Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
11.3.-jadval 
O’zbekiston demografik ko’rsatkichlari prognozi (2010-2050)
218
.
 
218
World Bank Population Estimates and Projections (2014)
 


445 
 
Ko’rsatkichl
ar 
YILLAR 
2015 
2020 
2025 
2030 
2035 
2040 
2045 
2050 
Axoli soni. 
(mln. kishi) 
30,2 
32,4 
34,3 
35,8 
36,9 
37,9 
38,7 
39,4 
Tug’ilish 
koeffitsenti 
(ayolga 
to’g’ri 
keladigan 
bola soni)
 
2,2 
2,1 
2,0 
1,9 
1,9 
1,8 
1,8 
1,8 
Umr 
davomiyligi 
(umumiy)
 
68,5 
69,0 
69,6 
70,1 
70,7 
71,2 
71,7 
72,2 
Umr 
davomiyligi 
(erkaklar)
 
65,2 
65,7 
66,1 
66,6 
67,1 
67,6 
68,0 
68,5 
Umr 
davomiyligi 
(ayollar)
 
71,9 
72,6 
73,2 
73,8 
74,4 
75,0 
75,5 
76,1 
65 yosh va 
undan katta 
yoshdagi 
axoli soni. 
(foiz)
 
4,4 
5,1 
6,6 
8,2 
9,4 
10,5 
11,7 
13,4 
O’zbekistonda bog’liqlik koeffitsienti 2000-2014 yillarda yaxshilanib bordi, 
jumladan, ushbu ko’rsatkich 2000 yilda 1:2,8 bo’lgan bo’lsa, 2015 yilga kelib 
1:4,0 ni tashkil etdi. Band bo’lgan aholi tarkibida bor yo’g’i 8,2 mln kishi – 65,5% 


446 
kishi pensiya fondiga majburiy jamg’ariladigan to’lovlarni to’lashini nazarda 
tutadigan bo’lsak, real nisbat 1:2,6 teng bo’ladi. Biroq yaqin besh yillikda ikkinchi 
jahon urushidan keyingi qulay demografik vaziyat tufayli tug’ilganlarni pensiyaga 
chiqish yoshiga etishi va 2016 yildan boshlab avval imtiyozlari bekor qilingan 
shaxslarni pensiyani rasmiylashtirishi tufayli odatdagi har yili pensiyaga chiquvchi 
shaxslarga (150 ming) nisbatan ko’p (270 ming) kishilarni murojat qilishi 
kutilmoqda. Bu esa bog’liqlik koeffitsientini kritik nuqtaga yaqinlashtiradi. 
Pensiya fondi mablag’larini pensiya to’lash uchun etishmasligiga yashirin 
iqtisodiyotning mavjudligi salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 
Mehnat migratsiyasi hajmini ortishi xorijda ishlayotgan fuqarolarimizni pensiya 
fondiga sug’urta to’lovlarini to’lamasligiga va kelajakda mamlakatga qaytib kelib, 
pensiya fondiga pensiya olish uchun murojat qilib unga bo’lgan bosimni ortishiga 
olib keladi. Pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini belgilovchi muhim 
omillardan biri aholi tarkibida mehnat qobiliyati yoshidan kattalar ulushini ortishi 
hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mehnat qobiliyati yoshidan katta aholi ulushi 
birmuncha oshib bordi, jumladan, ushbu ko’rsatkich 1991 yil 7,2 foizni tashkil 
etgan bo’lsa 2015 yilga kelib 8,4 foizga teng bo’ldi. Ushbu ko’rsatkich 
O’zbekistonni taraqqiy etgan va bozor munosabatlari rivojlanayotgan 
mamlakatlardan keskin farqlantiradi. Vaholanki jahon amaliyotida qabul qilingan 
mezonga muvofiq pensiya ѐshidagi shaxslarni aholi umumiy sonidagi ulushi 12 
foizdan ortiq bo’lsa, ushbu mamlakat aholisi qariyotganligini bildiradi. Shuningdek 
ushbu holat taraqqiy etgan mamlakatlarda aholini o’rtacha yashash davomiyligini 
o’sishi asosida erkak va ayollarni pensiyaga chiqish yoshini 65-67 yoshga 
oshirilganligi bilan belgilanadi. Mamlakatda amal qilayotgan soliq solish 
amaliyotini optimallashtirish pensiya tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlashda 
alohida o’rin tutadi, chunki uning yordamida jamg’ariladigan va ixtiyoriy pensiya 
sxemalarini shakllantirish va tartibga solish orqali davlat pensiya ta’minotiga 
tushadigan og’irlikni kamaytirish mumkin. 2013 yilda O’zbekistonda pensiya 
ta’minotiga sarflangan xarajatlar YaIMga nisbatan 7,3 foizni tashkil etdi. Pensiya 
to’lovlarining YaIM tarkibidagi oz ulushi ustun darajada ish haqi fondining 


