60
buyumlari yoki kiyimlarga sepiladigan yohud purkaladigan har xil
zaharli moddalar qo‘llanilayotganiga qattiq ishonish.
Zarar yetkazish vasvasasi
– bemorga, ko‘pincha shaxsiy
buyumlari, mebeli yoki oziq ovqatini buzish, almashtirib qo‘yish yoki
o‘g‘irlash orqali, atayin moddiy zarar yetkazilayotganiga qat’iy
ishonch. Bunday vasvasa ko‘pincha yaqin atrofidagi shaxslarga
qaratiladi, shu munosabat bilan u ko‘p hollarda kichik o‘lchamdagi
vasvasa deb ataladi.
Ixtirochilik vasvasasi
– bemorning insoniyatga yaxshilik
keltiradigan noyob, universal ahamiyatga ega katta nazariy yoki
amaliy kashfiyot qilganligiga qat’iy ishonchi. Vasvasaning
bu turi
doimo o‘jarlik bilan sudlashish orqali kechadi.
Ulug‘vorlik vasvasasi
– bemorning o‘z ma’naviy va jismoniy
kuchlari, sog‘lig‘i, ijtimoiy mavqei va u bilan bog‘liq imkoniyatlariga
aqlga sig‘mas darajada katta baho berishi.
Muhabbat vasvasasi
– muayyan shaxs uni yaxshi ko‘rishi va har
qanday, hatto bemorga zarar yetkazadigan usullar bilan unga
erishishga intilayotganiga qattiq ishonishi.
Sudlashuv vasvasasi
– go‘yo buzilgan
adolatni tiklash uchun
kurashish, jumladan bemorning buzilgan huquqlarini himoya qilishga
bo‘lgan og‘ishmas g‘oya.
Obrazli vasvasada
– hissiy bilishning buzilishi ustunlik qiladi.
Vasvasa g‘oyalari hech bir tizimsiz, ko‘pincha betartib yuzaga keladi.
Ular isbotlanmaydi, balki bor narsadek qabul qilinadi: «Meni
o‘ldirishni istashlarini bilaman». Ko‘rgazmaliligi
va izchil emasligiga
ko‘ra vasvasa va tush manzaralarini eslatuvchi obrazli tasavvur
hukmronlik qiladi. Ong ularga to‘lgan bo‘ladi. Atrofdagi narsalar
illuziyalarda bo‘ladigandek qabul qilinadi. Obrazli vasvasa doimo
boshqa buzilishlar bilan birga keladi. Xatti-harakat keskin buziladi.
Bemorning harakatlari noizchil va ko‘pincha impulsiv xususiyatga
ega bo‘ladi (yonidan o‘tib ketayotgan transport
vositasiga sakrab
chiqmoqchi bo‘ladi, tez ketayotgan transport vositasidan to‘satdan
sakraydi, yo‘l tanlamay yuguradi, nogohon hujum qiladi). Gallyut-
sinatsiyalar yuzaga kelishi, Kandinskiy Klerambo sindromining
elementlari, ora-sira buzilgan ong epizodlari ko‘rinishi mumkin.
Obrazli vasvasa doimo affektning yaqqol o‘zgarishlari, ko‘pincha
zo‘riqqan xavotir shaklidagi o‘zgarishlar bilan kechadi.
61
Obrazli vasvasaning turlaridan biri
inssenirovka vasvasasidir
.
Bunda bemorlar atrofdagi hamma narsa atayin uyushtirilgan, ularni
kalaka qilishayotganligini,
kinosyomka qilinayotganligini; atrofdagi
odamlar o‘zlarini butunlay boshqacha ko‘rsatayotganliklarini,
ularning barcha harakatlari bevosita bemorga aloqadorligini; uni
tekshirishayotgan, unga o‘rgatishayotgan, uni tarbiyalashayotgan-
ligini aytadilar.
Ma’no vasvasasida
atrofdagi hamma narsa simvol ahamiyatiga
ega bo‘ladi: qora rang – bemorning tez orada o‘lishini; yosh juvon –
qutulishini bildiradi va hokazo. Atrofdagi narsalarning ma’nosi
o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hollarda barcha xotiralar va atrofdagi
narsalarning (predmetlar, odamlar) va hodisalarning idrok
etilishi
fantastik mazmun va ma’noga ega bo‘ladi. Obrazli
Do'stlaringiz bilan baham: