Tuproqning qishloq xo‘jalik ekinlari uchun vegetatsion sosudlar
idish o‘lchamlari
№
O‗simliklar turi
Sosudlar (idish) o‗lchamlari
Tuproqqa ekila-
digan ekinlar
uchun sm da
Qumga ekiladigan
ekinlar uchun
sm da
Suvga ekiladigan
ekinlar uchun
metrda
1
G‗o‗za
40x25
30x30
30x25
30x20
6-8
2
Donli ekinlar
20x20
15x30
20x20
15x20
3-5
3
Dukakli ekinlar
30x15
20x20
20x20
15x20
4-5
4
Ko‗p yillik o‗tlar
20x20
30x15
20x20
20x15
3-5
5
Karam
30x25
35x30
30x30
25x30
6-8
6
Tamaki
20x30
25x25
20x25
20x20
5-6
7
Qand lavlagi
25x30
30x35
25x30
30x35
6-8
8
Kartoshka
25x30
35x30
7-8
9
Sabzi
25x20
20x20
5-6
10
Piyoz
25x20
20x20
4-5
11
Bodring
25x30
25x25
5-6
12
Baqlajon
25x30
35x25
6-8
13
Rediska
25x20
20x20
4-5
169
Izoh:
Birinchi berilgan son idishning (sosud) diametrini, ikkinchisi esa uning
balandligini ko‗rsatadi. Agarda vegetatsion sosud 20x20 bo‗lsa 6-8 kg, 30x30 unda
22-26 kg va 25x25 bo‗lganda esa 15-20 kg tuproq sig‗adi.
Tajriba idishlariga (vegetatsion sosudlar) to‗ldirish uchun odatda
haydalma qatlam tuprog‗i olinadi. Tuproqni tajriba idishlariga
to‗ldirishdan oldin, ular yaxshilab ildiz qoldiqlari – tosh va boshqa
narsalardan tozalash maqsadida ko‗zlari ikki santimetr bo‗lgan elaklardan
o‗tkaziladi.
G‗uza bilan vegetatsion tajriba olib borish uchun 20 kg chamasi
tuproq sig‗adigan, balandligi 32 sm va diametri 29 sm keladigan
idishlardan foydalaniladi.
Idishlar ruh yugurtirilgan, zanglamaydigan tunukadan tayyorlanadi.
Idishning tashqi tomoni och rangli bo‗yoq bilan bo‗yaladi, ichki tomoni
ham bo‗yalib tepasidan domir laki yoki bitum surkaladi. Har safar tuproq
to‗ldirishdan oldin idish yaxshilab yuvilib, ichki tomoni laklanadi.
O‗simliklarni sug‗orish uchun har qaysi idishda diametri taxminan
2 sm. li, nay idish devoriga qiya holda qilib payvandlanadi yoki tuproq
to‗ldirish vaqtida idish ichiga quyib qo‗yiladi.
Nayning yuqori tomoni idishdan 3-5 sm. chiqib tursa, pastki ikkinchi
tomoni esa idishning pastiga teskari qilib yopib qo‗yilgan teshikchalaridan
iborat bo‗lgan tunuka tarnovchaga tekkazilib qo‗yiladi. Tarnovlarni pastki
tomonida esa 2-3 kg. og‗irlikda yaxshilab yuvilgan, yirik qum yoki mayda
tosh solinadi. Bu toshlar qo‗yilgan suvlarni yuqoridagi tuproqlarga teng
taqsimlanishini ta‘minlaganligi uchun drenaj deb ataladi.
Tuproq to‗ldirishdan oldin hamma idishlar tortib chiqiladi va bir xil
vaznga keltiriladi. Har qaysi idishning vazni ichiga qancha mayda shag‗al
yoki yirik qum solinganligiga qarab drenaj va nay bilan birgalikda 4-5 kg.
bo‗lishi kerak. Tuproq bilan qum yoki shag‗al aralashib ketmasligi uchun
drenaj bilan tuproq o‗rtasiga ikki qavat qog‗oz yoki doka yoyib qo‗yiladi.
Tajribada amalga oshiriladigan hisob-kitobni yengillashtirish maqsadida
hamma idishlarini og‗irligi bir xil bo‗lishi kerak, bu esa torozida tortib
ko‗rish yo‗li bilan aniqlanadi. Tuproq nami oshganda uning vazni ham
oshadi. Shu sababali har bir idishga to‗ldiriladigan tuproq miqdori uning
absalyut quruq vazni asosida belgilanadi. Bitta idishga to‗ldiriladigan
tuproqning quruq holatidagi vazni 20 kg. dan oshmasligi kerak. Idishlarga
tuproq to‗ldirish oldidan tuproq namligini belgilash va tuproqni
agrokimyoviy analiz qilish uchun tayyorlangan tuproqdan namuna
olinadi. Tuproq tarkibidagi namlik miqdori keskin o‗zgarib ketmasligi
170
uchun idishlarga tuproq to‗ldirishni qisqa vaqt ichida amalga oshirish
kerak.
Har qaysi idish uchun belgilangan tuproqni tog‗oraga solib, uni o‗g‗it
bilan yaxshilab aralashtiriladi va bu tuproq bir necha qismga bo‗linib,
drenaj tepasida ochiq joy qolmaganligiga ishonch hosil qilinganligidan
keyin solinadi. Bu qatlam yaxshilab zichlanadi.
Idishdagi tuproqning yuzi idish tepasidan 3-4 sm. pastda turishi
kerak. Vegetatsion tajribalarda ma‘danli o‗g‗itlarni me‘yorini tuproqga
solish idishdagi tuproqqa og‗irligi asos qilib olinadi. Agar har gektar
maydonga 50 kg. dan sof holda azot berish kerak bo‗lsa, quyidagicha
hisoblanadi.
Bizda ammiakli selitra (34%) mavjud bo‗lsa, uning miqdori
hisoblanib, har gektar maydonga solinishi kerak bo‗lgan o‗g‗it
quyidagicha chiqariladi.
100 – 34
X – 50
Olingan tuproqning hajm massasi 1,33 kv/sm. kub bo‗lgan 0,3 m.
qatlamidagi tuprog‗ini og‗irligi 4000000 kg bo‗lishligini bilib, idishdagi
tuproqqa beriladigan o‗g‗it miqdori aniqlanadi.
4000000 kg – 147
20 kg – X
Tuproq to‗ldirilib bo‗lgandan keyin idishlar ochiq joydagi tekis
maydonga variant va qaytariqlar bo‗yicha terib qo‗yiladi. Vegetatsion
tajribalarda qaytariqlar soni kamida 4 ta imkoni bo‗lsa 5-6 ta qaytariqda
bo‗lsa, statistik baholash osonlashadi va yanada aniqroq ma‘lumot olinadi.
Bu turdagi tajribalar dalada olib borilgan tajribalardan keskin farq qiladi.
Agar dala sharoitida tuproqning turiga va sizot suv joylashish chuqurligiga
qarab g‗o‗zaning vegetatsiyasi davomida 4-10 marotabagacha sug‗orilsa
vegetatsion tajribalarda esa havoning harorati ko‗tarilib ketganda har kuni
2 marotabadan sug‗orilishi kerak. Har bir idishga berilishi kerak bo‗lgan
suvning miqdorini bilish uchun tuproq to‗ldirilgan tajriba idishning to‗liq
dala nam sig‗imidagi namlik bilan birga o‗zgarmas og‗irligini ham bilish
kerak. Idishning o‗zgarmas og‗irligigp idishning drenaj, idish va dala
sig‗imidagi namlikdagi tuproqning og‗irligi kiradi. Masalan, tuproqning
171
dala nam sig‗imi 25% ga teng bo‗lganda, sug‗orishdan oldingi tuproq
namligi 12% bo‗lsa hamda sug‗orish rejimi bo‗yicha dala nam sig‗imiga
nisbatan 70% da sug‗orish kerak bo‗lsa, sof 20 kg tuproqga dala nam
sig‗imiga yetkazish uchun qancha suv quyishligini aniqlaymiz :
20 – 100
X – 25
Do'stlaringiz bilan baham: |