447 
YaIMdagi 
ulushining 
past 
darajadaligi 
bilan 
belgilanadi. 
2015 
yilda 
mamlakatimizda pensiya to’lovlarining 98,0 foizi davlat pensiya tizimi hissasiga 
to’g’ri keldi. 
Xalqaro mehnat tashkiloti normalari hamda Davlat statistika qo’mitasining 
hisobga olish va tasniflash amaliyotiga muvofiq, iqtisodiyotning norasmiy 
sektorida band bo’lganlar jumlasiga ijtimoiy sug’urta va soliq organlarida 
ro’yxatdan o’tmagan shaxslar kiradi. Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band 
bo’lganlar davlat statistika hisoboti ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi va 
hisoblanadi. Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo’lganlar quyidagilardan 
iborat
219


yollanib (mehnat shartnomasi bo’yicha), shu jumladan saylanadigan 
lavozimlarda doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlayotgan xodimlar; 

xarbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlari xodimlari; 

kooperativ va shirkatlar a’zolari; 

xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar;

yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxs 
sifatida rasman ro’yxatga olingan fuqarolar; 

yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan dehkon xo’jaliklari a’zolari 
hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklar va dehkon xo’jaliklarida qoramol boqish 
bilan band bo’lgan shaxslar; 

nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari.
Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, iqtisodiyotning rasmiy sektorida band 
bo’lgan aholi tarkibida kichik korxona va fermer xo’jaliklarida ish bilan band 
bo’lganlar, yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan 
shaxs sifatida rasman ro’yxatga olingan fuqarolar dehkon xo’jaliklarida ish bilan 
band bo’lganlar soni ortgan, aksincha yirik biznesda band bo’lganlar soni 
kamaygan. 2011-2015 yillarda norasmiy ish bilan band bo’lganlar tarkibida doimiy 
bo’lmagan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar hamda mehnat 
219
Abduraxmonov Q. X.Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. Darslik. –T.: Fan va texnologiya. 2012. –B.75-76.


448 
munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik 
faoliyatida yordam beradigan oila a’zolari soni oshgan, qolgan norasmiy bandlar 
soni esa kamaygan. Shu bilan birga, so’nggi besh yil davomida norasmiy bandlik 
tarkibida faqat oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam 
beradigan oila a’zolari ulushi oshgan. Norasmiy bandlik bevosita mamlakatda 
yashirin iqtisodiyotning avj olishiga sabab bo’ladi. Chunki: 

norasmiy bandlik hech qanday huquqiy va iqtisodiy asosga ega emas;

norasmiy band bo’lganlarning o’z mehnat faoliyati orqali ertangi kunda ham 
daromad olishlari kafolatlanmaydi;

norasmiy band bo’lganlar mehnati ijtimoiy himoyalanmaydi;

me’yoriy-huquqiy xujjatlarning qabul qilinishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlar va infratuzilmalarning o’zgarishi natijasida ushbu sektorda band 
bo’lganlar o’z ish joylarini yo’qotib qo’yishadi; 

ushbu bandlik mavsumiy va vaktinchalik xarakterga ega bo’lib, ob-havo va 
iqlimning o’zgarishi hamda mavsumning almashishi oqibatida fuqarolar 
ishsiz bo’lib qolishadi; 

bandlikning mazkur ko’rinishida Respublika byudjeti va mahalliy 
byudjetlarga hech qanday soliqlar va majburiy to’lovlar amalga 
oshirilmaydi; 

davlat maqsadli jamg’armalariga bog’liq muammolarni, jumladan, 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan pensiya va nafaqalar to’lash 
bo’yicha o’ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi, Pensiya 
jamg’armasining daromadlariga nisbatan uning xarajatlari oshib ketadi; 

mamlakat iqtisodiyoti uchun eng muammoli hisoblangan ishsizlikning 
yashirin va mavsumiy turlari aynan norasmiy bandlik sababli vujudga 
keladi. 
YaIM ning 40-50 foizini xufyona iqtisodiyot tashkil qilgan holat xavfli 
bo’sag’a hisoblanadi. Milliy iqtisodiy tizimni ushbu ko’rsatkichdan yuqori bo’lgan 
mamlakatlar o’zini juda og’ir xolatga tushgan, deb hisoblashi lozim. «MDH 
davlatlarining ayrimlarida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni yanada 


449 
demokratlashtirish va liberiallashtirish, davlat xokimiyati tizimini erkinlashtirish, 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini optimallashtirish, milliy iqtisodiyotga xavf 
solishi kutilayotgan tahdidlarni hamda iqtisodiy jinoyatchilikni oldini olish va unga 
qarshi kurashish kun tartibida dolzarb bo’lib turganini qayd etish lozim. 
Daromadlarni legallashtirishga qulay sharoit yaratish uchun soliq solinadigan 
bazani qisqartirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o’rinlarini yaratish 
uchun sarflanadigan foydani soliq bosimidan ozod qilish, soliq yukini ishlab 
chiqarish sohasidan jismoniy shaxslarni shaxsiy iste’moli sohasiga o’tkazish kerak. 
Aholining ma’naviy salohiyatini, huquqiy saviyasini hamda aholining iqtisodiy 
jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha imunitetini oshirish zarur»
220
.
Yashirin iqtisodiyotda band bo’lgan xodimlarni rasmiy ish bilan bandlikka 
o’tkazish tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Buning uchun norasmiy, qonuniy 
taqiqlanmagan mahsulot ishlab chiqarayotgan yoki xizmat ko’rsatayotgan yakka 
tadbirkorlarni o’zlari to’laydigan soliq hisobidan Pensiya jamg’armasiga to’lovlar 
amalga oshirilib, ularning faoliyati mehnat daftarchalarida qayd etiladi. Norasmiy 
tarzda, og’zaki kelishuv asosida ishlayotgan yollanma ishchilar faoliyatini rasmiy 
ish bilan bandlikka o’tkazish uchun ish beruvchi va yollanma ishchi o’rtasida 
tuziladigan shartnoma yozma shaklda Bandlikka ko’maklashuvchi jamg’arma va 
kasaba uyushmalari xodimlari ishtirokida tuzilishi kerak. Bunda bir martalik ishga 
joylashtirish tadbirlari yaxshi yo’lga qo’yilishi lozim. Asta-sekinlik bilan ish 
beruvchi bilan ishchi o’rtasida norasmiy kelishuv asosidagi ishlarni kamaytirish, 
bunday ishlarni amalga oshirayotgan ish beruvchi va xodimlarni nazorat qilish va 
javobgarlikka tortish ishlarini yo’lga qo’yish zarur.
Davlat moliyasi davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarini bajarish 
uchun pul mablag’lari bilan ta’minlashga qaratilgan moliya tizimining muhim 
bo’g’inidir. Davlat moliyasining sanab o’tilgan turli xildagi bo’g’inlari bo’yicha 
davlat iqtisodiy va ijtimoiy jamg’armalarning tarmoq va hududiy muammolarning 
echimini keng miqiyosida hal etadi. 
Pensiya ta’minoti moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashning yirik
220
Tog’aev B. Xufyona iqtisodiyotni kamaytirish – iqtisodiy taraqqiyot omili. \\ Moliya. . -Toshkent. 2015. №2. –B.134.


450 
oqimi 
bo’lib, iqtisodiyotda mahsulotlar, resurslar va daromadlarning 
makroiqtisodiy doiraviy aylanishiga, aholining iqtisodiy faolligini
rag’batlantirishga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Pensiya tizimi bilan iqtisodiyotning 
boshqa tarmoqlari uzviy bog’liq bo’lib, to’g’ri tashkil etilgan pensiya tizimi 
iqtisodiyotni investitsiyalashning moliyaviy manbasi bo’lib xizmat qilishi 
mumkin.O’rta istiqbolda pensiya tizimi samaradorligini oshirish mezonlari 
aksariyat band aholini pensiya tizimi bilan qamrab olish, pensionerlarga pensiyaga 
chiqqunga qadar bo’lgan davrdagi turmush darajasi bilan qiyosiy taqqoslanadigan 
munosib turmush farovonligi va sifatini ta’minlaydigan moliyaviy barqarorlikdan 
iborat bo’lishi lozim. Shu nuqtai nazardan pensiya tizimi moliyaviy barqarorligini 
jahondagi shu boradagi ilg’or, boy tajribalarni chuqur qiyosiy tahlil etish asosida 
takomillashtirish dolzarb, iqtisodiy adabiyotda kam o’rganilgan, muhim, ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega ilmiy muammo hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili xorijiy 
mamlakatlar pensiya ta’minoti tizimining moliyaviy barqarorligini oshirish, 
optimal pensiya tizimi modelini tanlash borasida ilmiy tortishuvlar davom 
etayotganligini ko’rsatmoqda. Ayrim tadqiqotchilar pensiya ta’minoti tizimining 
moliyaviy asosini ustun darajada taqsimlanuvchi komponentlar tashkil etishi 
zarur
221
, deb hisoblashsa, boshqalari jamg’ariladigan komponentlar tarafdori 
hisoblanadilar
222


Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish