1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-jadval  Reklama tarixiga oid eng muhim voqelar



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

3.1-jadval 
Reklama tarixiga oid eng muhim voqelar 
Davr
Voqealar
2500 
yil 
oldin 
Qadimgi Misrning Memfis shahr harobalaridan eng qadimgi reklama matni 
topilgan: “- Men – Rino, xudolar marhamati bilan sizlarga tushlarni ato 
etaman” 
1450 y. 
1440 yilda Iogan Gutenberg almashtirib bo‘ladigan harf-shriftini ixtiro qilib, 
reklama olamini yangilashga ulkan hissa qo‘shdi. Birinchi marta reklamaga 
mo‘ljallangan matbuot afishalari, varaqa va gazeta e’lonlari shu ixtiro bois 
yuzaga keldi 
1477 y. 
Angliyada Uilyam Kekston birinchi bo‘lib Paxsa bayrami qoidalarini chop 
etdi 
1650 y. 
London gazetalaridan birida antiqa reklama e’loni yoritilgan bo‘lib, unda 
yo‘qolgan 12 ta otni topishga yordam bergan kishiga mukofot e’lon qilingan 
edi 
1703 y. 
Rossiyada Petr I farmoni bilan birinchi rus gazetasi chop etildi. “Sankt-
Peterburgskiye vedomosti”, “Moskovskiye vedomosti” gazetalari chop etila 
boshlandi[16,165-166]. 
1774 y. 
AQShda Benjamin Franklin tomonidan buyurtma asosida tovarlar harid 
qilishga mo‘ljallangan birinchi tovarlar katalogi chop etildi 
1841 y. 
Filadelfiyada Uoln Palmer tomonidan tuzilgan reklama agentligi o‘z tijorat 
faoliyatini boshladi 
1844 y. 
“Sazern Massenjer” jurnalida birinchi marta jurnal reklamasi chop etildi. 
1871 y. 
AQShda birinchi zamonaviy professional reklama agentligi paydo bo‘ldi. 


49 
3.1-jadval (davomi) 
1886 y. 
Germaniyada reklama haqida birinchi qonun qabul qilindi. 
1899 y. 
AQShda dastlabki xalqaro reklama agentligi “J. Walter Thompson” tarmog‘i 
tashkil etildi 
1922 y. 
AQShda dastlabki radioreklama eshittirildi 
1925 y. 
Fransiyada ilk marotaba reklama plakatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi 
1941 y. 
Nyu-Yorkda birinchi marta TV-rolik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu Bulova 
firmasining 10 sekundlik reklamasi bo‘lib, uni mingga yaqin tomoshabin 
tomosha qilgan 
1952 y. 
AQShda Eyzenxauer va Niksonlar saylov jarayonida siyosiy reklamaga asos 
soldilar 
1970 y. 
Internet vujudga keldi 
1998 y. 
O‘zbekistonda ilk tashqi reklama bannerlari paydo bo‘ldi 
2007 y. 
O‘zbekistonda ilk harakatlanuvchi bilbord, elektron tablo va prizmatronlar 
vositasida tijorat reklamalari paydo bo‘ldi 
Qadimda mamlakatimiz hududidagi shahar bozorlari sayyohlarda katta 
taassurot qoldirgan. Bozorlar asosan chorshanba yoki yakshanba kuni shahar 
atrofidagi hududlarda savdogarlar o‘z mollari bilan kelganlarida, yig‘ilishi to‘g‘risida 
manbalar uchraydi. Ushbu bozorlarda hunarmandlar ham buyum ishlab chiqarib, ham 
uni shu yerda, maxsus ochgan peshtoqlarida sotishlariga alohida ahamiyat berilgan. 
Savdogarlar o‘z mollarini sotish uchun baland ovozda haridorlarni o‘zlariga 
chorlagan. Bunda tovarlarning sifatli, arzon ekanligini bot-bot takrorlashgan [16,14].
Qadimiy Sharqda ham reklama dastlab juda tushunarli, sodda ko‘rinishda 
namoyon bo‘lar edi. Sharq bozorlaridagi “Opqoling, kepqoling”, “Olganlar 
darmonda, olmaganlar armonda” degan iboralar ota-bobolarimizning o‘zlari 
bilmagan holda reklama bilan shug‘ullanganliklariga dalil bo‘ladi. Oldi-sotdi 
ishlarida molning kamchiligini aytib sotish, tarozidan urmaslik, odob- axloqqa, 
halollikka rioya qilish ajdodlarimizdan o‘tgan ma’naviy qadriyat ekanligini bildiradi.
Qadimgi bozor peshtaxtalarida mevalarning did bilan terib qo‘yilishi, 
haridorlarni baqiriq, chaqiriq bilan jalb qilish Sharq bozorlariga fayz kiritgan. 
Hunarmandlar mahallalardagi do‘konlarda mahsulotlarni osib, terib qo‘yishgan va 
haridorlarga tavsiya etishgan. Ustalar mijoz bilan muomala qilish odobini hunar bilan 
bir qatorda shogirdlariga o‘rgatganlar. Do‘konga kirgan haridorlarga bir piyola choy 
uzatib, o‘z mollarining sifati, narxi haqida suhbatlashganlar. Savdo-sotiq madaniyati 
Buyuk Ipak yo‘li shakllangan davrdan rivojlanib kelgan. 
Jadidlar milliy uyg‘onish davrida milliy matbuot bilan birgalikda reklamani 
ham oyoqqa turg‘izdi. Birinchi bor o‘zbek tilida “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Xurshid” 
gazetalari chop etildi. “Sadoyi Turkiston” gazetasi Toshkentda chiqa boshladi. 
Farg‘ona vodiysida jadidchi Obidjon Mahmudov muharrirligida 1914 yildan “Sadoyi 
Farg‘ona” gazetasi chiqib turdi. Uning sahifalarida butun vodiyda kechayotgan 
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy hayot o‘z aksini topib borgan. 1916 yil 1 
iyuldan Andijonda birinchi bor rus tilida “Turkestanskiy golos” gazetasi chiqa 
boshlagan. Bu gazeta Petrograd telegraf agentligi xabarlarini hamda o‘zining Moskva 


50 
va Petrograddagi muxbirlari tomonidan jo‘natilgan xabarlarni chop etgan. 
“Turkestanskiy kray” gazetasida yozilishicha, Nyu-York, Parij, London, Kopengagen 
va Buharest shaharlarida hamda o‘lka shaharlarida gazeta o‘z muxbirlariga ega 
bo‘lgan. Gazeta moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida o‘z sahifalarida reklama va 
e’lonlarni chop etib borgan. 
Butun tarixi davomida reklamaning vazifasi o‘zgarmadi. U hali-hanuz axborot 
beradi va ishontiradi. Shu boisdan reklama – savdoni harakatga keltiruvchi kuch, 
savdo esa mehnat vositalarini ayirboshlashdir.
Reklama kommunikatsiyaning shaxsan bo‘lmagan shakllaridan bo‘lib, u 
mablag‘ bilan ta’minlash manbai aniq ko‘rsatilgan holda, haq to‘lanadigan axborot 
tarqatish vositalari orqali amalga oshiriladi. 
Hozirda reklama professional fanga aylanmoqda. Har qanday fan kabi u ham 
qonun va aniq o‘lchamlarga asoslanadi. Har qanday fan kabi reklamada ham sabab va 
natija mukammal o‘rganib chiqiladi. Muvaffaqiyatni kafolatlovchi bir qancha usullar 
sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ko‘plab korxona ular bilan tanish va o‘z faoliyatida 
ularni qo‘llashga harakat qiladi.
Ilgarilari natijani oldindan bashorat qilishga umuman yo‘l qo‘ymagan reklama 
bugunlikda biznesning eng ishonchli turlaridan biriga aylandi. Boshqa tadbirkorlik 
faoliyatlaridan farqli o‘laroq reklamaning havf darajasi nihoyatda pastdir.
Bugungi kunga kelib reklama yuqori darajada taraqqiy etdi. Reklama 
bozorining katta qismini yirik reklama agentliklari egalladi. Ushbu agentliklar o‘z 
faoliyati davomida yuzlab reklama kampaniyalarini amalga oshirib, bu jarayonda 
minglab g‘oya va rejalarni sinab ko‘radilar. Barcha natijalar tahlil qilinadi va bundan 
ma’lum xulosalar chiqariladi. Ularda o‘z kasbining mohir ustalari faoliyat olib 
boradilar. Butun mamalakat miqyosida ish olib borishga ulardan faqat eng qobiliyatli 
va tajribalilari qodir. Hamkasblarining faoliyatini kuzatib ularning o‘ziga foydali 
bo‘lgan tomonlarini o‘rganadilar va har bir yangi ish ularning mahoratini yanada 
oshishiga olib keladi. 
Reklama agentliklarining izlanishlari natijalari korxonalar uchun yana uzoq 
vaqt xizmat qiladi. Yillar davomida bunday agentliklar tajribalar, tamoyillar va 
usullarni o‘z ichiga olgan “ma’lumotlar banki”ga aylanadi.
Bundan tashqari yirik reklama agentliklari savdoning turli sohalarda faoliyat 
olib boruvchi ekspertlar bilan ham yaqindan hamkorlik olib boradilar. Odatda 
ularning mijozlari yirik korporatsiyalardir. Shu sababli agentliklar turli uslubiyot va 
strategiyalarga ega. Ular savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan barcha dalillarni yig‘uvchi 
va tahlil qiluvchi markazlarga aylangan. Ushbu tajriba ularga har qanday 
tadbirkorning savoliga javob berishga imkon beradi. 
Reklamaning kuchi va ahamiyati jahon tajribasidan ma’lum. U avvalambor, 
ixcham, badiiy ifodalangan shaklda berilgan hissiy bo‘yoqlarga ega bo‘lgan tovarlar 
va xizmatlar haqidagi eng muhim dalillar hamda ma’lumotlarni potensial haridorlar 
ongi va diqqatiga yetkazadigan axborotni mujassamlashtiradi. Shu bilan birga 
ta’kidlash lozimki, reklama har doim axborotdir, lekin axborot esa har doim ham 
reklama bo‘lavermaydi.


51 
Reklama – kommunikatsiyaning shaxsiy bo‘lmagan shakllarini ifodalaydigan, 
axborot uzatishning pulli tarqatuvchilari vositasida amalga oshiriladigan omillardan 
biridir. Uning maqsadi - ommaviy yoki shaxsiy ongga kuchli ta’sir o‘tkazish yo‘li 
bilan hosil bo‘lgan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan xizmat haqi to‘langan axborotni 
tarqatish yo‘li bilan hissiyotlarga ta’sir qiladigan, tanlab olingan iste’molchilar 
auditoriyasiga zaruriy javob ta’sirini qo‘zg‘atadigan, ishga nisbatan ijodiy yondashuv 
va axborot to‘plash, hamda rejalashtirishda kasbiy mahoratni talab qiladigan maishiy 
yoki boshqa xil ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va jamoat tashkilotlarining 
vazifalarini amalga oshirishdir.
Reklamaning predmetiga ko‘ra uning ma’lum faoliyat sohalarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin (3.2-jadval).

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish