizgacha saqlanib qolgan.
Abu Rayhon Beruniy Yerning sharsimonligiga qat’iy ishonganligini o’z asarlarida bir 
necha bor ochiq, ravshan aytgan va Yerning sharsimonligini isbotlovchi dalillar keltirgan.
U o’zining yuqoridagi kabi ko’plab dalillari, kuzatishlari va hisoblash ishlarining natijasi 
sifatida O’rta Osiyolik olimlar ichida birinchilardan bo’lib yer sharini aks ettirgan diametri 5 
metr bo’lgan globusni yaratgan. Ammo Beruniy bu shaklni nimadan (yog’och, qog’oz, temi 
ryoki loydan) yasaganini aytmagan. Uning globus yasaganligi esa aniq ma’lumot. Globusning 
diametri nihoyatda katta bo’lgan, u aytgan: - “10 cho’zim” taxminan 5 metr keladi. Bu globus 
Xorazmda yasalgan, uning yasalgan yili to’g’risida ikki xil fikr bor: P.Bulgakov uni 995 yilda 
yasalgan desa, Jak Bualo 1016 yilda yasalgan bo’lishi kerak deydi. Bu globus yuqoridagi
Beruniy fikridan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, shaharlar orasidagi masofalarni aniqroq o’lchash 
va shu bilan joylarning kenglik hamda uzunliklarini belgilash uchun mo’ljallangan . 
Abu Ali ibn Sino relyefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o’rni va 
ahamiyatini ochib berdi. Uning fikricha Yer yuzasi relyefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida 
shakllanib va o’zgarib turadi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining «Boburnoma» asari bilan regional geografiyani 
rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. «Boburnoma»da keltirilgan ma’lumotlar asosida O’rta va 
Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta asrlardagi tabiiy sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish 
mumkin. 
Mahmud Qoshg’ariy «Devoni lug’ati turk» asarida juda ko’p geografik atama va 
tushunchalar haqida ma’lumotlar bergan va Dunyo xaritasini tuzgan
5


Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish