Rasm 12.
G’alla ekinlari bilan olib borilayotgan vegetatsion tajriba
Texnik ekinlarda esa bitta sosudga ucimlik turiga qarab 1-2 ta urug‘
ekiladi. Urug‘larni ekishda ularning erkin o‘sishi, oziqa va suvdan
samarali foydalanishiga aloxida e‘tibor beriladi. O‘simliklar uchun kulay
sharoit yaratish uchun urug‘larni ekish usuli bilan birga, sosudlarni
joylashtirish tartibiga xam aloxida e‘tibor berilishi lozim. YA‘ni, sosudlar
bir –biridan ma‘lum belgilangan masofada joylashtirilishi lozim. Odatda
sosudlarni
joylashtirishda variantlar va takrorlanishlar bo‘yicha
joylashtirish farqlanadi. Bitta variantdagi sosudlar 20-25 cm, variantlar
orasi 30-40 cm, takrorlanishlar orasi 50-100 cm oralikda joylashtiriladi.
Vegetatsion tajribalarda sosudlarni sistematik usulda, tartibli
joylashtirish maqsadga muvofiq. Bu usul tajribani olib borish va venologik
kuzatuvlar o‘tkazish uchun kulay.
Rasm 13. Qand lovlagi bilan olib borilayotgan vegetatsion tajriba
174
Vegetatsion tajribalar o‘tkazish texnikasi va sharoiti
Vegetatsion idishlarda olib boriladigan tajribalarda dala sharoitida
olib boriladigan usullar singari fenologik kuzatuvlar, uchyotlar,
labaratoriya tahlillari, fiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar olib boriladi.
O‗simliklarning o‗g‗itlar bilan oziqlanishi , temperatura , suv ,
yorug‗lik va boshqa omillarni o‗simlikning o‗sish va rivojlanish
jarayonlariga ijobiy ta‘siri o‗rganishda vegetatsion tajribalarining
ahamiyati katta. Bu usulning o‗ziga hos xususiyati unda ilmiy tadqiqot
ishlari boshqa tadqiqot turlariga nisbatan ancha aniq bajariladi. SHu tufayli
kupchilik rivojlangan davlatlarda vegetasion tajribalr olib borishga katta
etibor beriladi. Shuningdek vegetasion tajribalarnining imkoniyatlari ham
ancha yuqori.
14-rasm. Suv ekinlari uchun shisha idishdan iborat vegetasion sosud: chapda
vegetasion sosud, o‘ngda sosudning qopqog‘i
Agrokimyo,
tuproqshunoslik,
o‗simliklar
fiziologiyasi,
biokimyoga oid ko‗plab ilmiy tadqiqot ishlari vegetatsion usulda olib
boriladi. Vegetatsion tadqiqotlarning imkoniyati katta bo‗lib, bu usulda
dala va lizimetrik tajribalarda o‗rganish mumkin bo‗lmagan yoki bajarish
kiyin bo‗lgan tadqiqotlarni ham olib borish mumkin. Tadqiqotchi tashqi
omillarning ta‘sirini chukur , mukammal o‗rganishi , har bir rivojlanish
fazalarida miqroiqlimning o‗zgartirishi mumkin. YA‘ni , tajribalarda
tadqiqotchi vegetatsion tajribada o‗simlik uchun kulay bo‗lgan sharoit
yarata oladi. Vegetatsion idishlarda tajriba o‗tkazish dala sharoitida olib
boriladigan tajribalardan shu jixatdan ancha ustunlik qiladi.
Biroq tajriba o‗tkazuvchi boshqara olmaydigan , tez o‗zgarib
turuvchi tabiiy sharoitning o‗simliklarga ta‘sirini o‗rganish jixatdan
175
qaraganda dala sharoitidagi tajribalar vegetatsion tajribalarga nisbatan
avzaldir. Dala sharoitida ko‗yiladigan tajribadan olinadigan ma‘lumot va
xulosalar bir necha yillar davomida olib borilgan ilmiy ishlar yakuni
bo‗lishi lozim, chunki har yili iqlim sharoiti o‗zgarib turadi. Lekin ko‗p
qaytariqli vegetatsion tajribalarda kerakli bo‗lgan ma‘lumotlar olish uchun
bir – ikki yil etarli bo‗ladi.
15-rasm. Bir kancha ko’chatlar o’stiriladigan Ikki
kamerali shisha sosud
a-sosudning umumiy ko’rinishi, b-sosudning kopqog’ining ko’rinishi
O‗simliklarni vegetatsion tajribalarida o‗stirish usullari dala
sharoitidan farq qiladi. SHu sababli tabiiy sharoit xususiyatlarini hisobga
olmasdan turib tajriba natijalarini dala sharoitiga ko‗chirish mumkin
emas.SHunga qaramay ko‗plab nazariy ahamiyatga bog‗liq ilmiy
tadqiqotlar dastlab vegetatsion tajribalarda o‗rganiladi.
176
14-rasm. Sosudlarni joylashtirish
16-rasm. Vegetasion cocudlarda sugorishni olib borish
O‗z navbatida vegetatsion tajribalar o‗tkazilish texnikasi va sharoitiga
ko‗ra xilma xil bo‗lishi mumkin. Vegetatsion tajriba sharoitida o‗simliklar
tuproqda, kumda, shag‗alda yoki suvli muhitda o‗stirilishi mumkin. Bazan
mahsus tadqiqotlarda o‗simliklar suv muhiti va tuproq bilan birga
ishlatiladi , ya‘ni o‗simlik suv – kum yoki suv tuproq muhitida o‗stiriladi.
O‗simliklar tuproq sharoitida o‗stirilib olib boriladigan vegetatsion
tajribalarining dala tajribalaridan farqi va ma‘lum darajada avzalliklari
mavjud bo‗lib, ular quyidagilardan iborat:
1) tuproqlarning yaxshi aralashtirilishi natijasida barcha sosudlarda
(idishlarda ) tuproq diyarli bir xil darajaga keltiriladi, natijada dala
sharoitida qaytariqlar bo‗yicha ko‗p uchraydigan tafovutga chek ko‗yiladi,
2) tuproqda o‗simlik uchun kerakli bo‗lgan namlikni saqlab turish va
nokuly iqlim sharoitining ta‘sirini bartaraf etish imkoniyati vujudga keladi,
3) vegetatsion tajribalarda maqbul sharoitlarning yaratilishi (yoruqlik,
issiqlik, namlik) natijasida o‗simliklar dala sharoitlaridagiga nisbatan
mineral ozuqalardan samaraliroq foydalanadi.
177
Do'stlaringiz bilan baham: |