Texnikaning detali-
bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga,
zvenolariga ziyon yetkazmaydigan qo„shimcha harakatlar yoki shu harakat
mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo„laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham
bajarmasa ham bo„ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni
keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik bilan boshlaydi.
Jismoniy madaniyat
“
funksiyasi
” deganda, uning o„ziga tegishli ob‟ektiv
xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta‟sir
ko„rsatishi, shaxs va jamiyatni ma‟lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi
tushuniladi.
Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalari
deganda, madaniyatning
boshqa turlariga taalluqli bo„lmagan, alohida xususiyatga ega bo„lgan funksiyalar
tushuniladi.
Umumiy funksiyalari.
Madaniyatga taalluqli bo„lgan hamma umumiy
funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy madaniyat sohasida ham ko„rinadi.
4. Jismoniy madaniyat nazariyasining tiklanishi.
Jismoniy madaniyat tarixi madaniyatning boshqa sahifalariga nisbatan ilmiy
tadqiqot jihatidan kechroq fan sifatida qurildi. Uning rivojlanishini ma‟lum vaqtga
maxsus bilimlar tizimini shakllantirish bilan umuman bog„liq bo„lmagan deb
hisoblash mumkin emas. Albatta jismoniy madaniyat shakllanib, borgan, lekin
uzoq vaqt imperik xarakterga ega bo„lgan.
Jismoniy harakat amaliyotida keng qo„llanishi bilan jismoniy madaniyat
jamiyat hayotida muximroq hodisa bo„lib qolgan hamda uning ilmiy tushinib
olinishida talab kuchaygan. Shu bilan bir vaqtda haqiqiy imkoniyatlar osha
boshlagan.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya nazariyasining asoslari inqilobgacha qadar
buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan.
Jismoniy tarbiya tizimining tuzilishi ko„p yillar davomida uning ilmiy asoslari
avlodlarning jismoniy va har tomonlama garmonik rivojlanishi hamda jismoniy
ta‟limning rivojlanishi uchun optimal sharoitlarni yaratishda ko„pgina ilmiy va
amaliy yutuqlarni ifodalab berdi.
Jismoniy
madaniyat
nazariyasi
va
metodikasini
umumlashtiruvchi
qonuniyatlar kengaytirilgan, monografik bayoniga ega bo„ladi hamda oliy jismoniy
madaniyat ta‟limining o„quv fani sifatida shakllantiriladi.
Jismoniy madaniyat bilan bevosita bog„langan maxsus fan orasida jismoniy
tarbiya
nazariyasi
umumlashtiruvchilardan
biridir.
Lekin,
u
jismoniy
madaniyatning umumiy nazariyasini butunligicha bayon eta olmaydi, chunki
jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklida mavjud emas. Jismoniy
madaniyat sohasidagi yana bir umumlashtiruvchi ilmiy bilimlarning rivojlangan
bo„limlaridan biri "sport nazariyasi" dir. Uning tezkorlik bilan rivojlanishida
ayniqsa so„nggi bir necha 10 - yilliklar davomida kattalizator sifatida
Olimpiada va umuman xalqaro sport sifatida erishiladigan yuqori yutuqlar
doimiylik bo„lib keladi. U o„z holicha tabiiy laboratoriya bo„lib inson qobiliyatini
aniqlash va maksimal rivojlantirishning yangidan - yangi yo„llarini aniqlashning
yirik tadqiqot resurslarini jalb etadi. Bu albatta sport haqidagi ilmiy bilimlarni
tezkorlik bilan to„plashda o„z ifodasini topdi.
Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko„pgina mamlakatlarida sport
bo„yicha professional mutaxassislarni tayyorlashning asosiy fani sifatida shakllana
boshladi. Shu bilan bir qatorda jismoniy madaniyatdan foydalanishning ijtimoiy
mehnatda
muhim,
hamda
an‟anaviy
jismoniy
tarbiya
va
sportga
moslashtirilmaydigan komponent va shaklarining bir qanchasi oxirgi vaqtgacha
fandan foydalanish sohasida chiqarib tashlanganday bo„ladi.
Avvalo gap insonni, jismoniy madaniyatga mustaqil yaqinlashtirish shakllari,
ishlab chiqarishdagi jismoniy madaniyat, madaniyatning soglomlashtiruvchi -
tiklovchi va ayrim boshqa shakllari haqida, boradi, bularning hammasi
ahamiyatning bo„sh vaqtini, dam olish va madaniy faoliyatini ko„proq tug„diradi.
Ommaviy jismoniy amaliyotning bu kengaytirilgan bo„limlari muhim ilmiy
ta‟minotni talab etadi.
Jismoniy madaniyat bog„liq bo„lgan hodisalar o„rganuvchi ilmiy fanlar ko„p
vaqt ichida differensiya yo„li bilan borilgan. Shuning natijasiga jismoniy
madaniyatning ayrim tomonlariga qisman tegishli bo„lsa ham ko„pgina xususiy
fanlar vujudga kela boshladi. Shularning bir qismi amaliyotning jismoniy - sport
bo„limida katta o„rin egallab, maxsuslashtirilgan kasbiy bilimlarni o„z ichiga olgan.
Boshqa qismi maxsus tabiiy fanlarni o„z ichiga olgan (anatomiya, fiziologiya,
biologiya, biomexanika, tibbiyot, gigiena, psixilogiya va h.k.) bo„lib, ular jismoniy
madaniyat sohasida vujudga kelmasdan, balki tarmoq sifatida kengaytirilgan. Shu
bilan bir vaqtda umumlashtiruvchi fanlar shakllana boshlagan. Masalan: XX asr
sikllarida jismoniy madaniyat sobiq Sovet institutlarining birinchi o„quv rejalariga
jismoniy madaniyat nazariyasi va umumiy metodikasi, kompleks fani kiritilgan.
Lekin kelib chiqadigan aniq materiallarning to„liqmasligi va ayrim boshqa sabablar
fanning butun ilmiy ko„rinishida shakllanishiga halaqit bergan. So„nggi 10
yilliklarda fanning turli sohalarida informatsiyaning tez o„sishi bilan bogliq
ravishda ilmiy bilimlarni integratsiyalash oqimi kuchayib boradi. Gap shundaki,
inson faoliyatining u yoki bu faoliyatiga bo„laklab ta‟sir etadigan xususiy ilmiy
ma‟lumotlarning to„planishi o„z holicha ishning mazmunini to„la tushunishga
kafolat bermaydi, hamda amaliyotni ilmiy optimizatsiyalash uchun yetarli asos
bo„lmaydi. Undan tashqari umumiy nazariya mantiq jihatidan tartibda
keltirilmagan xususiy ma‟lumotlar to„plamini butunlay tushunishdan cheklash ham
mumkin. Shuning uchun ham zamonaviy dunyo miqyosidagi ilmda "informatsiya
oqimi" xavfi ta‟sirida tahlil qilish yo„li bilan foydalanishga va umumiy
nazariyalarni ishlab chiqarishga e‟tibor kuchayib, ular ko„pgina xususiy
ma‟lumotlarni integrallashga, haqiqiy dunyoning bir butunligini ifodalovchi
umumiy konsepsiyaga birlashtirishga olib keladi. Shunday qilib jismoniy
madaniyat nazariyasi deb shartli ravishda keng ma‟noli jismoniy madaniyat
amaliyotida nazariy ifodalovchi bo„limlarning hamma to„plamiga aytiladi, hamda u
yoki bu qonun qoidalarini tushuntiradi, uni ratsional tarzda boshqarishga xizmat
qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi shakllanishining salmoqli ta‟siri sotsiologiya,
antopologiya, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish
umumiy nazariyasi, tarbiyaning umumiy nazariyasi va ko„pgina boshqa
umumlashtiruvchi fanlar rivojlanishida seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |