BOG‘DORCHILIKDA DALA TAJRIBASI
O‘TKAZISH USLUBIYATLARI
Bog‗dorchilikda o‗tkaziladigan dala tajribalari ham ochiq joyda
o‗tkazilishi va dalachilikda olib boriladigan tajribalar singari har xil
omillarga (kosmik va yer) bo‗lgan talablar o‗rganilganligi uchun ham
dalachilikdagi tajribalarga ko‗p jihatdan o‗xshashdir.
Ularning farqlari esa dalachilikda asosan bir yillik va qisman ko‗p
yillik qishloq xo‗jalik ekinlari ustida olib borilgan, bog‗dorchilikda esa
153
dala tajribalar har xil turdagi meva daraxtlari va uzumlar ustida olib
boriladi. Dalachilikda olib boriladigan tajribalarda tuproqlar tarkibining
farq qilishi hisobiga tajribadan olingan ma‘lumotlarda xatoliklar kelib
chiqsa, bog‗dorchilikda esa hisobga olinadigan daraxtlar yoki uzumlarning
individual holatda keskin farq qilishi hisobiga har xil me‘yordagi
xatoliklar kelib chiqadi.
Bog‗dorchilikda dala tajribalari olib borish uchun tajriba
maydonining oxirgi uch yoki besh yildagi tarixini, tuproq va iqlim
sharoitini, relefini, sizot suv chuqurligini hamda shamol yo‗nalishini va
himoyalanganligini har tomonlama mukammal o‗rganish kerak. Ayniqsa,
mevaga kirgan daraxtlarning hosidorligi va holati aniq hisobga olinishi
lozim.
Bog‗dorchilikda dala tajribaning elementlari, ya‘ni variant va
qaytariqlarning soni, katta-kichikligi hamda variantlardagi daraxtning soni
tajriba maydonining katta yoki kichikligi kabi ko‗chatlar, tajribaning
maqsadiga va tajriba o‗tkaziladigan maydonning katta-kichikligiga,
tuproq va iqlim sharoitiga bog‗liq.
Bog‗dorchilikda dala tajribalari asosan ikki xil muhitda olib boriladi:
1. Yangi tashkil qilingan bog‗larda. 2. Eskitdan tashkil qilingan bog‗larda.
Yangi tashkil qilingan bog‗larda dala tajribalari o‗tkazishdan oldin yangi
ekilgan daraxtlarni bir xilligini ta‘minlash uchun har xil tadbirlar
o‗tkaziladi. Buning uchun ekiladigan daraxtlar shu soha bo‗yicha tajriba
markazining ko‗chatzorlarida yetishtirilishi va bir xilda parvarish qilinishi
kerak. Buning uchun onalik materialidan boshlab tanlab ish olib boriladi.
Ko‗chat ekib olib boriladigan dala tajribalarida maydonning tarixi va
unumdorlik darajasining bir xilligi to‗g‗risida aniq ma‘lumotga ega
bo‗lgandan keyingina tajribani boshlash kerak.
Bog‗dorchilikda olib boriladigan tajribalarda dalachilikdagi
tajribalarga nisbatan tuproqqa ishlov berish ko‗p jihatdan farq qiladi.
Tajriba maydonlariga ko‗chat ekishdan oldin 45-70 sm gacha plantaj
pluglarda tekist qilinib shudgor qilinadi. Shudgor oldidan ma‘danli
(mineral) o‗g‗it me‘yorining bir qismini berish rejalashtirilgan bo‗lsa,
shudgor oldidan mineral yoki organik o‗g‗itlar berilib keyin shudgor
qilinadi, yaxshilab tekislanadi. Keyin esa qiyalik darajasini bir xil qilish
maqsadida dalaning tuprog‗i yaxshilab tekistlanadi.
Yangi ekiladigan ko‗chatlar ham quyidagi talablarga javob berishi
zarur: hamma ko‗chatlar shu mintaqa uchun moslashgan ya‘ni tipiklilik
xususiyatiga ega bo‗lishi kerak. Ko‗chat navlari va ularning yoshlari bir xil
154
bo‗lishini ta‘minlash zarur. Ekiladigan ko‗chatlarning bir-biridan farqi 15-
20% dan oshmasligi kerak.
Ko‗chat ekilguncha oxirgi yillardagi olib borilgan agartexnik
tadbirlarni bir hilligini ta‘minlash dala tajriba maydonining tuprog‗i 2-3
metrgacha har 20 sm qatlamdan alohida-alohida tuproq namunasi olinib,
ozuqa elementlari miqdori analiz yo‗li bilan aniqlanadi.
Ko‗chat va daraxtlar tanasining ko‗ndalang kesimi diametri yoki
aylana uzunligi bo‗yicha tajriba uchun asosiy ko‗rsatkich bo‗lib
hisoblanadi. Mevaga kirgan daraxtlarda esa ko‗rsatkichdan bir oz chetga
chiqishga to‗g‗ri keladi. Lekin tananing yo‗g‗onligi bilan hosildorlik
o‗rtasida baribir to‗g‗ri korrelyativ bog‗liqlik saqlanib qoladi.
Olma daraxtining naviga qarab hosildorlikda variatsial koeffitsenti
40-50% tananing yo‗g‗onligida esa 10-20% ga teng bo‗ladi. Shuning
uchun ham olma va boshqa daraxtlarning oxirgi ikki yildagi hosildorligi
taxminiy hisob-kitob qilinadi, ya‘ni bir yildagi hosildorlik bilan xulosa
qilish xatolikka olib keladi. Agarda variant va qaytariqlar sonining ortishi
hisobiga maydon kengayib ketsa, u holda tabiatni bir xil variantlar
o‗rtasida ham farqlar chiqib, xatoliklar miqdori ortib ketishi mumkin.
Bunda variantlar sonini kamaytirishga to‗g‗ri keladi. Tajriba uchun
tanlangan maydonning unumdorlik darajasini bir xilligiga qarab, variant va
qaytariqlar soni hamda shu bilan birga bitta variantdagi daraxt va maysalar
sonlari ham belgilanadi. Maydonning tabiiy unumdorlik darajasi bir-
biridan farq qilsa, u holda qaytariqlar soni 5-6 tagacha bo‗lib, aksincha
tajriba maydonining unumdorlik darajasidagi farq deyarlik bo‗lmasa u
holda qaytariqlar soni esa 4 ta bo‗lishi ham mumkin. Har variantdagi
daraxtlar soni ham yuqoridagi qonuniyatga asoslangan holatda bo‗lib,
unumdorlik darajasidagi farq bo‗lsa u holda variantdagi daraxtlar soni 4-8
ta, butalarda esa 30-40 donadan bo‗lib, farq bo‗lmaganda esa daraxtlar
soni 10-15 tagacha, butalarda esa 80-100 tagacha oshiriladi.
Umuman olganda qaytariqlarga mos holda bitta variantdagi daraxtlar
soni 24-30 tadan ko‗chat yetishtirish maqsadidagi tajribalardagi ko‗chatlar
soni esa 200-300 tadan kam bo‗lmasligi kerak.
Bog‗dorchilikda olib boriladigan dala tajribalarida ham daraxtlarni yil
davomida hisobini olib borish, ya‘ni ularning rivojlanishini kuzatib borib
to‗g‗ri va aniq xulosa qilish uchun imkon beradi.
Tajribaning maqsadidan qat‘iy nazar, hamma turdagi tajribalardagi
hisobot ishlari asosan ikki xil bo‗lib, birinchisida hamma dala tajribalarida
omillarni (suv, o‗g‗it, agrotexnik tadbir turlari naviga ta‘siri va hakozo)
155
samaradorlik ko‗rsatkichlarini belgilovchi asos bo‗lib, shu variantlardan
olingan hosildorlik va ularning sifati bo‗lib hisoblanadi. Shuning uchun
ham tajribaning mazmunidan qat‘iy nazar shu ko‗rsatkichlar hisobiga
olinadi. Yuqorida ko‗rsatilgan har bir variantdagi 24-30 tadan daraxtlardan
kamida 70-80 foizi kuzatilib keyingina xulosa qilinadi. Hisobga olish
davrida hosildorlik ma‘lumotlarini to‗ldirish maqsadida hosilni shakllanish
bosqichlari, daraxtlarni (ayniqsa yosh bog‗lar) o‗sish va mevaga kirish
muddatlari, mevalarning shakllanishi hamda ularning dinamikasi va
hakozolar amalga oshiriladi.
Bog‗dorchilikdagi olib boriladigan ilmiy tajribalarda asosan quyidagi
kuzatish ishlari olib boriladi. Shox-shabbalarning kengligi, shakli ikki
yo‗nalishdagi perpendikulyar holatda o‗rganilib tajribaning boshlanishi va
oxirida amalga oshiriladi. Tana aylanasining shox chiqqan joygacha
bo‗lgan o‗rtalikdan o‗lchanadi.
Kuzatish boshlanishidan oldin, hisobga olinadigan hamma daraxtlar
o‗lchanadigan o‗rtalik aylanasiga kraska bilan bo‗yab qo‗yiladi. Yosh
bog‗larda esa uzunasiga va ko‗ndalangiga ikki yo‗nalishda shtangen sirkul
bilan ham o‗lchasa bo‗ladi. Hosilga kirgan daraxtlarda tananing aylanasi
uzunligi metall ruletka yoki millimetrli qog‗oz bo‗lakchalarda o‗lchanadi.
Ushbu hisobot ishlari tajriba boshlangan vaqtda hamda har yili kuzda
o‗lchanadi va kuzatish ishlari olib boriladi.
Yosh ko‗chatlarni mevaga kirguncha shox-shabbalarining o‗sishini
hisobga olish ham kuzatish ishlaridagidek katta mas‘uliyat talab qiladi.
Bunda shoxlar soni, shoxlarning jami va u bitta shoxning o‗rtacha uzunligi
kabi ko‗rsatkichlar aniqlanadi.
Besh yoshgacha bo‗lgan daraxtlarda hisoblash maydonidagi hamma
daraxtlardagi shoxlar o‗lchab, besh yoshdan o‗tgan, ya‘ni eski bog‗lar
ustida dala tajribasi olib boriladigan bog‗larda esa hisobga olish
daraxtlaridagi birinchi tartibli shoxlardan ikkitasi o‗lchanadi. Shox-
shabbasining o‗suvchanligi daraxtning past tomonidan boshlanib, yuqori
tomonidagi shoxlarga o‗tiladi. O‗lchash ishlari tomomlanilgandan keyin
shox-shabbalarning turlariga qarab nisbati aniqlanib, foizda ifodalaniladi.
Mevachilikda daraxtlarni variantlar bo‗yicha hosildorligini aniqlash
hamma turdagi ilmiy agronomiyani kuzatish usullari singari tajribani
maqsadini, ya‘ni omilning ta‘sirini ko‗rsatuvchi asosiy ko‗rsatkich bo‗lib
hisoblanadi. Hosildorlikni aniqlash bilan birga mevani shakli va o‗rtacha
og‗irliklari ham aniqlanadi, bu holda olingan ma‘lumotlar tajribadan
olingan xulosalarni to‗ldiradi hamda mazmunini boyitadi. Dala tajribalarda
156
bir dona mevaning o‗rtacha massasini aniqlash uchun shakli va katta-
kichikligi har xil bo‗lgan 100 dona meva terib olinib, tortiladi va 100 ga
bo‗lib aniklanadi.
Mevaning davlat stantartiga to‗g‗ri kelishligi va uning sifatini
aniqlash uchun jami 100 kg dan kam bo‗lmagan mevalar olinib, ajratilib
chiqiladi va shu 100 kg.ga nisbatan, talabga javob bergan mevalar massasi
foiz bilan aniqlanadi.
Tajriba olib borilayotgan daraxtlarning qishda sovuq urganlik
darajasi esa uslubiyatda keltirilgan besh ballik shkala bilan aniqlanadi. 0 –
ball – sovuq urmagan.
1 – ball – birinchi yil unib chiqqan novdalarni sovuq urgan.
2 – ball shoxlarni sovuq urish alomatlari bor bo‗lsa
3 – ball – 30% gacha shoxlarni sovuq urgan
4 – ball – 75% gacha shoxlarni sovuq urgan
5 – ball – daraxt qurigan.
O‗rganilayotgan omillarni yoki biror agrotexnik tadbirlarni meva
hosildorligiga ta‘sir o‗rganilayotgan bo‗lsa, shu yosh ko‗chat yoki eski
daraxtlarni fenologik kuzatish hosildorlik ma‘lumotlarini tuldiruvchi
sifatida xizmat qilishi bilan bir vaqtda, variant yoki delyanka
(bo‗lakchalar) o‗rtasidagi omillarning ta‘siri sharoitida daraxtning tashqi
belgilariga ta‘siri yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Fenologik kuzatishlar natijalari holis bo‗lishi uchun bahor paytida har
ikki kunda, keyinchalik esa haftasiga bir marotabadan o‗lchov ishlari olib
boriladi.
Olib borilayotgan dala tajribasining maqsadiga qarab asosan
kuzatuvlarda hammasida quyidagi ko‗rsatkichlar aniqlanadi va hisobga
olinadi:
1.
Kurtaklarning ochilishi. a) o‗suvchi kurtak; b) gul kurtak.
2.
Gullash. a) boshlanishi; b) ko‗p qismi pishganda; v) yalpi mevalar
pishganda.
3.
Yalpi barglar rangining o‗zgarishi.
4.
Barg to‗kilishi. a) boshlanishi; b) ko‗p qismi barglari to‗kilganda;
v) oxirgi barglar to‗kilgani.
Olingan ma‘lumotlarni to‗ldirish maqsadida tajribaning ikki
qaytarig‗idagi barg satxining yuzasini ham aniqlash mukin. Buning uchun
shu meva daraxt turi, navning har xil kattalikdagi barglarining o‗lchamlar
etalonidan foydalaniladi. Har xil o‗lchamdagi barglarning yuzalari
aniqlanadi va o‗rtacha miqdori bargning soniga qarab ko‗paytirilib
157
xisoblanadi. Bunda aniqlanadigan barglar soni kami 100 taga teng bo‗lishi
kerak.
Shular bilan bir qatorda ob-havo sharotidagi keskin o‗zgarishlarni
xam qayd qilib borish kerak. Haroratning keskin ko‗tarilishini, qattiq
yoqqan yomg‗ir va hakozolar, tajriba maydoniga tushgan hashorat va
kasalliklarni ham hisoblab turishlari lozim. Tuproq iqlim sharoitini
hisobga olish ham ma‘lumotlarni boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |