1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

3.2-jadval. 
Reklamaning faoliyat sohalari 
Reklama faoliyatining 
maxsus sohalari 
Reklama predmeti 
Iqtisodiyot 
Ishlab chiqarish, savdo, moliya, ishchi kuchini taklif qilish, 
ish izlash 
Xizmatlar 
va 
xizmat 
ko‘rsatish sohasi 
Maishiy turmush va dam olish buyumlarini tayyorlash, 
xizmatlar ko‘rsatish 
Intellektual mulk sohasi 
Ta’lim, tibbiyot, kitoblar, matbuot, bashorat, turizm 
Tomoshalar 
Sirk, teatr, konsertlar 
Din 
Missionerlik chaqiriqlari, diniy plakatlar, diniy marosimlarga 
takliflar 
Siyosat 
Saylovlardagi 
nomzodlarni 
tashviq 
qilish, 
mitinglar, 
namoyishlar, manifestatsiyalar (ommaviy yurishlar) shiorlari 
Huquqshunoslik 
Yo‘qolganlar haqida xabarlar, jinoyatchilarni qidirish, sud 
jarayonlariga taklif qilishlar 
Xayriya 
Xayriya marosimlari haqidagi xabarlar, ehson qilishga 
chaqiriq. 
Fan va ekologiya 
Ma’rifiy yo‘nalishdagi reklama, varaqalar, plakatlar, 
prospektlar, bukletlarni ommalashtirish 
Oilaviy 
va 
shaxslararo 
munosabatlar 
Nikoh haqidagi e’lonlar, tanishuvga, birgalikda sayohatga, ish 
boshlashga taklif qilish 
Reklama quyidagi tamoyillarga asoslangan bo‘lishi zarur.
Haqqoniylik 
– reklama tadbiri tashkilotchisini tovarlar, ularning sifati, 
voqelikka to‘g‘ri keladigan yutuqlari va kamchiliklari haqidagi ma’lumotlarni keltirib 
o‘tishga majbur qiladigan jihatidir.
Muayyanlik 
reklama matnida foydalaniladigan ishonchli dalillar va raqamli 
ma’lumotlarda namoyon bo‘ladi. Reklama grafikasida ushbu prinsipga rioya qilish 
asossiz rasmiyatchilik va tomoshabinlar ommasiga tushunarsiz usullarni istisno 
qiladi.
Reklamaning
 maqsadga yo‘naltirilganligi 
shuni bildiradiki, uning boshlang‘ich 
nuqtasi reklama qilinayotgan tovarlar va bozor kon’yunkturasi, ob’ekti esa – 
iste’molchi hisoblanadi.


52 
Reklamaning
insoniyligi shuni anglatadiki, 
u shaxsning uyg‘un rivojlanishi, 
odamning 
ma’naviy o‘sishi, uning dunyoqarashi kengayishi, sog‘lig‘i 
mustahkamlanishi, turmushi va ishlab chiqarish yaxshilanishiga xizmat qiladi. 
Reklamaning
bilimga asoslanganligi 
shundan iboratki, u turli fan-texnika
yutuqlariga asoslanadi. 
Shunday qilib, iste’molchiga kutilgan ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha butun reklama 
jarayoni uning turmush tarzi, zamonaviy jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va axloqiy 
vazifalari bilan uzviy aloqada tuzilishi kerak. 
Ba’zan u shunchaki haridor o‘z tanlovini amalga oshirganda oxirgi aniq bir 
rusum yoki mahsulot (xizmat) ni eslashga majbur qiladi. Boshida haridor qaysi birini 
tanlash kerakligi haqida, so‘ngra mahsulot (xizmat) haqidagi tasavvur, andoza yoki 
uning aniq rusumi ko‘rinishining shakllanishi asosida qaysi rusumni boshqalaridan 
afzal ko‘rishini haqida qaror qiladi. AQSH va boshqa bir qator sanoat taraqqiy etgan 
mamlakatlarda “reklama” (advertising) atamasi OAV (matbuot, radio, teleko‘rsatuv, 
tashqi e’lonlar)da tarqatiladigan xabarlarni anglatadi. Bu mamlakatlarda savdo-
sotiqga ko‘maklashuvchi tadbirlar va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar “seylz 
promoushn” (sales promotion), jamoatchilikning ijobiy munosabatini qozonishga 
yo‘naltirilgan nufuzli tadbirlar PR, shuningdek oxirgi vaqtlarda shiddat bilan 
rivojlanayotgan va mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqaruvchining iste’molchi bilan 
aloqalariga yo‘naltirilgan reklama faoliyatining o‘ziga xos sohasi “direkt-marketing” 
(direct-marketing) deb alohida ajratib ko‘rsatiladi va ular bizning amaliyotimizdagi 
reklama tadbirlarga taalluqli emas [30, 144-145]. 
AQSH va Yevropaga qaraganda sobiq Ittifoq mamlakatlari amaliyotida 
reklama tushunchasi kengroq ma’noga ega. Unga ko‘rgazmali tadbirlar, tijorat 
seminarlari, o‘ram, bosma mahsulotlar, esdalik sovg‘alarni tarqatish va tijorat 
faoliyatini kuchaytiruvchi boshqa vositalar ham kiritiladi. Shu bois OAVdagi 
reklamani seylz promoushn, PR va direkt-maketingdan farqlash maqsadga muvofiq 
(3.3-jadval)

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish