440
pensiyaga qo’shib beriladigan ustamalarning pensiya jamg’armasidan to’lanishi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi defitsitini vujudga keltirdi. Pensiya
jamg’armasining daromadlar qismida fuqarolar qatnashuvining erkaklar va ayollar
bo’yicha farqlarning mavjudligi, Pensiya jamg’armasi mablag’lari shakllanishida
asosiy qismining ish beruvchilar tomonidan to’lanishi, majburiy ajratmalarni
hisoblash, Pensiya jamg’armasi daromadlari manbalarini barqaror-lashtirish,
moliyaviy resurslarini ko’paytirish bilan bog’liq muammolarni
hal qilishni taqozo
etmoqda.
O’zbekistonda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar
bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish, xorijiy va milliy sarmoyalarni
jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kengaytirish bilan birga ijtimoiy
xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish nechog’liq katta, hal qiluvchi ahamiyatga
ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo’q.
Aholi bandligi, ishsizlikni
kamaytirish, fuqarolarning mehnat haqi, pensiyalar va daromadlarini oshirish,
buning natijasida O’zbekiston Respublika hududlarida, shahar va tumanlarimizdagi
eng muhim dolzarb ijtimoiy muammolarni echish shart.
Bozor iqtisodiyoti “aholini ijtimoiy himoya qilish”, “fuqarolarning pensiya
ta’minoti” tushunchasining kiritilishini qat’iy talab etadi. Aholini ijtimoiy himoya
qilish – davlatniig aholiga normal hayot faoliyati
uchun beradigan shart-
sharoitlarini ta’minlaydigan bevosita maqsadli kafolatlar tizimidir. Yurtimizda
kechayotgan o’zgarishlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real pul mablag’lari,
o’rtacha nominal va real ish haqi miqdori belgilangan eng kam ish haqi, pensiya,
stipendiya va nafaqalar ko’rsatkichlarini yaqqol namoyon etmoqda. Shu o’rinda
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini: «...Aholining muhtoj
tabaqalarini ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib bo’lmaydigan eng ustuvor vazifa,
ommaviy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo’lib keldi va shunday bo’lib
qoladi»
215
ta’kidlash joiz. Ijtimoiy va iqtisodiy siyosat muvozanati o’zida
jamiyatning rivojlanish maqsadi va maqsadga erishish tadbirlari muvofiqligini
mujassamlashtiradi. Bu muvozanatning aniq shakli jamg’arma va iste’mol,
215
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari «O’zbekiston». 1998 yil.
441
iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolat, iqtisodiy rivojlanishning
muvozanatida
yaqqol ko’rinadi.
XX asrning 80-yillaridan boshlab tug’ilishning kamayishi va fuqarolar yashash
davomiyligining uzayishi natijasida aholining keksayishi bilan bog’liq ravishda
taqsimlovchi pensiya tizimida muammolar kuzatila boshlandi. «Mutaxassislarning
prognoziga ko’ra, 2030 yilgacha rivojlangan mamlakatlarda ishlovchi aholiga
to’g’ri keluvchi pensiya ajratmalari miqdori taxminan ikki barobarga ortadi»
216
.
Ko’pgina davlatlarda ishlovchi aholiga pensiya to’lovlarining (ajratmalarining)
ortishi pensiya fondlari byudjetining kamomadini keltirib chiqardi, uning miqdori
hozirgi pensionerlarga pensiya to’lovlarini ta’minlay olmay qoldi.
Ushbu
muammoni bitta pensionerga to’g’ri keluvchi ishlovchi fuqarolar sonining nisbati
(qoplash koeffitsenti) dinamikasi asosida tahlil qilish mumkin. Masalan XX
asrning 50-yillarida rivojlangan davlatlarda ushbu koeffitsent bir pensionerga 3,5
nafar ishlovchi tashkil etgan bo’lsa, 90- yillaria kelib 2,5 nafarni tashkil qildi
217
.
Makroiqtisodiy omillar - ishsizlik, inflyatsiya, barter hisob-kitoblari
hisoblashish
usuli- davlat byudjeti hisobidan to’ldirib boriladigan pensiya jamg’armalarining
tanqisligini keltirib chiqardi. Bu esa, o’z navbatida, davlat pensiya
jamg’armalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash vazifasini hal qilish
imkonini bermaydi.
Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda majburiy pensiya tizimini tashkil qilishda
asosiy o’rinni oldingidek, taqsimlovchi
sxemalar egallaydi, jamg’ariladigan
tizimlar asosan, qo’shimcha xarakterga ega. Ko’rib chiqilgan modellarning har
biridan muayyan iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda foydalanish
mumkin, ammo pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning
samarali vositasi ularning birgalikdagi kuchli nazorat asosidagi faoliyati
hisoblanadi.
Milliy moliya bozorlarining yaxshi rivojlanmaganligi va davlat pensiya
fondlarini, jumladan, xususiy pensiya fondlarini shakllantirish
hamda ulardan
216
Gaydar E.T. Istoriya pensiy. Stanovlenie i krizis sistemi sotsialnoy zashchiti v sovremennom mire. Statya
vtoraya. \\ Nezavisimaya gazeta. 2004. 13 iyulya. –S.10.
217
Borisenko N.Yu. Mirovoy opit provedeniya pensionnix reform. \\ Finansi i kredit. 2004. №18.–S.54.
442
foydalanish bo’yicha cheklovlarni mavjudligi, muntazam aktuar hisob-kitoblarning
hamda pensiya islohotini joriy etish ustidan monitoringning yo’qligi islohotlarni
sur’ati va samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: