200
Pensiya,
ijtimoiy nafaqa, uy-joy-kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya
pul to’lovlarini tayinlash, pensiyani qayta hisoblash, pensiyaning bir turidan
boshqa turiga o’tkazish, pensiya va ijtimoiy nafaqa to’lovini tiklash,
shuningdek
pensiyadan ulush ajratish to’g’risidagi ariza aniq shakl bo’yicha Pensiya
jamg’armasi bo’limiga belgilangan tartibda topshiriladi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa
va boshqa to’lovlarni tayinlash uchun arizachi taqdim etgan hujjatlar inspektor
(yoki katta inspektor) tomonidan ko’rib chiqiladi. Inspektor taqdim etilgan
hujjatlar kseronusxalarini asl nusxalar bilan solishtiradi
va ushbu kseronusxalarni
asliga to’g’riligini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi. Barcha hujjatlar (asl nusxalari va
kseronusxalari), shuningdek ariza, inspektor tomonidan Pensiya jamg’armasi
bo’limi boshlig’i (Pensiya jamg’armasi bo’limining boshlig’i o’rinbosari)ga
taqdim etadi va o’z navbatida Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’i arizaga o’z
rezolyutsiyasini qo’yadi, shundan so’ng, hujjatlarning kseronusxalarini asl
nusxalar bilan solishtirib, ushbu kseronusxalarni asliga to’g’riligini o’z
imzosi va
Pensiya jamg’armasi bo’limining muhri bilan tasdiqlaydi.
Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash uchun hujjatlarni
qabul qilishda, inspektor quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim. Ariza, taqdimnoma
blankasi, ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqa taqdim etilgan hujjatlarning
to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilganligini, shuningdek, unda aks ettirilgan
ma’lumotlarni pasport ma’lumotlari, mehnat daftarchasi
va arizachining boshqa
hujjatlariga mos kelishini tekshiradi. Bunda shaxsning qonun hujjatlari talablariga
asosan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlashga bo’lgan huquqi
ko’rib chiqiladi. Agar kseronusxalar notarius tomonidan tasdiqlanmagan bo’lsa,
kseronusxalarni arizachining birlamchi hujjatlari bilan solishtirilishi kerak.
Inspektor arizachi yoki tashkilot vakiliga taqdim etilgan hujjatlarning (mehnat
daftarchasi, arxiv ma’lumotlari va tashkilot tomonidan taqdim etilgan
ma’lumotnomalardan tashqari) asl nusxalarni qaytaradi va unga arizaning tegishli
qismini
qirqib olgan holda, hujjatlar qabul qilinganligi to’g’risida tilxat beradi,
bunda tilxat nusxasi taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamg’armasi
201
bo’limida saqlanadi. Mehnat daftarchasining asl nusxasi Pensiya jamg’armasi
bo’limining pensiya tayinlash komissiyasi tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqa va
boshqa to’lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi qarori qabul
qilingandan so’ng arizachiga qaytarilishi shart.
Mehnat daftarchasi pensiya,
ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash arizasining orqa tomoniga mehnat
daftarchasi olinganligi to’g’risidagi sanasini ko’rsatgan holda arizachi yoki
tashkilot vakilining imzosi bilan qaytariladi.
Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’ining tegishli rezolyutsiyasi bilan ariza
qabul qilingandan so’ng, pensiya tayinlash guruhi rahbari (Pensiya jamg’armasi
bo’limining boshlig’i buyrug’i bilan ushbu vazifa yuklatilgan xodim):
pensiyani tayinlash to’g’risidagi arizani pensiya tayinlash to’g’risidagi
arizalarni ro’yxatga olish kitobiga;
ijtimoiy nafaqani tayinlash to’g’risidagi arizani ijtimoiy nafaqalarni tayinlash
to’g’risidagi arizalarni ro’yxatga olish kitobiga;
bola tug’ilganligi bo’yicha bir martalik nafaqani to’lash to’g’risidagi
arizani
bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to’lash to’g’risidagi arizalarni
ro’yxatga olish kitobiga;
dafn marosimi uchun nafaqani to’lash to’g’risidagi arizani dafn etishga nafaqa
to’lash to’g’risidagi arizalarni ro’yxatga olish kitobiga;
uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to’lash bo’yicha kompensatsiya pul
to’lovlari to’g’risidagi arizani uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to’lash
bo’yicha kompensatsiya pul to’lovlarini to’lash to’g’risidagi arizalarni
ro’yxatga olish kitobiga qayd etadi.
Pensiya tayinlash guruhi rahbari qayd etgandan so’ng, arizani (ilova qilingan
hujjatlar bilan birga) pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to’lovlarni tayinlash
uchun hujjatlar tayyorlashga inspektorga topshiradi. Pensiya yig’majildlari
pensioner (nafaqa oluvchi)ning doimiy yashash joyidagi Pensiya jamg’armasi
bo’limida maxsus jihozlangan xonada saqlanadi. Ijrodagi pensiya yig’majildlarini
saqlash bo’yicha javobgarlik Pensiya jamg’armasi bo’limi tegishli hududining
inspektori va arxivariusiga yuklatiladi. Qariyalar va nogironlar
internat uylarida
202
("Saxovat" va "Muruvvat" uylarida) yashovchi shaxslar, shuningdek ruhiy
kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan shaxslarning pensiya yig’majildlari ushbu
muassasalar joylashgan hududdagi Pensiya jamg’armasining bo’limida saqlanadi.
Ushbu shaxslarga pensiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Pensiya
jamg’armasi bo’limi tomonidan to’lanadi. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) to’lovlari
to’xtatilgan pensiya yig’majildlari ijrodagi pensiya yig’majildlaridan
alohida
Pensiya jamg’armasi arxivida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: