SABZAVOTCHILIK VA POLIZCHILIKDA DALA
TAJRIBASI O‘TKAZISH
Sabzavotchilikda va polizchilikda ham boshqa qishloq xo‗jalik
ekinlari ustida olib boriladigan dala va laboratoriya tajribalari singari, shu
soha mahsulotlarini yetishtirishdagi ilg‗or texnologiya asosida ilmiy
izlanishlar olib borishni taqozo qiladi. Bunda sabzavotchilikdagi yangi
almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqish, tuproqqa ishlov berish, begona
o‗tlarga, hashorat va kasalliklarga qarshi kurashish, ma‘danli (mineral)
hamda organik o‗g‗itlarning tuproqdagi miqdorini hisobga olgan holda
tabaqalab qo‗llashning yangi usullarini yaratish ustida ilmiy ishlar olib
boriladi.
Sabzavotchilikda va polizchilikda olib boriladigan tajribalarning
maqsadiga qarab seleksion (nav sinash) va agrotexnik tajriba turlariga
bo‗linadi. Nav sinash tajribalari tajribaning maqsadiga va o‗rganilayotgan
nav urug‗larining oz-ko‗pligiga qarab, uning maydoni katta yoki kichik
bo‗lishi mumkin. Bunda yangi chiqarilgan sabzavot yoki poliz ekinining
navi shu viloyat tuproq iqlim sharoitining mosligiga to‗g‗ri keladigan
yangi navlarning hosildorligi va ish sharoitiga mosligi o‗rganiladi.
Agrotexnik tajribalarda esa hamma turdagi sabzavot va poliz
ekinlarining mo‗l hosil olish uchun qo‗llaniladigan agrotexnik tadbirlar
omil sifatida o‗rganiladi. Bunda ma‘lum ekin turi uchun sug‗orish, mineral
o‗g‗it me‘yori, qo‗llash muddati, tuproqqa ishlov berish, kasallik va
hashoratlarga chidamlilik darajasi, begona o‗tlarga qarshi kurash, ko‗chat
qalingili kabi agrotexnik ko‗rsatkichlar omil sifatida o‗rganiladi.
Agrotexnik dala tajribalarining maydoni o‗rganilayotgan omil turiga va
qo‗llanilayotgan mexanizmning qamrash kengligiga qarab har xil bo‗ladi.
Odatdagi dala tajribalarida variantning kengligi 4 qatordan kam
bo‗lmagani maqsadga muvofiq bo‗ladi. Sabzavot va polizchilikda olib
158
boriladigan dala tajribalarida ham boshqa turdagi dala tajribalari singari
izlanishlar to‗rt qaytariqda amalga oshiriladi.
Sabzavotchilikda ham boshqa qishloq xo‗jalik ekinlari singari ko‗p
yillik va uzoq muddatlik dala tajribalar olib boriladi.
Sabzavotchilik ilmiy tadqiqot institutida 1964 yildan boshlab paykal
(delyanka) ning maydoni 0,3 m/kv ga tuproq qatlami 40 sm bo‗lgan va
besh qaytariqdan iborat bo‗lgan tajriba hozirgacha o‗tkazilmoqda. Bunda
azotli va kaliyli o‗g‗itlarning turlari va me‘yorlarining sabzavot ekinlariga
ta‘siri o‗rganiladi.
Ushbu tajriba 15 variantdan iborat, asosiy ekin sifatida sabzi,
pomidor va rediskalar ekiladi.
Sabzavot ekinlari uchun kichik paykallik dala tajribalar ham olib
borilsa bo‗ladi. Buning uchun diametri 40-60 sm chuqurligi 40 sm dan
bo‗lgan dumaloq chuqurchadan ham foydalanilsa bo‗ladi.
Bunday chuqurchalarni kavlashda mavjud bo‗lgan mexanizmlardan
ham foydalanish mumkin. Chuqurchalarni dalada shaxmat shaklida
joylashtrilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Kichik paykallik tajribalarni
tuproq bilan to‗ldirishda asosan tuproqni 0-20 sm chuqurgacha qatlamdan
olinadi. Buning uchun chuqurning hajmi ushbu formula yordamida
aniqlanadi:
V = P ch h
V – hajm sm. kub;
ch – aylana radiusi, sm.;
h – chuqurlik, sm.;
P – o‗zgarmas son, 3,14.
Ushbu turdagi tajribalarda bajariladigan agrotexnik ishlar bir
muddatda amalga oshiriladi. Chuqurchalar bir-biridan kamida 0-50 sm.
uzoqlikda joylashtiriladi.
Sabzavotchilikda har qanday agrotexnik tadbirlar o‗rganilayotgan
bo‗lsa ham, agarda sabzavot ekinlari ko‗chat qilib ekilayotgan bo‗lsa
hamma variantlarga ekilayotgan ekin ko‗chatlari bir xil bo‗lishini
ta‘minlash lozim. Tajribada o‗rganilayotgan mavzuga va ekin turiga qarab
shu ekinning o‗suv davrlari bo‗yicha fenologik kuzatishlar amalga
oshiriladi. Keng qatorlab ekiladigan ekinlarda fenologik kuzatishni amalga
oshirish uchun har bir variantdan kamida 25 donadan o‗simlik ajratib
etiketkalab qo‗yiladi. Tor qatorlab yoki yoppasiga ekiladigan ekin turlariga
esa hamma tomoni 1 metrdan, yuzasi 1 m/kv bo‗lgan ramkalar o‗rnatiladi.
Vegetatsiya davrlari bo‗yicha fenologik kuzatishlar shu ajratilgan
159
o‗simliklar ustida amalga oshiriladi. Xamma turdagi dala tajribalarida ham
oxirgi ko‗rsatkich hosildorlik bo‗lganligi uchun, sabzavot ekinlarida ham
hosil keng qatorlab ekilgan ekinlarda hisobga olish qatorlarida, tor qatorlik
ekinlarida esa hisobga olish maydonlari kami 8-10 joyidan 1 m/kv bo‗lgan
maydonlardan hosil terib olinadi va hosildorlik (s/ga) ga aylantiriladi.
Olingan hosildorliklar terimlar bo‗yicha qo‗shilib jami hosildorlik
chiqariladi.
Takrorlash uchun savollar
1.
Bog‗dorchilikda dala tajribasi o‗tkazishning o‗ziga xosligi
2.
Ko‗chat yetishtirish bo‗yicha o‗tkaziladigan tajribalar
3.
Bog‗larda o‗tkaziladigan tajribalarda o‗rganiladigan omillar
4.
Bog‗dorchilikda olib boriladigan dala tajribalarida daraxtlar
novdasini sovuq urganlik darajasini aniqlash
5.
Bog‗dorchilikdagi dala tajribalarida fenologik kuzatishlar
6.
Mevachilik bo‗yicha tajribalarda meva xosilini aniqlash usullari
7.
Sabzavotchilikda dala tajribalarini o‗tkazish usuli
8.
Sabzavotchilik bo‗yicha dala tajribasida o‗ziga xos xususiyatlar
9.
Dala tajribasidagi sabzavot ekinlarida amalga oshiriladigan
fenologik kuzatuvlar
10.
Tajribalarda sabzavot ekinlari xosili va xosildorligini to‗g‗ri
aniqlash usuli.
160
Do'stlaringiz bilan baham: |