O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Deliriy kasalligiga 
ongning gallyutsinator xiralashuvi xos. Bunda 
chinakam ko‘rish gallyutsinatsiyalari va ko‘p uchraydigan obrazli 
vasvasa harakat qo‘zg‘alishlari ustunlik qiladi. Bu ong xirala-
shuvining eng ko‘p uchraydigan shakli. Boshlang‘ich davrda quyida-
gilar kuzatiladi: obrazli sahnasimon kechinmalarni yog‘ilib keladi, 
kayfiyat nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘lishi; o‘zgalarni g‘azablantira-
digan injiqlik, bezovtalik, tushkunlik o‘rnini zavq, quvnoqlik, haddan 
tashqari serharakat reaksiyalar egallaydi. Bemorlar ko‘p 
harakatlanadilar, idrok etishdagi buzilishlarga keskin ta’sirlanadilar. 
Ba’zan himoyalanish yoki qochish xususiyatiga ega bo‘lgan keskin 
harakatli qo‘zg‘alishlar yuzaga keladi. Gaplari uzuq-yuluq, tartibsiz 
bo‘ladi, alohida so‘zlar yoki qichqiriqlardan iborat bo‘ladi. Kayfiyat 
o‘zgarib turadi: xavotirli qiziquvchanlik, yig‘loqilik, hazil-mutoyiba-
ga moyillik qo‘rquv va sarosima bilan almashib turadi. Ularga ko‘rish 
gallyutsinatsiyalarining mazmunini ifodalovchi vasvasalar (gallyutsi-
nator alahlash) xosdir. Eshitish, taktil, hid bilish gallyutsinatsiyalari, 
tana tuzilishining buzilishlari yuzaga kelishi mumkin. Bemorlar 
qayerda va qaysi paytda ekanliklarini noto‘g‘ri anglaydilar. Delirioz 
buzilishlarning jadalligi kechga borib va tunda kuchayadi. Vaqti-
vaqti bilan «yorug‘« tanaffuslar bo‘ladi. Bu paytda ong xiralashuvi 
davri haqidagi xotiralari uzuq-yuluq bo‘ladi.
Oneyroid – 
ong xiralashuvining uyqusifat, tushsimon, fantastik, 
vasvasa turi. Bunda o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan yorqin va fantastik 
ko‘rish soxta gallyutsinatsiyalari yog‘ilib keladi, ular bemorning 
ongini butunlay egallab oladi yoki atrofdagi vaziyatning ayrim 
manzaralari bilan g‘ayritabiiy qo‘shilib ketadi, katatonik stupor 
kuzatiladi. 
Amensiya –
bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan nutq va harakat 
qo‘zg‘alishi hamda sarosimaning ustunligi bilan kechadigan ong 
xiralashuvi. Bemorlarning nutqi bir-biri bilan ma’no jihatdan bog‘liq 
bo‘lmagan, past yoki baland ovozda ifodalanadigan ohang bilan 


74
aytiladigan alohida so‘zlardan iborat bo‘ladi. Muvofiqlashmagan 
harakat qo‘zg‘alishlari kuzatiladi, bunda bemorlar bir xil va tartibsiz 
ravishda u yoqdan bu yoqqa yuguradilar, to‘shakda bezovta bo‘lib 
yotadilar. Tezda charchaydilar va bir muddat jim bo‘lib qoladilar. 
Bunda umidsizlikka yaqin holatda bo‘ladilar. Amensiya uzuq-yuluq 
vasvasa g‘oyalari va gallyutsinatsiyalar bilan birga kechishi mumkin. 
Ularga psixotik davrning to‘liq amneziyasi xosdir. Amensiyaning 
davomiyligi bir necha kundan bir haftagacha cho‘zilishi mumkin.
Ongning xiralashuvi (qorong‘ulashuvi)
to‘satdan boshlanadi, 
uzoq davom etmaydi (daqiqalar, soatlar, ba’zan kunlar mobaynida), 
xuddi shunday to‘satdan yo‘qoladi, ko‘pincha chuqur uyqu bilan 
almashadi. Joy, vaqt va o‘z shaxsini tanishda chuqur buzilish 
kuzatiladi, ammo odatdagi avtomatlashgan harakatlar saqlab qolina-
dilar. Shu sababli bemorlar atrofdagilarning e’tiborini tortmasliklari 
ham mumkin. Bu ong xiralashuvining oddiy shaklidir. Agar bunda 
bemorlar bilmay maqsadsiz adashib yursalar, ambulator avtomatizm 
haqida so‘z yuritiladi.
Boshqa hollarda nutq va harakatdagi qo‘zg‘alish, qo‘rquv va 
g‘azab, qo‘rquv mazmunidagi ko‘rish gallyutsinatsiyalari, vasvasaga 
o‘xshash gap-so‘zlar kuzatiladi. Bunday holatda bemor shafqatsiz 
tajovuzkorlik harakatlarini sodir etishlari mumkin. Keyinchalik ruhiy 
epizodning to‘liq amneziyasi kuzatiladi yoxud ruhiy buzilishning 
ayrim epizodlari haqidagi g‘ira-shira xotiralar saqlanadi, so‘ngra ular 
unutiladi (retardirlangan amneziya). 
Ong xiralashuvining shunday holati mavjudki, bunda joy va 
atrofdagi odamlarni tanishda eng oddiy jihatlar saqlanib qoladi. 
Bunday bemorlar bilan suhbatlashish, savollarga javoblar olish 
mumkin. Bu ong xiralashuvining oriyentirli holatidir. Ular 
yo‘qolganidan keyin amneziya kuzatilishi mumkin.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish