Urug‘larning namligini aniqlash
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan donning xam, ekishga mo‗ljallangan
urug‗ning xam namligini aniqlash ularni saqlashda katta ahamiyatga ega .
Donning namligi urug‗lik sifatlarining muxim ko‗rsatkichidir. Urug‗ning
namligi quritgich shkafda doimiy haroratda yoki nam o‗lchagichlarda
aniqlanadi.
Urug‗larning quritish yo‗li bilan namligini aniqlash.
Ogzi berkitilib, so‗rg‗ichlangan idishda keltirilgan o‗rtacha urug‗
namunasi ochilib boshqa idishga solinadi. Urug‗larni boshqa idishga
bo‗shatayotganda boshida , o‗rtasida va oxirida yirik urug‗li ekinlar (donli
va don-dukkakli ekinlar) uchun 50 g, mayda urug‗li ekinlar
(zigir,beda,sebarga va boshqalar ) uchun 20 g miqdorida namuna olinadi
SHundan keyin yirik urug‗lar qo‗lda yoki elektr tegirmonida maydalanib,
mayda urug‗lar maydalanmasdan quritiladi.
Maydalangan urug‗ namunasining turli joyidan qoshiqcha bilan kichik
namuna olib, avvaldan tortib tayyorlab qo‗yilgan byuksga 5 g. tortib
solinadi. Har qaysi namunadan 5 g. dan qilib ikki marta tortib olish kerak
Torozida tortilib , ichiga urug‗ solingan byukslarning qopqogi xam joyida
166
turadi . Urug‗lar quyidagi harorat va muddatlarda quritiladi. Don va don-
dukkakli ekinlari urug‗i 130
0
.da 40 min, mayda urug‗li o‗tlar urug‗i 130
0
da 60min. Moyli va texnik ekinlar urug‗i 100-105
0
da 5 soat quritgich
shkafning harorati termoregulyator yordamida o‗z-o‗zidan boshqarilib
turadi.
YUqorida ko‗rsatilgan muddatlarda quritish tugallangandan keyin
byukslar ichidagi urug‗ bilan birga shkafdan olinib darrov qopqogi
yopiladi va kalsiy xloridli eksikatorga qo‗yiladi . Byukslar eksikatorda
sovugandan keyin 0,01 g. gacha aniqlikda tortiladi.Birinchi marta tortish
bilan ikkinchi marta tortish o‗rtasidagi farq yo‗qotilgan nam miqdorini
ifodalaydi. Yo‗qotilgan namning tortib olingan dastlabki urug‗ ogirligiga
nisbatan foizlarda ifodalangan miqdori urug‗ning namligi xisoblanadi.
Olingan ikkita paralel urug‗ namunasi ko‗rsatkichlar o‗rtasidagi farq
0,4% dan oshmasligi kerak . Farq bundan ortiq bo‗lsa, ishni takrorlash
zarur.
Urug‗larning namligini elektr nam o‗lchagichda aniqlash
Elektr o‗lchagich urug‗lar namligini tez aniqlashga mo‗ljallangan .
Bu asbobning ishlash uslubi ruglarning elektr o‗tkazuvchanligi va boshqa
elektr xossalari namligiga qarab har xil bo‗lishiga asoslangan
Urug‗larning namligi nechogliq yuqori bo‗lsa, elektr o‗tkazuvchanligi xam
shuncha yuqori bo‗ladi, shunga qarab, ularning elektr o‗tkazuvchanligi qay
darajadagi namlikka to‗gri kelishini belgilab olib shu asosda jadval
tuziladi. Elektr nam o‗lchagich urug‗larning elektr o‗tkazuvchanligini
o‗lchaydi, Ularning namligi esa jadvalga qarab aniqlanadi . Har qaysi
rusumdagi o‗lchagichning har bir ekishga mo‗ljallangan aloxida jadvali
bo‗ladi. Har qaysi rusumdagi o‗lchagichning har bir ekinga mo‗ljallangan
aloxida jadvali bo‗ladi . Har qaysi rusumdagi o‗lchagichning tasviri ilova
qilingan maxsus ko‗rsatmada beriladi.
Nazorat savollari
1.
Urug‗ deb nimaga aytiladi?
2.
Urug‗ning unuvchanligi kanday aniqlanadi?
3.
Urug‗ning tozaligi kanday aniqlanadi?
4.
Urug‗ning namligi kanday aniqlanadi?
5.
Urug‗ning ekishga yaroqligi kanday aniqlanadi?
167
Do'stlaringiz bilan baham: |