Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Davlat



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
3.4.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Davlat 
pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga 
yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiklash to’g’risida»gi 
Qarorining ahamiyati 
O’zbekiston 
Respublikasining 
"Fuqarolarning 
davlat 
pensiya 
ta’minoti 
to’g’risida"gi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, 
2011 yil 7 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 107-son qarorini bajarish 
yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 
sentyabrda “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada 
takomillashtirishga 
yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash 
to’g’risida”gi 252-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorining 1-ilovaga muvofiq, 
Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizom 
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonuni asosida davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash, pensiya imtiyozlarini 


94 
qo’llash va fuqarolarni pensiya bilan ta’minlashga bog’liq boshqa masalalarni hal 
qilish tartibini belgilaydi. 
O’zbekiston Respublikasida «pensiya - uni olish huquqi Qonunda 
belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga 
pensiya yoshiga to’lish, nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik munosabati 
bilan beriladigan oylik pul to’lovidir”
41
.
Pensiyaga oid hujjatlar yig’majildituradigan joy — pensiya olish joyi 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limidir. Pensiya tayinlashni 
so’rab murojaat etish — pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab 
chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o’tkazish, shuningdek ilgari to’xtatib 
qo’yilgan (to’xtatilgan) pensiya to’lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta 
tiklash) to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limiga ariza 
berishdan iborat.
Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etish tartibi 
Ro’yxatda ko’rsatilgan. Ro’yxatda xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
tug’ilgan yili, oyi, kuni, shuningdek xodim yashaydigan joy; tarkibiy bo’linmaning 
nomi; lavozimi (kasbi); pensiya tayinlash uchun murojaat qilish uchun asoslar; 
hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji; imtiyozli shartlarda yoshga doir 
pensiya tayinlash huquqini beruvchi maxsus ish staji ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 
Tashkilot ma’muriyati to’plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash uchun 
taqdimnomani rasmiylashtiradi.
Qarilik bo’yicha pensiya olish uchun muayyan mehnat stajiga ega bo’lish va 
qonunda ko’rsatilgan pensiya yoshiga erishish zarur. Pensiya ta’minoti staji 
deganda Pensiya jamg’armasiga badal to’lovlari to’langan davr tushuniladi. Ish 
stajiga qonun bo’yicha ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lovlari davri kiritiladi. 
Pensiyalar miqdori jamiyatda aholi daromadlarining himoyasini ta’minlash va 
41
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va 
to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huqukqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 
252-son Qarori.


95 
ijtimoiy barqarorlikka erishish imkonini beradi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy 
adolatlilikni ta’minlash imkonini beruvchi pensiyaga chiqish oldidagi ish haqi 
bilan bog’liq. 
Ish staji
42
. — mehnat daftarchasi va ish joyidan, xizmatdan, o’qishdan yoki 
arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo’yicha aniqlangan, ishdagi tanaffuslardan 
qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini beradigan 
mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligidir. Ish staji ish, 
xizmat, o’qish yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilishi 
joyidan, shuningdek arxiv muassasalaridan beriladigan hujjatlar bo’yicha 
belgilanadi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida 
nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasiga 
o’tkazishda zarur staj nogironlikning dastlabki belgilanishi vaqtiga nisbatan yosh 
bo’yicha belgilanadi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish