1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Tayanch iboralar 
Shaxsiy sotish, shaxsan murojaat, sotish psixologiyasi javob reaksiyasini 
uyg‘otish, moslashuvchanlik, ishontira olish, idrok etish, o’zlashtira olish, ishontirish, 
zarariga sotish, nusxalar bo‘yicha sotish, telefon orqali sotish, missionerlik sotish.


140 
Nazorat uchun savollar 
1.
Shaxsiy sotish marketing kommunikatsiyasi dastagi sifatida 
2.
Shaxsiy sotish jarayoni qanday bosqichlardan iborat? 
3.
Shaxsiy sotishning turlarini aytib bering 
4.
Firmada shaxsiy sotishni tashkil qilish qanday amalga oshiriladi? 
5.
Shaxsiy sotishda sotuvchi va haridor o‘rtasidagi xulq-atvorning assosiy 
xususiyatlari? 
6.
Turizm industriyasida shaxsiy sotishning o‘ziga xos tamoyillari qaysilar? 
7.
Shaxsiy sotishning afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat 
8.
Shaxsiy sotishning marketing jihatlari nimalar? 
9.
Shaxsiy sotishning kommunikatsion jihatlari nimalar? 
10.
Sotish psixologiyasi nima? 
 
 


141 
6- BOB. MARKETING KOMMUNIKATSIYASIDA PR 
Reja: 
6.1. Marketing kommunikatsiyasida PRning mohiyati 
6.2. PRning asosiy tushunchalari va turlari. 
6.3. PRning maqsad va vazifalari, funksiyalari, tamoyillari va marketing 
kommunikatsiyasidagi asosiy yo‘nalishlari 
6.4. Turizm sohasida PR faoliyatining maqsadi, asosiy yo‘nalishlari va 
turoperatorlik xizmatining marketing faoliyatida xizmatlarni sijitishning PR
usullari 
 
 
 
 
6.1. Marketing kommunikatsiyasida PRning mohiyati 
Bugungi sharoitda turizm sohasida marketing faoliyatini rejalashtirish va 
turmahsulotni samarali siljitish yangi xizmat turlarini yaratish va jozibador narxlarni 
o‘rnatishga qaraganda muhimroq. Turizm – iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri 
bo‘lib keyingi paytlarda dunyoning ko‘pchilik davlatlarida shiddat bilan rivojlanib 
borayotgan tarmoqlardan biriga aylandi. Turizm biznesining muvaffaqiyati 
turmahsulotni samarali siljitish, turistik mahsulot yaratuvchilari(turoperator) va uning 
ist’molchi (turist)lar o‘rtasidagi kommunikatsiya jarayonlarining samaradorligiga 
bog‘liqdir. 
Hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlari turistik korxonalarda yaxshi tashkil 
qilingan marketing xizmatlari va marketing kommunikatsiyalari tizimining mavjud 
bo‘lishini taqozo etadi. Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarini 
rejalashtirish, ya’ni reklama, PR, sotishni rag‘batlantirish, direkt – marketing, sotish 
joyidagi kommunikatsiyalar va munosabatlarga asoslangan marketing zamonaviy 
marketing konsepsiyasining o‘ziga xos jihatlaridan biridir. Munosabatlar 
marketingiga asoslangan holda biznes olib borish turistik korxonalarda asosiy 
e’tiborni o‘zaro ishonch va hamkorlikka asoslangan, har ikkala tomonga ham ma’lum 
naf 
keltirishga 
qaratilgan 
jamoatchilik 
bilan 
aloqalar 
tizimini 
yanada 
takomillashtirishga qaratishlarini talab etmoqda. 
Turizmning milliy iqtisodiyot tarmog‘i sifatida jadal rivojlanishi, millionlab 
insonlarning hayot tarziga aylanib borayotganligi, siyosiy, ijtimoiy, madaniy 
aloqalarning 
globallashib 
borayotganligi 
sohada 
iqtisodiy 
jarayonlarning 
murakkablashuviga olib kelmoqda. Shu bois sohada bir marotabalik chegirmalarni 
qo‘llash, sotuvni rag‘batlash, reklamaga ishonch pasayib bormoqda. Asosiy e’tibor 
turistik korxonalarning ijobiy imidjini shakllantirish, ishonchli hamkor sifatida 
nufuzini oshirish, mijozlar bilan uzoq vaqt aloqalarni saqlab qolishga qaratilmoqda. 
Bunday munosabatlar marketing kommunikatsiyasida jamoatchilik bilan 
aloqalar yoki PR sifatida maydonga chiqadi. 
Jamoatchilik bilan aloqalar PR – zamonaviy tushuncha emas. Uning paydo 
bo‘lishi Shumer, Xitoy, Vavilon, Qadimgi Gresiya va Qadimgi Rim davrida ham 
mavjud bo‘lgan. O‘sha davrlardayoq ayrim kishilar aholi o‘rtasida hukumatga yoki 


142 
hukumat boshliqlari, sarkardalarga sodiq bo‘lishga, ularni qo‘llab–quvvatlashga, o‘z 
diniy ta’limotlarini targ‘ib qilishga chaqirganlar. Bu amaliyot bugungi kunda ham 
saqlanib qolgan: shaxslararo kommunikatsiya, notiqlik san’ati, maxsus tadbirlarni 
uyushtirish, yubiley sanalarni nishonlash va shu kabilar. Lekin bu faoliyat 
jamoatchilik bilan aloqalar(Public Relations) deb atalmagan, ammo jamoatchilik 
bilan ishlaydigan kishilarning asosiy maqsadi aynan uzoq o‘tmishdagi faoliyat bilan 
aynan bir maqsadni ko‘zlaydi. 
PRning zamonaviy texnologiyalari Fransiya va AQShda ishlab chiqilgan. 1900 
yildayoq AQShning Garvard universitetida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha 
byuro tashkil qilingan edi. Aynan shunday byuro 1904 yilda Pensilvaniya shtatidagi 
universitetda ham tashkil qilindi. 1912 yilda birinchi eng yirik jamoatchilik bilan 
aloqalar byurosi Amerika telefon − telegraf uyushmasida tashkil qilindi. 
PR byurolari va shunga o‘xshash ixtisoslashgan firmalar AQShda 1920 
yillarning boshida paydo bo‘ldi. Uning asoschisi AQShlik jurnalist Ayvi Li (Ivy Lee) 
va J. Rokfeller (John Davison Rockefeller)ning kompaniyasi edi. Aynan PRning 
birinchi zamonaviy usulini ham shaxsan J.Rokfeller o‘ylab topgan[10, 24]. 
1930 – yillarning boshida AQShning demokratlar partiyasida PR bo‘yicha 
maslahatchi lavozimi tashkil qilingan. Shunday lavozim respublikachilar partiyasida 
1936 yilda paydo bo‘ldi. Aynan shu davrda PR menejmentning funksiyasi sifatida 
shakllandi[10, 25-26]. 
1945–1965 yillar – AQShda PR boshqaruvning alohida faoliyat turi sifatida 
shakllandi. Universitetlarda PR bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanib boshlandi. Bugungi 
kunga kelib AQShning o‘zida bunday mutaxassislar soni 200 mingdan oshadi. 
Zamonaviy PRga oid nazariy yondashuvlar va konsepsiyalar XX asr davomida 
zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy kommunikatsiyalar modellari tushunchasi va axborot 
nazariyasi doirasida faol rivoj topdi va murakkablashdi. PR konsepsiyalari rivojlanish 
jarayonida, shartli ravishda bir necha asosiy davr (bosqich)larni bosib o‘tdi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish