451
majburiy to’lovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to’lashi
kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo’lishi kerak»
223
.
Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali to’lovchilari quyidagilardir hisoblanadi:
–
yollangan holda ishlovchi shaxslar;
–
chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslar;
–
soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimlar;
–
yakka tartibdagi tadbirkor;
–
qoramol etishtiruvchilar;
–
dehqon xo’jaligi a’zosi;
–
oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oilasi a’zosi.
Yollangan holda ishlovchi shaxslar — ish beruvchi bilan mehnatga oid
munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq
ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha
to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi. Soliq solish
ob’ektiga mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga
muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan
holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi, ilmiy daraja va faxriy
unvon uchun qo’shimcha to’lovlar, rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar
kompensatsiya to’lovlari, ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash va predmeti ishlarni
bajarish va xizmatlar ko’rsatish bo’lgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan
shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to’lovlarni kiritish mumkin.
O’zbekiston
Respublikasining
diplomatik
vakolatxonalari
va
konsullik
muassasalari xodimlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan
lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy to’lovning
va
sug’urta badallarining soliq solish ob’ekti ularning O’zbekiston
Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi
bo’yicha olingan, O’zbekiston Respublikasida byudjet muassasalari xodimlari
223
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. 7-modda. Soliq solishning aniqligi printsipi.
452
uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga
haq to’lash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Sug’urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan
stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Sug’urta badallari
xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan o’tkaziladi.
Sug’urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning
to’g’ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat
manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini,
haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va
sog’lig’i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligining o’sishiga, ish
sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush
darajasi yuksalishiga ko’maklashadi. -jadvalda O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlarining
tarkibiy tuzilishi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: